Shahar qiyofasidagi Samarqand, Qo‘qon, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi aholi
punktlari hunarmandchilik va savdo-sotiq paydo bo‘lganidan so‘ng vujudga
kelgan. Ular dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi.
XX asr boshlarida 0‘zbekiston hududida 20 ga yaqin shahar
bo‘lgan, ular daryo hamda soy bo‘ylarida yoki karvon yo‘llarida vujudga kelgan.
Jahongashta arab sayyohi Ibn Battuta o‘rta asrdagi shaharlarimiz go‘zalligini
tasvirlagan, undan zavq olgan: «Biz
sahroni kesib о ‘tib Xorazmga keldik. Bu turkiylarning katta,
muhim, chiroyli va ulug ‘vor shahri bo ‘lib, ajoyib bozorlari, keng ко ‘chalari juda ко ‘p, imoratlari jozibador, ко ‘rkam joylari bor. Shaharda hayot qaynaydi, aholisi shunchalik kо‘pki, u mavjlanib turgan dengizni eslatadi». Ibn Battuta Samarqand shahri
bo‘ylab sayr etarkan, uni shunday ta’riflaydi: «Samarqand — juda
yirik va g ‘oyat go ‘zal shaharlardan biridir. U Voha al-Qassirin daryosining qirg‘og‘ida joylashgan. Daryo
qirg‘og‘ida shunday ulkan saroylar va binolar qad ko‘tarib turadiki, ular Samarqand aholisining yuksak mahorat sohibi
ekanligidan dalolatdir».
Endilikda qadimiy
shaharlarda turli davr me’morchilik namunalari bilan ko‘p qavatli ko‘rkam
binolar, to‘g‘ri va keng ko‘chalar uyg‘unlashib ketdi.
Shaharlar aholi soniga
qarab katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250
mingdan ortiq), juda yirik shaharlar (aholisi 500 mingdan ortiq) va «millioner
shaharlar»ga ajratiladi. Ular bir qancha vazifalami
(funksiyalami) bajaradi. Bunday shaharlar ko‘p funksiyali shaharlar deyiladi. Masalan, Toshkent - mamlakat poytaxti, sanoat shahri,
transport tuguni, tarixiy-madaniy markaz. Samarqand esa viloyat markazi, sanoat
markazi va tarixiy-madaniy markazdir.
Ko‘p funksiyali
shaharlar juda tez rivojlanadi, ular yonida yo‘ldosh shaharlar vujudga kelib, aglomeratsiyalarni hosil
qiladi. Toshkent
mamlakatimizda eng katta shahar aglomeratsiyasidir.
Aholi punktining shahar
maqomini olish sharti turli mamlakatlarda
turlichadir.
0‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini
olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, yashayotgan aholining
2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ulaming oilalaridan iborat bo‘lishi kerak.
Aholi punktiga shahar
maqomini berishda unda shahar turmush tarzi (urbanizatsiya)ning holati ham
hisobga olinadi.
Shaharchalar sanoat rivojlanayotgan, yangi o‘zlashtirilayotgan
yerlarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug‘bek, G‘ozg‘on, Zomin
shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalaming ko‘pchiligida
aholining aksariyati muayyan tarmoqdagina xizmat qiladi (neftchilar
shaharchasi, konchilar shaharchasi).
Yangi shaharlar va
shaharchalar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Yangiobod, Navoiy, Gazli,
Uchquduq, Taxiatosh, Zarafshon, Shirin va boshqalar) asosan foydali qazilmalar
va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda bunyod bo‘lgan. Tohchiyon
shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko‘mir koni negizida vujudga kelgan. Ular sanoat markazlaridandir. Yangi yerlarni o`zlashtirish, qishloq xo`jalik xomashyosini qayta
ishlovchi sanoat negizida Yangiyo‘l, Guliston, Yangiyer kabi shaharlar qad
ko‘tardi.
Qishloq
joylarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlantirilishi tufayli ko‘plab
kichik sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Yuqoridagi omillar tufayli endilikda
ko‘pgina qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Natijada
mustaqillikkacha 60 foiz aholisi qishloqda istiqomat qilgan agrar respublikada
urbanizatsiya darajasi ko‘tarilib aholining yarmidan ortig‘i shaharlarda
yashamoqda.
Qishloq va ovullarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi
kishilar, qishloq ziyolilari (agronom, shifokor, o‘qituvchi, madaniyat
xodimlari) yashaydi. Tabiiy, iqtisodiy va tarixiy sabablarga ko‘ra
mamlakatimizda qishloqlar bir-biriga yaqin joylashgan va aholisi ko‘p. Katta
qishloqlarda zamonaviy maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari,
madaniy-maishiy muassasalar, shifoxonalar jadal qurilmoqda. Ular tabiiy gaz,
ichimlik suvi, elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Shu tariqa
qishloq aholisining turmush sharoiti shaharliklaming turmush tarziga
yaqinlashmoqda.
Aholi punktlarini
yuksaltirishda quyidagilar e’tiborda bo‘ladi:
- shaharlami rejalashtirishda kishilarning turarjoyi
bilan ish joyi orasi 4-5 km
dan uzoq bo‘lmasligi;
- qadimiy shaharlami zamonaviy qulayliklarga ega qilib
qayta qurish;
- yirik shaharlarda aholi ko‘payib ketishi hamda
ekologik vaziyatning buzilishiga sabab bo‘ladigan korxonalar qurilishini
cheklash va borlarini ko‘chirish.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!