
Sankt-Peterburg hududining kattaligi jihatdan Rossiya Federatsiyasida
Moskvadan keyingi ikkinchi o‘rinda turgan go‘zal, tarixiy va madaniy,
arxitektura yodgorliklariga boy shahardir.
Sankt-Peterburgning diqqatga sazovor boshqa fazilati ham bor.
Sankt-Peterburgda aprelning ikkinchi yarmidan yorug‘ tunlar boshlanadi. Yorug‘
tun beg‘ubor oqshom, oysiz oydin kecha, maftunkor manzaradan iborat.
Sankt-Peterburgda iyun oyida tunlar, ayniqsa, yorug‘ boiadi. Yorug‘ tun oqshom
bilan subhidamning bir-biriga tutashib ketishi tufayh vujudga keladi. Demak,
shu davrda kun juda uzun, tun esa nihoyatda qisqa bo!ladi. Bundan
tashqari bu kengliklarda Quyosh «chuqur botmaydi» yoki Yer sharining orqa
tomoniga o‘tmaydi, ufqdan bor-yo‘g‘i 17° pastga tushadi. Shuning uchun oqshom
qoray- masidan subhidamga ulanib ketadi.
Sankt-Peterburg shahri joylashgan geografik kenglikdagi boshqa shaharlar
va aholi yashaydigan hududlarda ham shunday yorug` tunlar bo‘ladi.
Bu geografik kenglikdan janubga tomon yorug‘ kunlar soni kamayib, shimolga
tomon ortib boradi. 66°30' shimoliy kenglikdan shimolda yorug` tunlar haqiqiy quyoshli kunlarga aylanadi. Bu kenglikdan shimolda yoz oylarida
Quyosh botmaydi.
Oktabr
oyining oxirlaridan boshlab Sankt-Peterburgda kunduzlari birmuncha qorong‘i
bo‘ladi. Qorong‘i kun subhidam bilan oqshomning bir-biriga tutashib
ketishidan vujudga keladi. Bu vaqtda tun juda uzun va kun nihoyatda qisqa
bo‘ladi. Shimoliy kengliklarda qishda Quyosh ufqdan baland ko‘tarilmaydi.
Shimolga
ketgan sari qorong‘i kunlar soni ortaveradi. 66° 30' shimoliy kenglikdan
shimolda qorong‘i kunlar haqiqiy tunga aylanadi, qishda Quyosh mutlaqo
chiqmaydi.
Shunday qilib,
mo‘tadil kengliklarda yozda kun uzun, tun qisqa, qishda, aksincha, tun uzun,
kun qisqa bo‘ladi. Ekvatorda va ekvator atrofida yil bo‘yi tun bilan kunning
uzunligi bir-biriga teng bo‘ladi. Shimoliy kengliklarda (qutbiy o'lkalarda)
yozda Quyosh botmaydi, qishda esa chiqmaydi.
Turli
geografik kengliklarda kunning uzunligi
Geografik
kengliklar |
Eng
uzun kun |
Eng
qisqa kun |
0° |
12 s 00 min |
12 s 00 min |
10° |
12 s 35 min |
11 s 25 min |
20° |
13 s 13 min |
10 s 47 min |
30° |
13 s 56 min |
11 s 04 min |
40° |
14 s 51 min |
9 s 09 min |
50° |
16 s 09 min |
7 s 51 min |
60° |
18 s 30 min |
5 s 30 min |
66°30' |
24 s 00 min |
0 s 00 min |
Turli geografik kengliklarda Quyosh botmaydigan va Quyosh chiqmaydigan kunlar soni
Shimoliy
kengliklar |
Quyosh
botmaydigan kunlar soni |
Quyosh
chiqmaydigan kunlar soni |
66°30' |
1 |
1 |
70” |
65 |
60 |
80° |
134 |
127 |
90° |
186 |
179 |
|
|
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.