Agar
Yerni boshqa sayyoradan turib kuzatishning iloji bo‘lsa, osmon bizga kunduzi
ham qora bo'lib ko‘rinar, Quyosh yoritib turgan paytda ham osmonda yulduzlar charaqlab
ko‘zga tashlanar edi. Oy yerdan qanday ko'rinsa, Yer ham Oydan shu zaylda, ammo
Oyning yerdan ko‘rinayotgan kattaligiga nisbatan to‘rt baravar kattaroq va
undan bir necha baravar ravshanroq bo‘lib ko‘rinardi.
Biz
o‘zimizni Venera sayyorasida deb faraz qilaylik: Venera sayyorasidagi atmosfera
beg‘ubor bo‘lganida Quyosh yerdagiga nisbatan ikki hissa kattaroq, Veneraning
yerdan ko‘rinishiga qaraganda olti baravar ravshanroq bo‘lib ko‘rinardi.
Endi
Veneradan Merkuriyga o‘tdik, deb faraz qilaylik. Merkuriyda atmosfera yo‘q, kun
bilan tun almashinmaydi, Quyosh yerdagiga nisbatan olti baravar katta, Yer esa
Veneraning yerdan ko‘rinishiga qaraganda ikki baravar ravshanroq bo‘lib
ko‘rinadi.
Marsdan
turib qaralsa, Quyosh Yerdagiga nisbatan ikki baravar kichik bo‘lib, Yer esa
xuddi Yerdan Venera ko‘ringanidek, ertalabki yoki kechqurungi «yulduz»dek
ko‘rinadi.
Yupiter
osmonida Quyosh Yerdagiga nisbatan yigirma besh baravar kichik bo‘lib, Yer esa
faqat teleskop yordamida ko‘rinishi mumkin.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.