loading...

Kuzatish metodi 

11939

  Kuzatish muvaffaqiyatli o’tish uchun o’quvchilarga kuzatishning maqsadi va mazmunini tushuntirish, kuzatish joyini ko’rsatish va kuzatish olib borish yo’llari haqida tegishli ko’rsatmalar berish lozim. O’qituvchi kuzatish olib borish uchun zarur bo’lgan asboblardan, masalan, kompas, termometr, flyger, skafis va boshqalardan qanday foydalanish kerakligini tushintiradi. O’quvchilar kuzatish natijalarini hisobga olib borish yo’llarini bilishlari kerak. Kuzatish yakunlarini o’quvchilarning o’zlari ishlab chiqishlariga erishish muhim ahamiyatga ega. Agar o’quvchilar o’z kuzatish natijalarining amaliy mohiyatini tushinib olsalar, ularning kuzatishga bo’lgan qiziqishlari yanada ortadi. Geografik kuzatish mazmuniga ko’ra bir necha xil bo’lishi mumkin: astranomik, meteorologik va fenologik kuzatishlar. 

1. Astranomik kuzatishlar.

Quyosh chiqishi va botishi, gorizontga nisbatan Quyosh balandligining o’zgarishi, yulduzlar, sayyoralar, oy fazalarining o’zgarishi kabi kuzatishlari o’z ichiga oladi. Bunday kuzatishlar geografik qonuniyatlarning tarkib topishda katta ahamiyatga ega.

1.1.Quyoshning ko’rinma harakati. Yerning Quyosh atrofidagi yillik va sutkalik harakati oqibati ekanligi.

1.2. Quyoshning tush vaqtidagi balandligi yil davomida o’zgarib turishi.

1.3. Havo haroratining sutka davomida o’zgarishi Quyoshning gorizontal balandligiga bog’liqligi.

1.4. Quyoshning gorizantdan balandligiga bog’liq holda havo haroratining yil davomida o’zgarib borishi kabi tushincha va bilimlarning shakllanib borishiga imkon beradi. 

2. Meteorologik kuzatish.

Kuzatishda ob-havo kuzatish alohida o’rin egallaydi. Shamolning yo’nalishi va kuchli quyidagicha belgilab hisobga olinadi. Shamolning kuchli "o’q”lardagi qanot bilan ko’rsatiladi. Uzun qanot – 2 ball, kalta qanot – 1 ball 

Ob-havoni kuzatish jadvali.

Oy va kun

Havo harorati

Havo bosimi

Shamolning yo’nalishi va kuchi

Bulutlilik

holati

Yog’inlar

Izoh















 Kuzatilgan har bir oylik ob-havo natijalari ishlab chiqiladi. O’quvchilarni yanada murakkabroq kuzatishga tayyorgarlik maqsadida ob-havo kuzatish natijalari o’quv yilining oxirida tahlil qilinganda, undagi o’zgarish sabablarini va elementlari o’rtasidagi aloqalarni izohlashga alohida e’tibor berish lozim. 

3.Fenologik kuzatishlar

Fenologik kuzatish - tabiat va tabiat joylaridagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatishni nazarda tutadi.

Tabiatdagi mavsumiy hodisalarni kuzatishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad quyidagilar:

3.1. Mavsumiy hodisalar har qanday joy tabiatining asosiy xususiyatidan iborat ekanligini o’quvchilar ongiga yetkazish.

3.2. Tabiatdagi davriy hodisalarni o’rganish xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini o’quvchilarga aniq misollar bilan ko’rsatib berish.

3.3. O’quvchilarda tabiatga muhabbat hissi va ularda mustaqil tadqiqot ishlari olib borish ishtiyoqini

3.4. O’quvchilarni fenologik kuzatishlar olib boorish metodikasi bilan tanishtirish.

3.5.O’simliklar hayoti va hayvonot olamida ro’y beradigan mavsumiy o’zgarishlar mazkur joyning tabiiy iqlim sharoitiga bog’liq bo’lib davriy takrorlanib turishiga o’quvchilarni ishontirish.

Fenologik kuzatishlar jadvali.

Kuzatiladigan hodisalar

Oy va kun

Kuzatuvchi

Izoh

Sutkalik harorat 00 li dastlabki kun

Qorning erib tugashi

Maynaning birinchi sayrashi



Bahorning bosh

Boychechak ochilishi

Laylak kelishi

Musichaningin qurishi

O’rik gullashi

Tolning barg chiqarishi



Kun va tunning tengligi

Shaftoli gullashi

Olcha gullashi

Bulbulning dastlabki sayrashi

Chumolilarning inidan chiqishi



Daryo suvining ko’payishi

Olma gullashi

Qaldirg’ochning kelishi

Dastlabki momoqaldiroq

Atirgul ochilishi

Qulupnay pishishi



Yoz boshlanishi


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash