loading...

Veb-saytining maqsadi 

14040

  http://geografiya.uz veb-sayti 2015-yil 31-mart kuni yaratildi. Saytning asosiy maqsadi geografiya fanidan ma`lumotlar bazasini shakllantirish, ta`lim tizimining barcha bosqichlarida sayt foydalanuvchilari (o`quvchilar, talabalar, o`qituvchilar va boshqalar) uchun kerakli geografik, ekologik, kartografik, topografik, toponomik, tibbiy geografik, tarixiy ma`lumotlar berish, muloqot qilish va tajriba almashishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratishdan iborat.

 Shuningdek:
1. Ta`lim tizimining barcha bosqichlari uchun belgilangan Davlat ta`lim standartlari talablarini bajarilishini ta`minlash va qo`shimcha ma`lumotlar, topshiriqlar, test savollari, amaliy mashg`ulotlar, geografik o`yinlar berish orqali foydalanuvchilarning bilim darajalarini muntazam o`rganib, ularning bilimidagi bo`shliqlarni aniqlab uni to`ldirish choralarini ko`rish;
2. Foydalanuvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini aniqlash hamda takomillashtirish uchun shart-sharoit yaratish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishlarini oshirish;
3. O`quvchilarni kasbga yo`naltirish va ta`limning keyingi bosqichiga tayyorlash;
4. Sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.

Veb-saytning geografiya ta’limini takomillashtirish  yo’nalishlari
1. Nazariya va amaliyot birligini ta’minlash.
2. Xaritalar ustida ishlash malakasini shakllantirish.
3. Ko’rgazmalilik ustuvorligini  ta’minlash.
4. Geografik tushunchalarni hosil qilishda sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar tizimini shakllantirish.
5. Tabiiy va iqtisodiy geografiyani mukammal o’rganishda qo’shimcha choralarni belgilash.
Veb-sayt foydalanuvchilariga eslatma!
 Veb-saytdagi barcha ma’lumotlar "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi va "Axborotlashtish to’g’risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan tartibga solinadi. 
 Maqsad: Davlat ta`lim standartlari asosida ta`limning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив