loading...

Sahroda nega sarob ko’rinadi? 

2790

Turli filmlarda, kitoblarda kishilar ko’ziga sahroda sarob ko’rinishini eshitgamiz, o qiganmiz. Qiziq, yo‘q joyda narsalar, odamlar rostdan ham ko‘rinadimi?

Ha, sahroda shunday bo‘ladi. Sarob optik hodisa bo‘lib, odam ko‘ziga ma’lum bir uzoqlikda haqiqatan har xil tasvirlar ko‘rinadi. Bu tasvirlar o‘ ngiga,-teskarisiga (oyog‘i osmondan bo‘lib), bo‘yiga yoki eniga cho‘zilib ko‘rinishi mumkin.

Sarob — ma’lum bir atmosfera sharoiti yuzaga kelganda yorug‘likning sinishi tufayli paydo bo‘ladi. Harorat yuqori bo‘lganda atmosferaning quyi qatlami nisbatan kamroq zich bo‘lishi bois obyektlar tasvirini yetkazuvchi yorug‘lik nurlari ular orqali o‘tayotganda kichik burchak ostida sinadi. Natijada sahrodagi odamlar uzoqdan, masalan, voha, ko‘l, binolar tasvirini ko‘radilar. Sarob, shuningdek, ochiq dengizda yoki jazirama yoz kunlari shosselarda ham ko‘rinishi mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash