loading...

Rossiya dunyo xaritasini o‘zgartirmoqda 

1095

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi dunyo xaritasi tarixiy va geografik haqiqatlarga soya solayotgani, ruscha nomlar o‘chirilgani sababli yangi xarita tuzish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu haqda «Sabah» xabar bergan.

Vladimir Putin Rossiya geografiya assosiatsiyasi direktorlar kengashi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiyaning yangi dunyo atlasi ishlab chiqilishi zarurligini, bu atlas avvalo rus tilida tuzilib, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi bo‘yicha topshiriq bergan.

Xuddi shunday topshiriq Rossiya mudofaa vazirligiga ham berilgani ma’lum bo‘lgan.

«Tarixda kashfiyotchilarimiz va sayyohlarimiz muayyan joylarga ruscha nomlar qo‘yishgan. Lekin, afsuski, bugun ushbu nomlar tarix sahifalaridan o‘chib boryapti. Rossiya dunyoni kashf qilishga hamda ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bu ham unutilib bormoqda. 2020-yili Antarktidaning kashf qilinishi yubileyini nishonlangan. Ammo Antarktidani kashf qilgan Mixail Lazaryov va Feddi Bellinsgauzenning nomlari bugun xaritada yo‘q. Amaldagi xaritalarda begonalarning nomlari bor, bu holatni to‘g‘rilash kerak», – degan Vladimir Putin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.