loading...

Global isish xavfi haqida maʼlum qilingan kun 

3047

Bundan 40 yil avval, 1981-yilning 21-avgust kuni olimlar ilk marta Yerdagi global isish xavfi haqida maʼlum qilgan.

Global isish – bir asrdan koʻproq vaqtdan beri davom etib kelayotgan, Yerdagi oʻrtacha harorat koʻrsatkichining oshib borishi jarayonidir.

1. Agar issiqxona effekti tufayli hosil boʻlgan ayni vaqtdagi atmosfera boʻlmaganida sayyoramizdagi oʻrtacha harorat 15 darajani tashkil qilgan boʻlardi.

2. Atmosferadagi karbonad angidrid gazining tabiiy tarkibi butun tarix davomida millionga 180-300 zarragacha oʻzgargan. Bugungi kunda CO2 darajasi 380 promillga teng boʻlib, bu tabiiy sharoitdagi eng yuqori koʻrsatkichdan 25%ga koʻproq degani.

3. 1997-yilda atmosferadagi CO2 miqdori 2,87 promillga oshib ketgan, bu zamonaviy tarixdagi eng katta koʻrsatkich hisoblanadi.

4. Insoniyat tarixidagi eng issiq yillar 1998-yildan 2005-yilgacha kuzatilgan. 2021-yilning iyul oyi esa tarixdagi eng issiq oy sifatida qayd etildi.

5. Yer ostidan koʻp miqdorda tabiiy bugʻ, suv bugʻlari, karbonad angidrid gazi ajralib chiqadi. Ular atmosferaga tushgach, quyosh energiyasini yutadi va uni orqa tomonga qaytaradi. Bu “tabiiy issiqxona effekti” deb ataladi.

6. Geologlarning aytishlaricha, agar global isish bugungidek shiddat bilan davom etadigan boʻlsa, asr oxiriga kelib dengiz sathi 20-60 santimetrga koʻtariladi.

7. Bugungi kunda global isish tufayli oq ayiqlar soni keskin qisqarib ketgan, ular deyarli yoʻq boʻlib ketish arafasida. Ming afsuski, hech qanday oʻzgarish vaziyatni yaxshi tomonga oʻzgartira olmaydi. Olimlarning aytishlaricha, ayni vaqtda tabiiy sharoitda yashayotgan oq ayiqlar soni 20-25 mingtani tashkil qiladi.

8. Global isish oqibatida milliondan ortiq oʻsimlik va jonivorlar hayot kechiradigan sharoitlar yoʻq boʻlib ketishi, oqibatda tabiatga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin.

9. Oʻrmonlarni ommaviy tarzda yoʻq qilish global isish jarayonini 20% ga tezlashtirib yuborgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.