Xorijiy tillarni o‘rganish insonga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qiladi. Sayohatlar, daromadli ish, yangi tanishuvlar shular jumlasidandir. Ammo, boshlanishiga o‘rganish osonroq bo‘lgan til bilan qiziqqan ma’qulroq, bizningcha. O‘rganish uchun eng qiyin tillar qaysi ekanligini bilasizmi?
8-o‘rin — fransuz tiliFransuz tili - buyuk olimlar hamda faylasuflar so‘zlashgan til bo’lish bilan birga roman tillari guruhiga tegishli sanaladi. Dunyoning 29 ta mamlakatida yashovchi insonlar mazkur tilda muloqot qiladilar. Fransuz tilidagi eng qiyin narsa - so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishdir. Tilni o‘rganishga endi kirishgan insonlar unli harflar tufayli juda ko‘p adashib qolishadi. Fransuz tili dunyodagi eng ko‘p o‘rganilgan tillar qatorida ingliz tilidan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi.
7-o‘rin — norveg tili
Og‘zaki norveg tilida aniq bir tasdiqlangan standart mavjud emas. Shu sababli muloqot vaqtida juda ko‘p qiyinchilik yuzaga keladi. Norvegiyaning bir shahrida tilni o‘rganib olib, mamlakatning ikkinchi burchagiga yo‘l olsangiz, bu yerliklar sizni tushunmasliklari ham mumkin. Norveg tilida shevalar haddan tashqari ko‘p.
6-o‘rin — nemis tili
Nemis tilida ham shevalar yetarlicha. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun 44 ta tovushni o‘rganish kerak. Nemis tili grammatik jihatdan ham biroz qiyin tuyulishi mumkin. Mazkur tildagi so‘zlar haddan tashqari ko‘p turlanishi sababli ham o‘rganish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keladi.
5-o‘rin — ivrit tili Ivrit — dunyodagi eng qadimiy til sanaladi. Uning yozilishi ham, grammatikasi ham tilni o‘rganish vaqtida katta qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Harflarning barchasi bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi, bundan tashqari ivrit tilidagi matnni o‘ngdan chapga qarab o‘qish kerak. 4-o‘rin — island tili Bu ham dunyodagi eng qadimgi tillardan biri hisoblanadi. Rasman mazkur tilda so‘zlashuvchilar faqat Islandiyada yashashadi. Tilning asos grammatikasi 10 asrdan beri deyarli o‘zgarmagan, leksikasi haddan tashqari qiyin, ushbu tilni mustaqil ravishda o‘rganish imkonsiz. 3 o‘rin — rus tili Rus tili ham o‘rganish uchun qiyin sanaladi. Bu ayniqsa, tilni o‘zlashtirish istagidagi xorijliklarga tegishlidir. Tovushlar va harflarning ko‘pligi, urg‘u tushunchasi, sinonimlar ham o‘quvchilarni juda ko‘p adashtiradi. 2-o‘rin — arab tili Dunyodagi eng murakkab tillardan biri - arab tili hisoblanadi. Arab tilining yozuvi haddan tashqari qiyin. Aslida arab alifbosidagi harflar soni 28 ta, ammo ular so‘z boshida, o‘rtasi va oxirida kelishiga qarab turlicha yoziladi. Fonetikada ham o‘ziga xosliklar yetarlicha. 1-o‘rin — xitoy tili Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida Ginnes Rekordlari kitobiga kiritilgan. Xitoy lug‘atlarida 85 000 tadan ortiq ierogliflar mavjud, ammo so‘zlashuvda ularning 7000 tasi ishlatiladi. Ularning har birini eslab qolish lozim. Ierogliflarni to‘g‘ri yozish esa butunlay boshqa masala. Fonetikada to‘rt hil ohang mavjud bo‘lib, bitta so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali uning ma’nosini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi, 6-uy
VEB-SAYT YANGILIKLARIGA OBUNA BO`LISH SHAKLI
Eslatma: Agarda Sizni veb-saytdagi ma'lumotlar qiziqtirayotgan bo'lsa, quyidagi shakl orqali veb-sayt ma'lumotlar bazasidagi so'nggi yangiliklardan boxabar bo'lib turishingiz mumkin. Buning uchun Siz amaldagi mavjud elektron manzilingizni quyidagi qatorga kiriting va elektron manzilingizga jo'natilgan xat orqali obunani tasdiqlang.