Австралия и Океания

Avstraliya va Okeaniya haqida umumiy ma`lumotlar

  • Asosiy xususiyatlari

    Eng mitti, eng past, eng quruq materik , xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan Janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkalipt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat - Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
  • Geografik o'rni

    Avstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi.
  • O'rganilishi

    Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan.Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi.

 

M aterikning eng past joyi (Eyr ko‘li - 16 m) ham shu yerda. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi - Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alpi tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2230 m) hisoblanadi.

T inch okeanning markaziy va g‘arbiy qismlarida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi. O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2% ni tashkil etganligi uchun ham Okeaniya nomini olgan. Okeaniya o‘z tarkibiga 7 mingdan ortiq orollarni birlashtiradi. Orollarning umumiy maydoni atigi 1,3 mln km kv.

O keaniya hududi tabiiy-geografik va etnografik farqlariga asoslanib, uchta qismga bo‘linadi. 1.Melaneziya (yunoncha melos - qora, nesos - orol, ya'ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha kichik orollar). 3.Polineziya (yunoncha ko‘p orollar). Okeaniya to‘g‘risidagi ma'lumotlar yevropaliklarga F.Magellan sayohatidan (1521-y.) keyin ma'lum bo‘lgan.  

 

Avstraliya va Okeaniya maydoni - 8 944 000 kv.km

Avstraliya materigining maydoni - 

Orollar maydoni - 1 329 500 kv.km

Materikning dengiz sathidan o'rtacha balandligi300 metr

Materik qirg'oqlarining uzunligi - 19 700 km

Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Kossyushko t. 2 228 metr

Dengiz sathidan eng past balandlik - Eyr-Nord k. -16 metr


- Eng shimoliy nuqta - York burni

- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 10 daraja 41' j.k. 142 daraja 32' shq.u.

- Eng janubiy nuqta - Saut-Ist-Poynt (Janubi-sharqiy) burni

- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 39 daraja 11' j.k. 146 daraja 25' shq.u.

- Eng g'arbiy nuqta - Stip-Poynt burni

- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 26 daraja 09' j.k. 113 daraja 05' shq.u.

- Eng sharqiy nuqta - Bayron burni

- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 28 daraja 38' j.k. 153 daraja 39' shq.u.

Yarimorollar: Armenlend, Keyp-York

Qo`ltiqlar: Karpentariya, Katta Avstraliya

Dengizlar: Arafur, Markon, Tasmaniya

Bo'g'izlar: Torres, Bass

Tog`lar: Katta To'siq rifi, Katta Suvayirg'ich tizmasi, Kossyushko tog'i, Markaziy tekisliklar

Tekisliklar: Nallarbor, Ayers-Rok, G'arbiy Avstraliya yassi tog'ligi


Eng uzun daryo- Murrey (Darling bilan) 3490 km
Eng katta ko'l - Eyr-Nord  15 000 kv.km 
Eng chuqur ko'l - Torrens 8 metr 
Eng katta orol - Yangi Gvineya  592 540 kv.km
Eng baland harakatdagi vulqon - Mauna-Loa (Gavayi o.)  4169 metr 
Eng baland sharshara - Saterlend (Yangi Zelandiya) 580 metr 
Eng katta cho`l - Katta Qumlik  420 000 kv.km 
Okeaniya maydoni - 1 300 000 kv.km
Okeaniyaning eng baland cho'qqisi - Jaya t. 5 030 metr   

 


Dunyodagi eng katta daraxtzorlar Avstraliya evkalipti bilan sekvoyadendron daraxtlaridir. Eng baland bo`yi 155 metr, sekvoyadendronniki esa 142 metrni tashkil qiladi. Shunday yirik daraxt mittigina urug`idan unib chiqadi. Uning bitta qubbasida 200 tagacha urug` bo`ladi, 196 ming urug` esa 1 kg.ni tashkil qiladi

 


A vstraliyada еng mitti, eng past, eng quruq materik , xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan Janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkalipt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60%) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat - Avstraliya ittifoqi bor, aholisining yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.

A vstraliya (lotincha «australius» - janubiy) to‘liq Janubiy yarimsharda joylashgan. Materik o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tganligi uchun uning shimoliy qismi issiq yoritilish mintaqasiga, janubiy qismi esa mo‘'tadil yoritilish mintaqasiga to‘g‘ri keladi. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi. 

A vstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi gollandiyalik Villyam Yanszondir. U 1606-yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Birinchi bo'lib Byork 1860-1861-yillarda materikni meridian bo'ylab yurib o'tgan.

Daryolar

Nomi Uzunligi (km) Havzalarining maydoni (ming kv.km) Suv sarfi, m.kub/sek
Murrey 3717 1057 330
Darling 2720 650 42
Marram biji 2160 165 77
Flay 1150 - -

Ko`llar

Nomlanishi Maydoni, kv.km Eng chuqur joyi, m
Eyr-Nord 15 000 -16 metr
Torrens 5700 -
 

Tog' cho'qqilari

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Jaya Yangi Gvineya oroli 5030
Kuka Yangi Zelandiya 3164
Kossyushko Katta suvayirg'ich tizmasi 2228
Pane Yangi Keledoniya oroli 1628
Legg-Pik
Tasmaniya oroli 1573
 

Vulqonlar

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Muana-Loa Gavayi orollari 4170
Ruapexu Yangi Zelandiya 2796
Ulavun Yangi Britaniya oroli 2300
 

Orollar

Nomi Maydoni, kv.km Nomi Maydoni, kv.km
Yangi Gvineya 829 300 Samoa 3 000
Yangi Zelandiya 265 300 Karolina 1 320
Tasmaniya 98 400 Taiti 1 040
Solomon 40 400 Tuamotu 810
Yangi Britaniya 36 600 Tonga 699
Fidji 18 200 Marianna 600
Gavayi 16 700 Guam 534
Yangi Kaledoniya 16 700 Kuka 240
Yangi Gebrid 14 800 Marshall 181
Bugenvel 10 000 Nauru 21
Yangi Irlandiya 8 650 Ueyk 80
Guadalkanal 5 300

Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar

- Iyul harorati 26°C, yanvar harorati 24°C, yog'inlar yozda yog'adi. Subekvatorial iqlim
- Iyul harorati 25°C, yanvar harorati 10°C, yog'inlar qishda yog'adi. Subtropik iqlim
- Havoning yanvardagi harorati 27-30°C, iyuldagi harorati 14-15°C, yillik yog'inlar miqdori taxminan 150 mm. Tropik iqlim 
- Katta Suvayirg'ich tizma qayerda joylashgan? Sharqiy hudud
- Faqat yillik emas, balki sutkalik haroratlar ham yuqori hudud - Markaziy hudud
- Hududga termitlar hosil qilgan «qurilmalar» o'ziga xos ajoyib manzara beradi? Shimoliy hudud
- Kichik-kichik qattiq bargli butazorlar va past bo'yli daraxt o'simliklari - skreblar tarqalgan hudud - G'arbiy va markaziy -hudud
- Aholisi zichligi sababli tabiati juda o'zgarib ketgan hudud qaysi? Sharqiy hudud
- Sohil yaqinida yo'g'on ildizlari ochilib yotuvchi pandanuslar o'sadigan qaysi? Shimoliy hudud
Okeaniya 3 ta geografik hududga bo'linadi. Tarkibi:
- Melaneziya: Yangi Gvineya, Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya orollari
- Mikroneziya: Guam, Marianna, Marjon, Marshall, Gilbert, Ellis orollari
- Polineziya: Gavayi, Tonga, Kuk, Taiti, Tuamotu, Markiz, Yangi Zelandiya orollari
- Okeaniyadagi orollar maydoni 1,3 mln kv.km
- Okeaniyada 7000 dan ortiq orollar mavjud.
- Okeaniyaning qariyb 90 %i, Yangi Gvineya va Yangi Zelandiyaga to'g'ri keladi
- O'rtacha yillik harorat +23 C, +28 C.
- Yangi Gvineya orolida o'simliklarning 20 000 dan ortiq turlari br. Bu O'zbekiston o'simliklari turidan deyarli 5 marta ko'p demakdir.
- Gavayi orollari 2500 km ga cho'zilgan.
- Yangi Gvineya orollarida uch ko'zli kaltakesak turlari bor.
- Okeaniyadagi orollar guruhi 4 guruhga bo'linadi. Bular: materik, vulkanli, marjon, geosinklinal.
- Avstraliya gollandlar tomonidan XVII asrda kashf qilgan. 
- Avstraliya sharqiy qismini hisobga olmaganda,qadimgi kristalli zamin (poydevor)dan tarkib topgan.
- Avstraliya harakatdagi (so'nmagan) vulkanlari va hozirgi zamon muzliklari yo'q materik hisoblanadi.
- Avstraliyaning shimoli-sharqiy qirg'oqlari bo'ylab, uzunligi 2 ming km dan ortiq masofada dunyodagi eng katta marjon rifi cho'zilib ketgan.
- O'zining quruqligi va hayot yo'qligi sababli «materikning o'lik yuragi» nomini olgan ko'l Avstraliyada joylashgan.
- Boshqa materiklarda allaqachon qirilib ketgan xaltali hayvonlar Avstraliyada saqlanib qolgan.
- Avstraliyaga barcha uy hayvonlari Yevropadan keltirilgan.
- Avstraliya subekvatorial, tropik, subtropik va mo'tadil mintaqalarda joylashgan.
- 12 000 o'simlikdan 9 000 tur (75%)i endemiklardir.
- Materik hayvonlarining 90 %i Yer yuzining hech qayerida uchramaydi.
- Avstraliyada 162 tur xaltalilar mavjud.
- Kenguru tipik xaltali hayvon bo'lib, bo'yi 30 sm dan 3 m gacha yetadi.
- Avstraliyaning 670 tur qushlaridan 750 ta turi endemikdir.
- Bir vaqtlar Angliya hukumati surgun qilinganlar uchun mo'ljallab mustamlaka tarzida barpo etgan Sidney shahri Avstraliyaning janubi-sharqida joylashgan. 
- Kenguru, koala, vombat kabi hayvonlar Avstraliyada yashaydi.

 

- Eng katta gul - Raffleziya Arnolrod (Sumatra oroli. Bo'yi -1 m, og'irligi-7 kg)
- Eng baland gul - Amarfofa-luz (Amorphophallus titanum) Raffleziya Arnolrod (Sumatra oroli. Bo'yi -1 m, og'irligi-7 kg)
- Eng katta g'or- Kalimantan orolida (Bugu g'ori, 16 futbol maydoniga teng)
- Eng isiq joyi - Klonkarri (+53,1C)
- Eng katta marjon to'plami- Katta Baryer rifi (2 ming km)
- Eng katta echkiemar- Komado ajdari
- Uch ko'zli hayvon - Ripteliya (Yangi Gvineya)
- Eng yirik chumoli - Avstraliya buqachumolisi
- Eng katta xaltali hayvon - Kenguru
- Yonar tog' - Ayers-Rok (Uluru, oqshomda cho'g' bo'lib ko'rinadi)
- Eng baland daraxt - Evkalipt (155m)
- O'pkali baliq - Seratod
- Eng katta kapalak - Qirol Aleksandr qushqanoti (Yangi Zelandiya, 28 sm)
- Tana harorati eng past (+22C) sutemizuvchi - Yexidna
- Eng baland va dunyodagi eng tez o'suvchi daraxt - Evkalipt
- Uzoqqa uchuvchi baliq - Sumatra balig'i (12 metr balandlikda 400 metrgacha uchib boradi)
- Qoni ko'k rangli baliq - Avstraliya meduzasimon balig'i

 

ДРУГИЕ СТАТИСТИЧЕСКИЕ ИНФОРМАЦИИ

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
loading...