Afrika
Afrika haqida umumiy ma'lumotlar
Asosiy xususiyatlari
Afrika - to‘rtta yarimsharda joylashgan yagona materik. Ekvator Afrikani teng ikkiga bo‘lib turadi. Uning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari ekvatordan deyarli teng masofada joylashgan. Gibraltar bo‘g‘izi orqali Yevropa, Suvayish bo‘yni orqali Osiyo qit'alari bilan tutashib turadi.
Geografik o'rni
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.
O'rganilishi
Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ros-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.
V asko da Gama Afrikaning Hind okeani sohilidagi Malindi portidan arab dengizchisi va olimi Ibn Ma'jad yo'lboshchiligida 1498-yilda Hindistonga borgan. U 1502-1503- va 1524-yillarda yana ikki marta Hindistonga borgan. 1502-yilda 20 ta harbiy kema bilan borib, Kalikut shahrini vayron qilgan va Portugaliya koloniyasiga aylantirgan.
E ng jazirama yoz - (+58 C) Liviyada kuzarilgan. Eng yuqori o`rtacha yillik harorat - (+34,5 C) Efiopiyada 1960-yilda kuzatilgan. Eng past harorat - (-15 C) Marokashda bo`lgan. Maksimal o`rtacha yillik yog`in (10500 mm) - Kamerun tog`larining g`arbiy yonbag`rida qayd qilingan. Minimal o`rtacha yillik yog`in (1,0 mm, Daxlada) - Misrda qayd qilingan.
A frikada jami 392 ta qo`riqxona va milliy bog`lar bor, ularning maydoni 363 ming kv.km. (Afrikaning 1,2% maydoni). Afrikada qo`riqxonalarga eng boy davlat Kongo va Keniya hisoblanadi. Keniyada 17 ta qo`riqxona bor. Ularning maydoni 2,1 mln ga. Afrikada qul savdosi XVI asrdan boshlanib 350 yil davom etgan. Bu davrda Afrikada taxminan 200 mln.odamni yo`qotgan.
- Maydoni (orollar bilan birga) - 30 257 000 kv.km
- Orollar maydoni - 630 000 kv.km
- Qirg'oq chizig'ining uzunligi - 30 500 km
- Dengiz sathidan o`rtacha balandlik - 750 m
- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Kilimanjaro vulqoni (Tanzaniya) - 5895 metr
- Dengiz sathidan eng past balandlik - Assal ko`li sathi (Jibuti) -157 metr
- Eng shimoliy nuqta - Ben-Sekka burni (Tunis)
- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 37 daraja 21' sh.k. 9 daraja 45' shq.u.
- Eng janubiy nuqta - Igna burni (JAR)
- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 34 daraja 52' sh.k. 19 daraja 59' shq.u.
- Eng g'arbiy nuqta - Almadi burni (Senegal)
- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 14 daraja 45' sh.k. 17 daraja 32' shq.u.
- Eng sharqiy nuqta - Ras-Xafun (Somali)
- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 10 daraja 26' sh.k. 51 daraja 23' shq.u.
- Bo`g`izlar: Gibraltar, Mozambik
- Dengizlar: Qizil, O`rta
- Sharsharalar: Viktoriya, Livingston, Stenli, Tulega
- Deltalar: Okovango deltasi dunyodagi eng katta ichki delta – Kalaxari, Nil deltasi – yunoncha delta harfiga o’xshash
- Havzalar: Amantika, Hind okeanlari havzalari va berk (ichki) havza
- Suv omborlari: Asuan
- Maydoni bo`yicha eng katta havza - Kongo daryosida (Lualaba bilan) 3 700 000 kv.km
- Eng katta ko`l - Viktoriya 69 485 kv.km
- Eng chuqur ko`l - Tanganika 1470 metr
- Eng katta orol - Madagaskar 587 000 kv.km
- Eng baland harakatdagi vulqon - Kamerun 4100 metr
- Eng baland sharshara - Tugela (Janubiy Afrika) 948 metr
- Eng katta cho`l - Sahroi Kabir (Shimoliy Afrika) 7 000 000 kv.km
Samum - Shimoliy Afrika va Arabiston yarimorolida esadigan kuchli quruq va issiq qumli shamolning mahalliy nomi. Jazoirda bunday shamol siroko, Misrda hamsin, Arabistonda esa samum deb ataladi. Demak, samum arabcha jazirama shamol degan ma'noni anglatadi. Yer yuzasining juda qattiq qizishi natijasida siklonlarda samum hosil bo'ladi. Davom etish 20 daqiqadan 3 soatgacha, qizigan qum va changli bo'ron davrida harorat 50 darajagacha ko'tariladi, ba'zan Samum esishini qizigan qum zarrachalarining ishqalanib, qattiq musiqiy tovush chiqarishidan bilsa bo'ladi.
Daryolar
Nomi | Uzunligi, km | Havzasining maydoni, ming kv.km |
---|---|---|
Nil (Kagera bilan) | 6671 | 2870 |
Kongo (Zair) | 4320 | 3691 |
Niger | 4160 | 2092 |
Zambezi | 2660 | 1330 |
Oranj | 1860 | 1036 |
Okavango (Kubango) | 1800 | 785 |
Limpopo | 1600 | 440 |
Volta | 1600 | 394 |
Senegal | 1430 | 441 |
Shari | 1400 | 880 |
Rufidji | 1400 | 178 |
Ruvuma | 800 | 145 |
Ko`llar
Nomlanishi | Maydoni, kv.km | Eng chuqur joyi, m |
---|---|---|
Viktoriya | 69 000 | 80 |
Tanganika | 34 000 | 1470 |
Nyasa | 30 800 | 706 |
Chad | 16 600 | 12 |
Rudolf | 8500 | 73 |
Mobutu-Sese-Seko | 5300 | 57 |
Mveru | 5100 | 9-15 |
Bangveulu | 4920 | 5 |
Tana | 3100-3600 | 70 |
Idi-Amin-Dada | 2500 | 131 |
Kibu | 2370 | 496 |
Tog' cho'qqilari
Nomlanishi | Tog` tizimi, hududi | Dengiz sathidan balandligi, metr |
---|---|---|
Keniya | Keniya | 5199 |
Margerita | Kongo-Uganda | 5109 |
Ras-Dashan | Efiopiya tog`lari | 4620 |
Tubkal | Baland Atlas | 4165 |
Tabana-Ntlenyana | Drakon tog`lari | 3482 |
Emu-Kusi | Tibesti | 3415 |
Mont-o-Surs | Drakon tog`lari | 3299 |
Marra | Sudan | 3088 |
Piton-de-Nej | Reyunon oroli | 3069 |
Taxat | Axaggar | 2918 |
Marumukutru | Madagaskar oroli | 2876 |
Brandberx | Namibiya | 2601 |
Sheliya | Sahroi Kabir Atlasi | 2328 |
Lalla-Xedidja | Atlas | 2308 |
Vulqonlar
Nomlanishi | Tog` tizimi, hududi | Dengiz sathidan balandligi, metr |
---|---|---|
Kilimanjaro | Tanzaniya | 5895 |
Meru | Tanzaniya | 4567 |
Karisimba | Virunga tog`i | 4507 |
Kamerun | Kamerun | 4070 |
Teyde | Tenerife oroli | 3718 |
Fogu | Fogu oroli | 2829 |
Teleki | Keniya | 646 |
Orollar
Nomlanishi | Maydoni, kv.km |
---|---|
Madagaskar | 587 000 |
Kanar orollar | 7270 |
Yashil burun orollari | 4033 |
Sokotra | 3580 |
Reyunon | 2510 |
Azor orollari | 2390 |
Komor orollari | 2171 |
Masuas-Ngema-Biyogo | 2017 |
Mavrikiy | 1865 |
Zanzibar | 1658 |
Pemba | 984 |
San-Tome | 836 |
Madeyra | 797 |
Seyshel | 405 |
Prinsipi | 128 |
Avliyo Yelena | 122 |
Rodriges | 111 |
Qo'riqxonalar
Nomi | Mamlakat | Tabiiy o`lka | Maydoni, gektar |
---|---|---|---|
Bamingi | MAR | Sudan va Markaziy Afrika | 1 000 000 |
Kafue | Zambiya | Janubiy Afrika | 2 249 000 |
Kryugera | JAR | Janubiy Afrika | 1 820 000 |
Selus | Tanzaniya | Sharqiy Afrika | 3 289 120 |
Serengeti | Tanzaniya | Sharqiy Afrika | 1 450 000 |
Kavo | Keniya | Sharqiy Afrika | 2 088 000 |
Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar
- Past va yuqori bosimli hududlar Afrikaning qayerlarida joylashgan? - Ekvator va tropiklarda
- Hududi ekvatorning har ikki tomonida joylashgan, yil bo'yi atmosfera bosimi va yog'inlar miqdori ko'p (1500-1800 mm) bo'ladi, bu yerda yanvar oyidagi havo harorati 26°C, iyul oyidagisi esa 28°C - Ekvatorial
- Hududi yuqori atmosfera bosimi sohasida joylashgan, yog'inlar miqdori oz (100 mm dan kam). Bu yerda yanvar oyida o'rtacha harorat 10°C, iyul oyida esa 38°C Tropik
- Afrikaning bu qismi havo massalarining mavsumlar bo'yicha almashinib turishi bilan xarakterlanadi. Qish quruq, yoz sernam. Bu yerda yanvar oyining o'rtacha harorati +24°C, iyulda +30°C. Yillik yog'in miqdori - 600-1000 mm - Subekvatorial
- Bu hudud uchun havo haroratining mavsumiy almashinib turishi xarakterli. Masalan, yanvarning o'rtacha harorati +12°C, iyulniki +27°C, yillik o'rtacha harorati +15-18°C, yoz quruq, qish sernam. Yog'inlar miqdori - 600-700 mm - Subtropik
- Afrikaning bu qismida yanvarning o'rtacha harorati 25°C, iyulniki +15°C. Yog'inlar yil bo'yi bir tekis taqsimlangan (yiliga 800 mm gacha yog'in tushadi). Nam subtropik
- Qaysi ko'lning suv sathi keskin o'zgarib turadi? Chad ko'li.
- Qaysi ko'l dunyoda eng uzun ko'l hisoblanadi? Tanganika ko'li
- Qaysi daryoning nomi lotin tilidan tarjima qilinganda «qora» degan ma'noni bildiradi? Niger daryosi
- Qaysi daryo eng katta delta hosil qiladi? Nil
- Qaysi daryoning nomi mahalliy aholi tilida «Katta daryo» degan ma'noni bildiradi? Zambezi
- Qaysi ko'lning nomi mahalliy aholi tilidan tarjima qilinganda «suv» degan ma'noni bildiradi? Chad
- Qaysi daryo sersuvligi va havzasi maydoniga ko'ra dunyoda ikkinchi o'rinda turadi? Kongo
- Dunyodagi eng katta sharsharalardan biri Viktoriya Afrikaning qaysi daryosida joylashgan? Zambezi
- Qaysi ko'lda tez-tez dovul bo'lib turadi? Viktoriya ko'lida
- Afrikadagi qaysi ko'l eng chuqur hisoblanadi? Tanganika ko`li
- Qaysi daryo ekvatorni ikki marta kesib o'tadi? Kongo daryosi
- Viktoriya sharsharasi qaysi daryoda joylashgan? Zambezi daryosida
- Afrikaning qaysi daryosi eng sersuv? Kongo
- Qaysi daryo Sharqiy Afrika yassi tog'ligidan boshlanib, Viktoriya ko'li orqali oqib o'tadi? Nil
- Qaysi daryo ming yillar davomida Afrikada yashovchilar uchun jumboq bo'lib kelgan? Nil
- Qaysi ko'l dunyodagi chuchuk ko'llar orasida eng uzun hisoblanadi? Tanganika
- Qaysi ko'lning tubi okean sathidan 660 m pastda bo'lib, chor atrofini balandligi 2000 m gacha bo'lgan tog'lar o'rab olgan? Tanganika
- Qaysi daryoga Asvon to'g'oni qurilgan? Nil
- «Sekretar» qushi yashaydi? Savanna va siyrak o'rmonda
- Tuproqlar qizg'ish-sariq tusda bo'ladi? Nam ekvatorial o'rmonlarda
- Haroratning sutkalik va yillik katta amplitudalari kuchli fizik nurashga sabab bo'ladi? Cho'l va chala cho'lda
- Daraxtsimon o't o'simligi - banan, soyabonsimon akatsiya, baobab, mimoza o'sadi, ko'pdan ko'p hayvonlar daraxtlarda yashaydi? Nam ekvatorial o'rmonlarda
- Aloe va yovvoyi tarvuz o'sadi? Cho’l va chala cho'lda
- Haddan tashqari ochko'z qush - marabu yashaydi? Savanna va siyrak o'rmonda
- Nil daryosining yuqori oqimidagi papiruszorlarda faqat Afrikadagina yashaydigan qush uchraydi. Bu - qaysi qush? Marabu
- Afrikadagi oilalarning deyarli barcha idishi uyining atrofida «o'sib yotadi». O'simlik mevalarini bir necha joyidan bo'g'ib, bog'lab qo'yadilar va kerakli kattalikda o'stiradilar. Shunda turli katta-kichiklikdagi xumcha, xurmacha, tog'ora va boshqa ajoyib shakldagi idishlar hosil bo'ladi. Bu qanday o'simlik? Qovoq
- Dunyodagi eng uzun daryo vodiysida shunday bir o'simlik o'sadiki, ungaqadimdan xat yozishda foydalaniladi. Bu daryo va uning vodiysida o'suvchi o'simlikning nomi nima? Nil daryosi, Papirus o'simligi
- Kalaxari cho'lida juda yirik hosil beruvchi o'simlik o'sadiki, uning tarkibida shakar, А, В, С vitaminlari ko'p (bu vitaminlar ko'plab xastaliklarni davolashda shifobaxsh vosita hisoblanadi). Bu mevalar qanday kattalikda bo'ladi? Bu, yovvoyi tarvuz bo'lib, og'irligi 20 kg keladi.
- Yosh burmali tog'lar joylashgan? Shimoliy Afrikada
- Daryolarning quruq o'zanlari «vodiy»lar ko'p? Shimoliy Afrikada
- Namib cho'li joylashgan? Janubiy Afrikada
- Kongo daryosining havzasi katta maydonni egallagan? Markaziy va Sharqiy Afrikada
- Katta qismini dunyodagi eng katta cho'l egallaydi? Shimoliy Afrikada
- Chuqur va uzun ko'llar ko'p? Markaziy va Sharqiy Afrikada
- Drakon (Ajdaho) tog'lari joylashgan? Janubiy Afrikada
- Viktoriya sharsharasi joylashgan? Janubiy Afrikada
- Sese nomli pashsha uchraydi? Markaziy Afrikada
- Olmos va oltin ko'p? Janubiy Afrikada
- Neft, gaz va fosfat konlari bor? Shimoliy Afrikada
- Savannalarda eng katta bo'lgan daraxt - baobab o`sadi (balandligi 20 metr, tanasining aylanasi 30 metr). Uning yengil va yumshoq tanasi yong`indan qo`rqmaydi va o`zida 120 litrgacha suv saqlaydi. Uning tanasidan musiqa asboblari yasashadi. Baobab 5000 yilgacha umr ko`radi.
- Soyabonli akatsiya o'zidan shilimshiq smola chiqazadi. Undan ip tayyorlashda va matolar tikishda foydalaniladi.
- Finikiya palmasi "Voha Qirolichasi" asosiy daraxtdir. Balandligi 20-30 metrgacha boradi, 5 yildan keyin meva bera boshlaydi, 100-150 kg gacha va 100 yilgacha meva beradi.
- Velvichiya - Namib cho`liga xos o`simlik. Uning juda qisqa tanasi yer yuzidan 50 sm ko`tarilib turadi. Tanasining diametri 1,2, ildizi 20 m chuqurlikkacha boradi. Uning go`shtdor 2 ta bargi bor, 150-200 yil yashaydi.
- Saxel - arabcha cheti, qirg`og`i demakdir. Bu yerda Sahroi Kabirning janubiy chetidagi quruq savannalarning nomi.
Eng uzun bo'g'iz - Mozambik. Uzunligi 1760 km ga yaqin.
Eng bo'ydor xalq - tuts va ximlar (o'rtacha 2 m).
Eng pakana xalq - pigmeylar (o'rtacha 140 sm).
Eng baland bo'yli hayvon - Jirafa (bo'yi 6 m).
Eng katta timsoh - Nil timsohi (uzunligi 6-7 m).
Eng mayda hashorotlar - Termitlar. Uyalarining balandligi 12 metrgacha, enini 3 metrgacha qilib quradilar.
Eng katta sut emizuvchi - Afrika fili (balandligi 4 metr, og'irligi 12 t).
Eng katta qush - Afrika tuyaqushi (bo'yi 3 m., og'irligi 160
Eng kichik qush - Kolibri (Melyuziga-minima turi, 2 g).
Eng katta maymun - Gorilla. Bo`yi 175 sm ga yetadi og`irligi 200 kg.
Eng katta yer yorig'i - Buyuk Afrika yeryorig'i.
Eng sho'r dengiz - Qizil dengiz (42 promille).
Eng ko'p tabiiy ko'payish - Yaman.
Eng baland qum tog'lari - Sahroyi Kabirda. (Balandligi 150 m dan ziyod).
Eng issiq harorat- Tripoli, El-Aziziya (58°C).
Eng quruq joy - Misr: Dahla vodiysi (yog'in miqdori yiliga 1 mm).
Eng semiz daraxt - Baobab (aylanasi 30 m).
Eng zaharli ilon - yashil bambuk iloni (Afrika).
Eng chopqir hayvon - Gepard (140 km).
Eng katta qo'ng'iz - Goliaf qo'ng'izi. Og`irligi 100 gr, uzunligi 13 sm.
Eng katta qurbaqa - Goliaf qurbaqasi. Og`irligi 3,5 kg, uzunligi 35 sm.
Sersuvligi bo'yicha dunyoda 2-o'rinda turuvchi daryo - Kongo.
Mevasi mast qiluvchi daraxt - Marula.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Sharhlar - 2