A rablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida (er.av. 4-5 asrlarda) suzishgan bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII-XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar.
V asko da Gama (1498-yil) Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Tasman (1642-1643 yy.) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi.
O keanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25°C, +28°C, janubida esa ancha past. Shimolida haroratga iliq musson shamoli, janubida sovuq g‘arbiy shamollar oqiminmg ta’siri kuchli. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dcngiz suvi eng sho‘r (42‰), eng chuchugi Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34‰) suvlaridir.
Nomi | Maydoni, ming kv.km | Eng chuqur joyi, metr |
---|---|---|
Arab | 3832 | 5803 |
Bengal qo'ltig'i | 2172 | 4694 |
Arafur | 1017 | 3680 |
Lakkadiv | 786 | 4131 |
Kosmonavtlar | 699 | 4798 |
Qizil | 450 | 3040 |
Timor | 432 | 3310 |
Mauson | 333 | 1000 |
Dyurvill | 315 | 3610 |
Hamdo'stlik | 258 | 3000 |
Persid qo'ltig'i | 251 | 90 |
Deyvis | 21 | 1300 |
Nomi | Chuqurligi, metr |
---|---|
Yava (Zond) | 7729 |
- Maydoni: 76,17 mln kv.km
- Suv hajmi: 282,6 mln km.kub
- Eng sho'r dengizi: Qizil dengiz (42 promille)
- O'rtacha harorati: +17 daraja
- Suvining o'rtacha sho'rligi: 36,5 promille
- O'rtacha chuqurligi: 3710 ta
- Qo'ltiqlar: Fors, Bengaliya, Katta Avstraliya
- Orollar: Madagaskar, Shri-Lanka, Kergelen, Maldiv
- Yarimorollar: Arabiston, Hindiston, Somali
- Bo'g'izlar: Mozambik, Malakka, Bob-al-Mandeb
- Oqimlar: Musson, Somali, G'arbiy shamollar
- Okeanni o'rganish bundan 6 ming yil avval finikiyalik, misrlik, hindistonlik dengizchilar tomonidan boshlangan.
- Hind okeanida suzishning eng dastlabki yo'nalishlari sxemasi arablar tomonidan amalga oshirilgan.
- Eng kam yog'in shimoli-g'arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.