1 845-yilda London geografiya jamiyati, 1928-yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936-yilda Rossiya geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qabul qildilar. Okeanni o‘rganishda Pyotr I (1733-1743), M.V.Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N.A.Nordensheld (1878-1879) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O kean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi. Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi.
O kean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (-30 C, -40 C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi.Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-5 m. Suvning sho‘rligi chuqurlik tomon o‘zgarib boradi. Yuza suvlar sho‘rligi 30-32‰, tubida 34-35‰ gacha ortadi.
Nomi | Maydoni, ming kv.km | Eng chuqur joyi, metr |
---|---|---|
Barens | 1424 | 600 |
Norvegiya | 1400 | 3970 |
Gudzon qo'ltig'i | 1230 | 258 |
Grenlandiya | 1195 | 5527 |
Sharqiy Sibir | 945 | 358 |
Kara | 893 | 620 |
Baffin | 689 | 2136 |
Laptevlar | 672 | 3385 |
Chukotka | 590 | 160 |
Bofort | 450 | 4683 |
Oq | 90 | 340 |
Nomi | Chuqurligi, metr |
---|---|
Litke | 5527 |
Nansen | 5449 |
Amundsen | 4321 |
Makarov | 3940 |
Kanada |
3810 |
- Maydoni: 14,7 mln kv.km
- Suv hajmi: 18,1 mln km.kub
- Eng chuqur joyi: 5527 metr
- Ko'p tarqalgani: 1000-2000
- O'rtacha harorati: -1 daraja
- Suvining o'rtacha sho'rligi: 30 promille
- Suv tubi tizmalari: 3 ta
- Dengizlari: 10 ta
- O'rtacha chuqurligi: 1225 metr
- Orollar: Kanada, Arktika arxipelagi, Severnaya Zelya
- Korlovinalar: Kanada, Paksen
- Tizmalari: Gakkel, Mendeleyev, Lomonosov
- Bo'g'izlari: Bering, Matochkin, Shar
- Shelflar okeanning 3/1 qismini tashkil etadi.
- Shimoliy Muz okeani qirg'oqlari qushlar bozoriga boy.
- Okeanda navigatsiya (suzish davri) 1-4 oy davom etadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.