Северная Америка

Shimoliy Amerika haqida umumiy ma`lumot

  • Asosiy xususiyatlari

    Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 metr).
  • Geografik o'rni

    Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan..
  • O'rganilishi

    Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi.

 

S himoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofa uzoqlashgan.

J anubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi.  

T og‘li qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Mak-Kinli cho‘qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (-86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan.

 

- Maydoni (orollar bilan birga) - 24365 000 kv.km

- Orollar maydoni - 3 890 000 kv.km

- Materik qirg'oqlarining uzunligi - 60 000 km

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 720 metr

- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Mak-Kinli t. (AQSh) 6194 metr

- Dengiz sathidan eng past balandlik - Ajal vodiysi (AQSh) -86 metr

- Eng shimoliy nuqta - Merchison burni (Kanada)

- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 71 daraja 50' sh.k. 94 daraja 45' g'.uz.

- Eng janubiy nuqta - Maryato burni (Panama)

- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 7 daraja 12' sh.k. 80 daraja 52' g'.uz.

- Eng g'arbiy nuqta - Uels Shahzodasi burni (AQSh)

- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 65 daraja 35' sh.k. 168 daraja 05' g'.uz.

- Eng sharqiy nuqta - Sent-Charlz burni (Kanada)

- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 52 daraja 24' sh.k. 55 daraja 40' g'.uz.

- Dengizlari: Baffin, Bering, Bofort.

- Bo'g'izlar: Shelexov, Bering, Devis, Gudzon, Foks

- Qo'ltiq: Meksika, Gudzon, Alyaska, Kaliforniya, Fandi.

- Yarimorollar: Labrador, Alyaska, Yukatan, Florida

- Tekisliklar: Buyuk, Markaziy

- Pasttekisliklar: Atlantkabo'yi, Meksikabo'yi, Missisipi

- Botiqlar: Ajal vodiysi, Katta Kanyon, Mamont g'ori

- Oqimlar: Golfstrim, Labrador, Antil, Kaliforniya, Alyaska.

- Eng uzoq umr ko'ruvchi daraxt-Sekvoyya (5 ming yil).

- Eng baland suv ko'tarilishi - Fandi qo'ltig'i (balandligi 18 m).

- Eng katta dara - Kolorado (uzunligi 320 km).

- Eng uzun g'or - AQSH, Flint-Mamont g'ori (uzunligi 565 km).

- Eng uzoqqa uchuvchi qush - Monarx (4000 km).

- Qirg'og'i yo'q dengiz - Sargasso.

- Eng katta baliq - Kit-akula (14 metr, 12 tonna).

- Eng katta kaktus - Saguaro (24 metr).

- Eng kuchli shamol elektr stansiyasi - AQSHda qurilgan (3000 kVt/soat).



Daryolar

Nomi Uzunligi, km Havzasining maydoni, ming kv.km
Misisipi (Missuri bilan) 6 019 3 268
Makkenzi (Atabaska bilan) 5 472 1 800
San Lavrentiy 3 057 1 269
Rio-Grande 3 033 570
Yukon 2 897 855
Nelson 2 574 1 070
Kolorado 2 333 635
Kolumbiya 1 953 669
Cherchell 1609 281
 

Tog' cho'qqilari

Nomlanishi Tog` tizimi, hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Mak-Kinli Alyaska 6 193
Logan Alyaska 6 050
Avliyo Ili Alyaska 5 488
Uintni Serra-Nevada 4 418
Elbert
Qoyali tog`lar 4 399
Penya-Nevada Sharqiy Serra-Madre 4 054
Uoddington Qirg'oq tizmasi 4 042
Robson Qoyali tog'lar 3 954
Chorreras G'arbiy Serra-Madre 3 150
Mayklson
Bruks tizmasi
2 816
Mitchell Appalachi 2037
 

Vulqonlar


Nomlanishi Joylashgan hududi Dengiz sathidan balandligi, metr
Orisaba Meksika 5 747
Popokatepetl Meksika 5 452
Sanford Alyaska 4 939
Reynir Kaskad tog'lari 4 392
Shasta Kaskad tog'lari 4 317
Taxumulko Gvatemala 4 217
Irasu Kosta-Rika 3 432
Xud Kaskad tog'lari 3 427
Lassen-Pik Serra-Nevada 3 187
Iliamna Alyaska 3 075
Shishaldina Unimak oroli 2 860
Katmay Alyaska 2 047
 

Orollar

Nomi Maydoni, kv.km Nomi Maydoni, km.kv
Grenlandiya 2 176 000 Vankuver 32 100
Baffin Yeri 519 000  Somerset 24 300
Viktoriya 213 800 Aleut 17 666
Elsmir 202 700 Prins-Patrik 15 800
Nyufaundlend 111 000 Bagam 11 400
Kuba 105 007 Yamayka 11 100
Gaiti 77 200 Keyp-Breton 10 300
Banks 69 900 Qirolicha Sharlotta 10 282
Devon 56 400 Kadyak 9 515
Sautgemton 44 149 Puerto-Riko 8 900
Melvill 42 100 Antikosti 7 880
Aleksandr arx. 36 800 Avliyo Lavrentiy 4 900
Aksel-Xeyberg 34 400 Gvadelupa 1 779
Shaxzoda Uels 33 338 Martinika 1 110

Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar

- Eng qalin qor qor 11,5 metr, 1911-yil mart oyida Kaliforniyada kuzatilgan.

- Eng kuchli shamol 1934-yil 12-aprelda Vashington tog'ida (41,6 m/sek) kuzatilgan.

- To'fon, tornado shamollari materikning janubi-sharqiy hududlariga katta talofat keltiradi.

- Quyoshli kunlar eng ko'p bo'ladigan joy - Arizona shtatidagi Yuma degan joyda. Bu yerda yilning 95 foizi quyoshli kunlardan iborat.

-Shimoliy Amerikada 6 ta iqlim mintaqasi tarkib topgan. Bular: arktika, subarktika, mo'tadil subtropik, tropik va subekvatorial. 

- Subtropik tog' o'rmonlarida balandligi 100 metr, diametri 9 metr keladigan sekvoyya daraxti o'sadi.

- Meksika tog'ligining asosiy o'simligi - kaktuslar hisoblanadi.

- Shimoliy Amerikada 50 dan ortiq milliy bog'lar bor. Ular ichida eng yiriklari: "Shimoli-G'arbiy Grenlandiya" milliy bog'i, Buyuk Kanyon, Sekvoyya, Mamont g'ori, Ajal vodiysi, "Yellouston" bog'i.

- Shimoliy Amerikaga aholining ko'chib kelishi bundan 2000-3000 yil oldin boshlangan.

- Materik qovoq, makkajo'xori, dukkaklilar vatanidir.

- Kanada Arktikasida eskimoslar yashaydi. Ular jami 60 000 kishi qolgan bo'lib, o'zlarini induistlar deyishadi. Ular qishda qordan uy (igla) yasashadi.

- Shimoliy Amerikada 15 mln hindular yashaydi.

- Niagara sharsharasini tomosha qilish uchun har yili bu yerga 10 mln. sayyoh keladi.

- Yerning shimoliy magnit qutbi -Baters orolida.

- Kanada hududining 50 foizi o'rmonlar bilan band.

- Eng baland sharshara - Yosemed (Mersed daryosida) - 757 metr.

- Eng katta kaktus - Saguuaro, balandligi 24 metrga boradi.

- Burama shoxli antilopa - eng tez chopadigan hayvon.

- Eng og'ir zaharli ilon - chinqiroq ilon bo'lib uning og'irligi 15 kg gacha boradi.

- Kordelyera tog'larida o'ziga xos hayvon - qalin junli qor echkisi yashaydi.

- Shimoliy Amerikadagi eng katta davlat - Kanada bo'lib, yer maydoni 10 mln.kv.km.

- Kanadada dunyoda eng katta "Vud Baffalo" milliy bog'i tashkil etilgan. Bu yerda bizonlar himoya qilinadi.

- Kolorado daryosida eng katta kanyon hosil bo'lgan. Bu tor va tik qirg'oqli jarlikning uzunligi 350 km, eni 6-28 km ga, chuqurligi 1,0 km gacha boradi. Bu yerda har yili 2 mln sayyoh keladi.

- Iliq oqim qaysi qo'ltiqdan boshlanadi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Labrador yarimorolining qirg'oqlarini yuvib turadi? Gudzon.

- Kolorado daryosi o'z suvini qaysi qo'ltiqqa quyadi? Kaliforniya qo'ltig'i.

- Dengizchilar qaysi qo'ltiqni ko'pincha «Muz solingan qop» deb ataydi? Gudzon qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Florida yarimoroli qirg'oqlarini yuvib turadi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq obrazli qilib «qaynoq tova» deb ataladi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq Tinch okeanining bir qismi hisoblanadi? Kaliforniya qo'ltig'i.

- Labrador yarimoroli qaysi qo'ltiqdan sharqda joylashgan? Gudzon qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Kuba mamlakati qirg'oqlarini yuvib turadi? Meksika qo'ltig'i

- Daryo oqiziqlaridan tarkib topgan tekislik- Missisipi tekisligi.

- Ko'hna va juda yemirilgan tog'lar - Appalachi tog'i.

- 4000 km dan ortiq masofaga keng yoyilib cho'zilgan tekislik - Buyuk tekislik.

- Orasida Katta havza joylashgan tog' - Kordilyera tog'i.

- Qadimgi muzlik gil va toshlarni qoldirgan tekisliklar - Markaziy tekislik.

- So'nmagan vulkanlari bor tog'lar- Kordilyera tog'i.

- Neft bilan tabiiy gaz qazib olinadigan tekislik – Missisipi tekisligi.

- Janubiy qismi lyoss bilan qoplangan tekislik - Markaziy tekislik.

- Baland tizmalari ko'p yillik qor va katta-katta muzliklar bilan qoplangan tog' - Kordilyera tog'i.

- Yonbag'irlari yotiq (qiya), tog' tepalari yassi va keng vodiylari bor tog'lar- Appalachi.

- Qaysi daryo bahaybat kanyon hosil qiladi? Kolorado daryosi.

- Qaysi daryo Buyuk ko'llar suvini Atlantika okeaniga olib kelib quyadi? San Lavrentiya.

- Qaysi daryo hindular tilida «guldurovchi suv» deb ataladi? Niagara daryosi.

- Qaysi daryo hindular tilida «serloyqa daryo» deb ataladi? Missuri.

- Qaysi daryo Shimoliy Amerikada eng katta? Missisipi daryosi.

- Qaysi daryo eng katta delta hosil qiladi? Missisipi.

- Qaysi daryo Eri va Ontario ko'llarini tutashtirib turadi? Niagara daryosi.

- Qaysi daryo Kalifomiya qo'ltig'iga quyiladi? Kolorado.

- Qaysi daryo Meksika qo'ltig'iga quyiladi? Missisipi.

- Qaysi daryo hindular tilida «katta daryo» deb ataladi? Missisipi.

- Qaysi daryo uzunligiga ko'ra o'zi kelib quyiladigan daryodan katta? Missuri.

- Qaysi daryo deltasi qo'ltiqqa yiliga 100 m kirib boradi? Missisipi.

ДРУГИЕ СТАТИСТИЧЕСКИЕ ИНФОРМАЦИИ

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
loading...