loading...

Osiyoning Katta Mekong mintaqasida 163 turdagi yangi jonivor aniqlandi. 

2651

Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) dushanba kuni taqdim etgan hisobotiga ko'ra, o'tgan yili olimlar Osiyoning Katta Mekong mintaqasida 163 yangi jonivor turlarini aniqlashgan. Bu haqida Daily Sabah nashri ma`lum qildi. 

Unga ko'ra, olimlar 2015 yilda Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Vetnam hududlarida 9 amfibiya, 11 baliq, 14 sudralib yuruvchi, 126 o'simlik va 3 sut emizuvchi turini aniqlashgan. 

Manbaga ko'ra, Tailandning so'nggi 10 yilda jadal rivojlangan Pxuket orolida olimlar qo'rqinchli kaltakesak turiga (acanthosaura phuketensis) duch kelishgan - uning boshi va tanasida uchli shoxchalari bor. 

Mamlakatning shimoliy qismidagi Chiangray provinsiyasida esa tanasida qizil va qora nuqtalari bo'lgan g'aroyib triton turi aniqlangan. 

Kambodja va Vetnamda esa qurbaqaning barmoq uchidek keladigan yangi turi topilgan. 

Osiyoning Katta Mekong hududida dunyoning eng tahdidli, noyob va yo'qolib borayotgan jonivorlari yashaydi. 

Tadqiqotchilarning so'zlariga ko'ra, Katta Mekong o'zining xilma-xil turdagi jonivorlari bilan dunyo olimlarini jalb qilib keyeladi. 

Ko'plab kolleksionerlar bu yerdan yetkaziladigan noyob va g'aroyib jonivorlar uchun minglab dollarlarini sarflashga tayyor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash