loading...

Jahon xo'jaligi tarmoqlari geografiyasi 

13406

  Umuman, xo'jalik tarmoqlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng asosiy mavzusi hisoblanadi. Xususan, bu eng yirik mavzu jahon moddiy ishlab chiqarishining sanoat, qishloq xo'jaligi, transport tarmoqlarini va ular bilan uzviy bog'liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy aloqalar sohalarini qamrab oladi. Bu mavzularni o'rganish bilan o'quvchi har bir xo'jalik tarmoqlarining jamiyat hayotida tutgan o'mi, rivojlanishi va joylashishi xususiyatlari, ularning atrof-muhitga ta’siri haqida atroflicha tushuncha oladi.
 Sanoat - moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog'idir. U har qanday xo'jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat tarmoqlarida 450 mln.dan, ziyod ishchi va xodlmlar ishlaydi. Sanoatda band ishchi-xizmatchilar soniga ko'ra, Xitoyda (64 mln. kishi), AQSHda (26 mln. kishi), Rossiyada (20 mln. kishi) yetakchilik qiladi. Oxirgi yuz yillikda sanoat ishlab chiqarishning hajmi jahonda 50 baravardan ortiq o‘sdi, bu o'sishning 3/4 qismi XX asrning ikkinchi yarmiga — FTI davriga to'g'ri keladi. Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko'ra uch guruhga bo'linadi.
  Birinchi guruhga sanoatning eski tarmoqlari kiradi. Bularga toshko'mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, elektrovoz-teplovozsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi. Ular barcha davlatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga va joylashishiga katta ta’sir korsatib kelmoqda.
  Ikkinchi guruhga yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangdor metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi. Ularning ahamiyati jahonda ancha yuqori.
  Uchinchi guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron nisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqa tarmoqlardir. Ularning asosiy xususiyati fantalab tarmoqlar ekanligidir. Bu sohalarni, odatda, «yuqori texnologiya» tarmoqlari ham deyishadi va u FTI davrining hosilasi hisoblanadi.
  Hozirgi davrda uchinchi guruh sanoat tarmoqlari eng tez va barqaror rivojlanish sur’atlariga ega bo’lib, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi yetuk rivojlangan mamlakatlarda ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotning 35-40 % ini bermoqda. Mazkur guruh sanoat tarmoqlarining yana bir xususiyati ularning, asosan, iqtisodiy rivojlangan va yangi industrlashgan davlatlarda rivojlanganligidir. Shu sababli ularning jahon sanoati geografiyasiga ta’siri to'xtovsiz ortib bormoqda. Shu bilan birga sanoat umuman ancha murakkab tarmoqqa еgа.
  Yoqilg`i-energetika sanoati turli yoqilg`i (neft, gaz, ko`mir va boshqalar) va elektr energetika (issiqlik, gidro, atom elektr energetikasi) tarmoqlarini o`zida birlashtiradi. 
  Birlamchi energiya resurslari (neft, gaz, ko`mir, yonuvchi slanes, torf va boshqalar)ning ishlab chiqarish va iste`mol qilish hajmi doimo o`sib bormoqda. 
  Tarmoqning muhim xususiyatlaridan biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste`mol qilish geografiyasi o`rtasidagi farqning kattaligidir. Buning isboti sifatida raqamlarga murojaat qilaylik. Aholisi 314 mln. kishi bo`lgan AQSH jahonning barcha turdagi birlamchi energiya resurslarining ¼ qismini iste`mol qilgan holda, aholisi 3 mlrd. Kishidan ziyod rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda ana shuncha vositalardan foydalanmoqda, xolos. Agar jahonda har bir kishiga yiliga o`rtacha 2 tonna shartli yoqilg`i to`g`ri kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich AQSHda 10 tonnaga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 0,7 tonnaga to`g`ri keladi. 

2011-yilda gaz chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi davlatlar

Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mlrd.kub

Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mlrd.kub

AQSH

700

Indoneziya

87

Rossiya

670

Niderlandiya

80

Kanada

200

Turkmaniston

72

Buyuk Britaniya

98

O`zbekiston

60

Jahon bo`yicha

3000


  XX asr davomida jahonning yoqilg`i-energetika balansi (YEB)da ham katta siljishlar yuz berdi. Asrning birinchi bosqichida asosiy energetika vositasi sifatida ko`mirdan foydalanilgan. Bu davrda jahon YEBda ko`mirning hissasi 1913-yildagi 78%dan 1950-yilda 55%ga tushdi. Bu birinchi bosqichni haqli ravishda ko`mir davri deyish mumkin. Asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon YEBda ikkinchi bosqich – neft-gaz davri boshlandi. Buning asosiy sababi, birinchidan, neft va gazning qattiq yoqilg`I turlari, jumladan, ko`mirganisbatan eng samarali energiya vositasi ekanligi; ikkinchidan, ularning ko`p yo`nalishli universal, shu bilan birga, nisbatan ekologik jihatdan toza energetika vositasi ekanligi; uchinchidan, qazib chiqarish rayonlaridan asosiy iste`molchi hududlarga ularni tashishning nisbatan qulayligi bol`di. Jahon energetikasi 80-yillar boshlaridan o`z taraqqiyotining uchinchi davriga qadam qo`ydi. Bu davrda, asosan, tugamaydigan va ayrim o`rni tiklanadigan energiya vositasi sifatida qadam-baqadam kengroq foydalanishga o`tila boshlandi.
  Neft sanoati yoqilg`i-energetika tarmoqlarining yetakchisidir. U nafaqat ko`p qirrali energetika resursi, shu bilan birga, organic sintez kimyosining asosiy xomashyosidir. Shu sababli uning siyosiy-strategik ahamiyati ham katta. 
  Neft tabiiy resurs sifatida juda qadim zamonlardan buyon ma`lum. Sanoat asosida neftni qazib chiqarish XIXX asrning oxirgi choraklaridan ko`paydi.
  Neft qazib chiqaruvchi davlatlar soni tez ko`paydi. Hozirgi paytda jahonning 80 dan ortiq mamlakatlarida neft qazib chiqarilmoqda. Muhim tomoni shundaki, jahon neft zaxiralarining 86%i qazib chiqarilayotgan neftning salkam 48% i rivojlanayotgan davlatlar hissasiga to`g`ri keladi. 

2011-yilda neft qazib chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi davlatlar

Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t

Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t

Saudiya Arabistoni

500

Venesuela

200

AQSH

450

Meksika

150

Rossiya

420

Xitoy

150

Eron

250

O`zbekiston

5

Jahon bo`yicha

4200

Jahonda neftni qazib chiqarish va eksport qilishda OPEK (Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti, unga Jazoir, Liviya, Iroq, Quvayt, Qatar, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, Indoneziya, Nigeriya, Gabon, Venesuela, Ekvador davlatlari a`zo) mamlakatlari muhim rol o`ynamoqda. Hozirgi paytda bu mamlakatlar huruhi jahonda aniqlangan neft zahiralarining salkam 80% iga, qazib chiqarilayotgan neftning esa salkam 50% dan ortiq qismiga egalik qilmoqda. 
  Jahonda neftga eng boy hudud Fors qo`ltig`i sohillarida joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Faqat ana shu davlatlar yer qa`rida jahon neft zaxiralarining 2/3 qismidan ko`prog`i to`plangan va ular qazib chiqarilayotgan neftning 1/4 qismidan ko`prog`ini bermoqda. Neftni katta miqdorda import qiluvchi mamlakatlar qatoriga AQSH (250 mln.t), Yaponiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari kiradi. 
  Jahonda jami qazib chiqarilayotgan neftning 26% ga yaqini dengiz sayozliklaridan qazib chiqarilmoqda. Shu yo`l bilan neft qazib chiqarayotgan davlatlar soni 50 tadir. Ayrim mintaqa va davlatlarda dengiz neftining hissasi ayniqsa yuqori, jumladan, bu ko`rsatkich G`arbiy Yevropada 90% ni, Lotin Amerikasida 50% dank ko`proqni tashkil qiladi. 
  Gaz sanoatining jahon YEB dagi hissasi 22% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz yoqilg`I turlari orasida ekologik jihatdan eng tozasi hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha bu sanoat tarmog`I asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos edi. So`nggi yillarda gaz sanoatining ahamiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda tabiiy gaz zaxiralari hajmiga ko`ra jahonda Rossiya, Eron, Qatar, Turkmaniston davlatlari yetakchilik qiladi. Gazni qazib chiqarishda esa Rossiya, AQSH, Kanada, Niderlandiya, O`zbekiston davlatlarining ko`rsatkichlari yuqori. Jahonda gazni eksport qilish hajmiga ko`ra Rossiya, Niderlandiya, Kanada, Indoneziya, jazoir, Turkmaniston davlatlari oldinda bormoqda. Umuman, jahonda jami qazib chiqarilayotgan gazning 15% i tashqi bozorga chiqarilmoqda. Gazni import qilishda Germaniya, AQSH, Yaponiya, Fransiya, Italiya davlatlari ajralib turadi. Jami qazib chiqarilayotgangazning 20% ga yaqini dengiz sayozliklaridan olinmoqda va ularning salmog`i tomora oshib bormoqda. 
  Ko`mir sanoati jahon energetikasi tarkibida alohida ahamiyatga ega. Bu tarmoq 60 dan ortiq mamlakatlarda mavjud bo`lib, ko`proq rivojlangan mamlakatlarda katta salmoqga ega. Hozirgi vaqtda qazib chiqarilayotgan ko`mirning asosiy iste`molchisi issiqlik elektr stansiyalaridir. Shu sababli kokslanadigan ko`mirga nisbatan energetic ko`mir qazib chiqarishga ehtiyoj tobora kuchayib bormoqda. E`tiborli tomonlaridan biri shuki, qazib chiqarilayotgan ko`mir, asosan, o`sha davlatlarning o`zida iste`mol qilinadi. So`nggi yillarda qazib chiqarilayotgan ko`mirning atigi 10% i eksportga chiqarilmoqda.

2011-yilda toshko`mir qazib chiqarish bo`yicha jahondagi yetakchi davlatlar


Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t

Davlatlar

Gaz qazib chiqarish, mlrd. mln. t

Xitoy

1400

Avstraliya

300

AQSH

1000

Rossiya

270

Hindiston

320

Germaniya

240

JAR

320

Polsha

200

Jahon bo`yicha

5000

  Jahon ko`mir zahiralarining asosiy qismi Shimoliy yarimsharda – Rossiya, AQSH, Xitoy, Germaniya, Hindiston, Polsha, Qozog`iston hududlarida joylashgan. Janubiy yarimsharda esa bu masalada Avstraliya va JAR yaxshiroq mavqega ega. Ko`mirni eng ko`p qazib chiqarishda Xitoy, AQSH, Avstraliya, Polsha, Germaniya dastlabki o`rinlarni egallaydi. Ular birgallikda jahonda qazib chiqarilayotgan ko`mirning ¾ qismini bermoqda. Ko`mirni import qilishda esa Yaponiya alohida ajralib turadi, u yiliga 110 mln. tonnagacha ko`mir sotib olmoqda. Eksportga chiqarilayotgan ko`mirning 90% I dengiz yo`llari orqali tashilmoqda. Jahon va davlatlar iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri – elektrotexnikadir. FTI davrida, ayniqsa, iqtisodiyotni kompleks elektrlashtirish va avtomatlashtirishning kuchayishi elektrotexnika sanoatining yuqori sur`atlar bilan o`sishiga olib keldi. 
  Elektroenergetika sanoati elektroenergiyani ishlab chiqarish manbalariga ko`ra uch tarmoqqa bo`linadi. Jahonda hozirgi vaqtda taxminan 13,5-14 trln. kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarilmoqda. Uning asosiy qismi AQSH (3600-3800 mlrd. kVt/s), Yaponiya (930-950 mlrd. kVt/s), Xitoy, Rossiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Koreya Respublikasi hissasiga tog`ri keladi (O`zbekistonda 2008-yilda 49 mlrd. kVt/s elektroenergiya ishlab chiqarildi). Elektroenergiyaning 65% ini rivojlangan, 13% ini o`tish iqtisodiyotiga ega va 22% ini rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqaradi. 
  Jami elektroenergiyaning 60% dan ortiq qismi issiqlik elektrstansiyalarida, 20% ga yaqini gidroelektrostansiyalarda va 17% ga yaqini atom elektrostansiyalarida va qolgan qismi geotermal, qalqish, quyosh, shamol elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. 
   Issiqlik elektroenergetikasi (IEE) neft-gaz, ko`mir bemalolroq bo`lgan mamlakatlarda, ayniqsa, ustun rivojlangan. Bu tarmoq elektr stansiyalarining asosiy yoqilg`ilari G`arbiy Yevropa, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Avstraliyada – ko`mir, Shimoliy Karib dengizi, Fors qo`ltig`i bo`ylarida joylashgan mamlakatlarda esa gaz va mazutdir. Tabiati sernam, zaxkash Shimoliy o`rmon mintaqasidagi ayrim mamlakatlarda torf ham muhim yoqilg`i sifatida ishlatiladi. Umuman, elektroenergetikada IEE lar salmog`i eng yuqori bo`lgan davlatlar qatoriga Niderlandiya, JAR, Polsha davlatlari kiradi. Ularda IESlar salmog`i 87-97% ni tashkil qiladi.   
 Gidroelektroenergetika (GEE) sanoatining rivojlanish darajasi hududlarda turlicha kattalikda bo`ladigan gidroenergiya resurslarining qay darajada o`zlashtirilishiga bog`liq. Braziliya, Xitoy, Rossiya, KDR gidroenergiya resurslariga juda boydir. Jahon elektr energetikasida GEE salmog`i 20% bo`lgani holda, bu ko`rsatkich Norvegiya, Braziliya, Tojikiston, Qirg`iziston davlatlarida 90% dan ortadi.
  Atom elektroenergetika (AEE) sanoati ishlan chiqarilayotgan elektrenergiya salmog`iga ko`ra uchinchi tarmoqdir. Hozirgi vaqtda jahonning 33 mamlakati (asosan, rivojlangan davlatlar)da turli quvvatdagi AES (Atom elektr stansiya)lar ishlab turibdi. Fransiya,  Yaponiya, Belgiya, Koreya Respublikasida uning hissasi yuqori. Ularda ishlab chiqarilayotgan elektrenergiyaning 54-72% i AESlarga tog`ri keladi. 
  Elektroenergiya ham mahsulot (tovar) bo`lganligi sababli, u xalqaro doirada oldi-sotdi vositasi bo`lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda elektr energiyasini eksport (Rossiya, Ukraina, Vengriya, Shveysariya, Kanada) va import (Italiya, Niderlandiya, AQSH) qiladigan davlatlar shakllangan.
 Energiya vositalarining hozirgi davrda hayotda kam foydalanib kelinayotgan noan`anaviy energiya manbalari deyiladi.
 Noan`anaviy energiya manbalarining eng istiqbollisi yerning ichki issiqlik yoki geothermal energiyasidir. Yer sharining deyarli barcha hududlari ma`lum darajada yerning ichki issiqlik energiyasiga ega. Ayniqsa, yerning "yosh” tektonik rayonlari bunday resurslarga ancha boy. Iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan va geothermal resurslarga boy mamlakatlarda dastlabki geothermal elektrostansiya (GeoTES) lari AQSH (Kaliforniya), Rossiya (Kamchatka), Yaponiya, Italiya, Xitoy, Meksika, Yangi Zelandiya, Filippin kabi, hammasi bo`lib 20 ga yaqin mamlakatlarda bor. Islandiyada esa yerning ichki energiyasidan uy-joylar, idoralar va issiqxonalarni isitishda keng foydalanilmoqda.
  Noan`anaviy energiya manbalaridan yana biri dengiz suvining qalqish energiyasidan foydalanishdir. Qalqish elektrostansiya (QES) lari Fransiya, AQSH, Kanada, Rossiya va Xitoygina bor. Dengiz to`lqini energiyasi asosida ishlaydigan birinchi elektrostansiya Yaponiyada qurilgan.
  Quyosh energiyasidan foydalanish ham juda katta istiqbollarga ega. Hozirgi vaqtda quyoshli kunlar ko`p bo`ladigan mamlakatlarda, jumladan, AQSH, Yaponiya, Isroil, Kipr kabilarda quyosh (gelio) qurilmalaridan foydalanib, ko`plab uylar, issiqxonalar, ishxonalar isitilmoqda. Hozircha jahonda faqat Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, AQSH, Ukraina davlatlaridagina quyosh elektrostansiyalari qurilgan. O`zbekiston ham shunday qurilmaga ega bo`lgan jahondagi kam sonli mamlakatlardan biri. Undagi quyosh qurilmasi ilmiy tadqiqot ishlariga xizmat qiladi.
  Yana bir noan`anaviy energiya manbayi sjamol quvvatidan foydalanishdir. Qadimdan inson turli ehtiyojlari yo`lida shamoldan foydalanib kelgan. Masalan, yelkanli dengiz kemachiligi, shamol tegirmonlari va boshqalar. FTI davrida undan sanoat yo`li bilan elektr energiyasi hosil qilish va foydalanishga o`tila boshlandi. Bu yo`nalishda AQSH, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Ispaniya, Gretsiya, Kanada kabi rivojlangan mamlakatlarda sezilarli yutuqlar qo`lga kiritilgan.
  Shuningdek, sintetik yoqilg`i turlari ham noan`anaviy energiya manbalaridan hisoblanadi. U ko`mir, yonuvchi slanes, neftli qumlar, hatto, biomassalardan sun`iy ishlov berish asosida olinadi. Ular gaz, uglevodorodli suyuq birikmalar, etil spirit ishlab chiqarish orqali amalgam oshiriladi. Tabiat bunday resurslarga ancha boy va ulardan keng foydalanish kelgusi avlodlar vazifasi bo`lib hisoblanadi.
  Tog`-kon sanoati yer osti boyliklarini qazib chiqarish va ularni dastlabki qayta ishlash (boyitish) tarmoqlarini o`zida birlashtiradi. Ular yoqilg`i metal, noruda mineral boyliklari va qurilish materiallarini qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarga aloqadordir. Jahon xo`jaligi tarmoqlarini mineral xomashyo bilan ta`minlash, asosan, tog`-kon saoatiga bog`liq. Bu sanoat tarmog`i mineral resurslar qazib chiqaruvchi barcha davlatlarda bor. Lekin jahon mineral xomashyolarining 2/3 qismi AQSH, Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Kanada, JAR va boshqa ayrim davlatlar hissasiga to`g`ri keladi.
  Shu bilan birga tog`-kon sanoati mahsulotlarini qazib chiqarish va eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar mavqeyi ham past emas. Turli xil yer osti qazilma boyliklarini qazib chiqarish hajmi Osiyoda Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Saudiya Arabistoni; Afrikada KDR, Zambiya, Marokash, Nigeriya, JAR, Zimabve, Botsvana; Lotin Amerikasida Braziliya, Chili, Meksika, Venesuela kabi mamlakatlarda juda katta.
  Umuman, nomlari, tilga olingan deyarli barcha barcha mamlakatlarda qazib chiqarilayotgan mineral resurslarning o`rtacha 80-90%i dastlabki qayta ishlovdan chiqarilgach, jahon bozorlariga yo`llanmoqda. Ularni xarid qilishda, asosan, rivojlangan mamlakatlarning qo`li baland.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив