loading...

Mamlakatlarda xo`jalikning hududiy tuzilishiga fan-texnika inqilobining ta`siri 

5764

  FTI ning xo'jalikning hududiy tarkibiga bo'lgan ta’siri ishlab chiqarish kuchlarini joylashunsh omillari orqali amalga oshmoqda. Ular quyidagilardan iborat:
  Hudud omili. Hudud jamiyat faoliyati amalga oshiradigan geografik muhitning muhim omillaridan biridir. Hudud qanchalik katta bo‘lsa, u xilma-xil tabiiy resurslarga shuncha boy bo'ladi. Bu esa aholi va ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
 Rossiya, Kanada, AQSH, Xitoy, Avstraliya, Braziliya, Hindiston hududi katta mamlakatlar hisoblanadi. Mazkur mamlakatlar hududi ayrim yirik qismlar: iqtisodiy rayonlar, makroregionlar, regionlarga bo'linadi. Va, aksincha, ko'pchilik kichik mamlakatlarda hududning yetishmasligi katta va murakkab muammoni keltirib chiqarmoqda. Ayrim hollarda xo‘jalikning hududiy tarkibiga uning shakli va boshqa hududiy jihatlari katta ta’sir ko'rsatadi.
  Iqtisodiy-geografik o‘rin omili.Umumiy tarzda iqtisodiy-geografik o‘rin - bu biror-bir joy, shahar, mamlakat yoki regionning rndan tashqarida joylashgan hamda qandaydir iqtisodiy ahamiyat kasb etuvchi tabiiy yoki inson mehnati faoliyati natijasida barpo qilingan obyekt yoki obyektlarga nisbatan munosabatidir. lqtisodiy-geografik o'rin vaqt davomida o'zgarib turuvchi tarixiy kategoriyadir.
  Iqtisodiy-geogralik o‘rin, asosan, umumiy integral munosabat bo'lib, u: a) markaziy, b) ichkanda joylashgan', d) qo'shni hududda joylashgan; e) dengiz sohilida joylashgan o'rinlarga bo'linadi.
  Markaziy iqtisodiy-geografik o'rin odatda, juda ko'p qulayliklar bilan ajralib turadi. Markaziy o'rin davlatlarning poytaxtlari uchun muhim taraqqiyot va samarali boshqarish omili hisoblanadi. Shuning uchun ham ko'pchilik olim va mutaxassislar mamlakatlar va regionlarning geografik markazini aniqlashga intilganlar.
  Biror-bir hududning ichkarisida (chetida) joylashgan obyektning iqtisodiy-geografik o'mi ko'pincha, noqulay deb baholanadi.
 Biror-bir mamlakatning boshqa qo'shni mamlakatga nisbatan aniqlangan iqtisodiy- geografik o'mi barqaror siyosiy vaziyat mavjud bo'lgan sharoitda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonning chuqurlashishi nuqtai nazaridan ijobiy baholanadi. Shunday vaziyat G'arbiy Yevropada mavjud. Lekin Afrika, Lotin Amerikasi, Osiyodagi qator regionlarda qo'shnichilik munosabatlari ko'pincha urush, o'zaro kelishmovchiliklar bilan belgilanmoqda. (Sobiq Yugoslaviya, O'rta va Janubiy Osiyo, Janubi-g'aibiy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Afrika va boshqalar.)
  Dengiz sohilida joylashgan mamlakatlarning iqtisodiy-geografik o’rni deyarli har doim iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning muhim omili hisoblangan (Gretsiya, Italiya, Rim,Venetsiya,Gruziya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va boshqalar). Shuni ta`kidlash lozimki, hozirgi vaqtda dunyoda mavjud barcha yirik va katta shaharlarning 40 foizi dengiz sohilidan 50 kilometigacha cho'zilgan hududda joylashgan.
  Aholisining soni 5 mln. va undan ortiq bo'lgan 26 shahardan faqat beshtasi (Chikago, Parij, Moskva, Mexiko va Dehli) materik ichkarisida, qolgani dengiz sohilida joylashgan.
Iqtisodiy-geografik o'rin - obyektning transport-geografik o'mi, sanoat-geografik o'rni, agrogeografik o'rni, tashqi bozorga nisbatan geografik o'rni va boshqalar asosida aniqlanadi. Iqtisodiy-geografik o'rin uch bosqichda: mikrogeografik o'rin, mezogeografik o'rin, makiogeografik o'rinni aniqlash yo'li bilan baholanadi.
 Tabiiy resurs omili. Industrlashtirish jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy xo'jalik tarmog'i — sanoatning joylashishi tabiiy resurslar, dastawal foydali qazilfnalar geografiyasi tomonidan aniqlangan. Jumladan, og'ir sanoat tarmoqlari toshko'mir va temir rudasi mavjud konlar va havzalarga joylashtinlgan. FTI davrida ushbu xususiyatning ahamiyati ancha pasaydi. Awalambor, bu ilmtalab larmuqldiga taalluqlidir. Lekin undiruvchi sanoat geografiyasida tabiiy resurs omili hozirgi vaqtda ham hal qiluvchi rol o'ynamoqda. Shu yo'nalishda inson oyog'i yetmagan yerlar iiam o'zlashtirilayotganligini aytib o'tish lozim (shimoliy hududlar, dengiz shelfi)
  Transport omili. FTI davrigacha ushbu omil ishlab chiqarishni joylashtirishda ko'pincha hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan. Aloqa yo'llari hamda transport vositalarining takomillashtirilishi transport xarajatlarining keskin kamayishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida yuk va tovarlarni radiusi bir necha ming kilometrga teng masofaga olib borishga, insonning hududiy faolligini oshirishga, ishlab chiqarishni dengiz sohilida barpo etishga, tabiiy resurslami uzoq masofalaiga eksport qilishga, tabiiy sharoiti noqulay bo'lgan yangi yerlami o'zlashtirishga, oqibat natijada ishlab chiqaruvchi rayonlar bilan iste’mol qiluvchi rayonlar o'rtasidagi mavjud hududiy farqlami bartaraf etishga imkon bermoqda.
  Mehnat resurslari omili. Mazkur omil ishlab chiqarishning joylashishiga va uning hududiga har doim ta’sir qilib kelgan va hozirda ham ta’sir ko'rsatmoqda. Ma’lumki, ortiqcha mehnat resurslaririing mavjudligi ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi korxonalami o'ziga tortsa, ularning yetishmasligi yangi korxonalami barpo qilish taklifini rad etuvchi eng muhim omil hisoblanadi. Aytilgan fikr, ayniqsa. mehnatni ko'p talab qiluvchi tarmoqlarga taalluqlidir.
  G'arbiy Yevropadagi ulkan sanoat rayonlari va korxonalarida millionlab xorijiy ishchilar mehnat qilmoqda. Shu vaqtning o'zida millionlab ortiqcha mehnat resurslariga ega Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida rivojlangan davlatlar yordamida mehnatni ko'p talab qiluvchi korxonalar barpo etildi. Shunga qaramasdan dunyoda, ayniqsa, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlarda bir necha o'n millionlab iqtisodiy faol aholi ishsizlar safini tashkil etadi.
  Hududiy konsentratsiyalashish omili. Ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyalash – bu uni ma`lum bir joyda to`planishini, jamlanishini anglatadi. Ishlab chiqarish kuchlarining konsentratsiyalashishi mahsulot tannarxini pasaytirishga, samaradorligini oshirishga hamda fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tez joriy etishga imkon beradi. 
 Hududiy konsentratsiyalashish geografik mehnat taqsimotiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Bu haqda XX asrning boshidayoq nemis olimi A.Veber o`zining mashhur "Sanoat standartining nazariyasiga oid” deb nomlangan kitobida batafsil ma`lumot bergan. 
  FTI davrida hududiy konsentratsiyalashishning harakatlantiruvchi kuchi o`zgardi. U endi, asosan, ixtisoslashish jarayoni bilan bog`liq holda amalgam osha boshladi. Undan tashqari, iqtisodiy-geografik o`rin, axborotlar tizimi konsentratsiyalashishining hududiy shakllari ham o`zgardi. Ilgari bular qatorini sanoat punktlari, markazlari, tugunlari va rayonari tashkil etgan bo`lsa, hozirgi vaqtda yuqoridagilar bilan bir navbatda, sanoat-port majmualari, sanoat parklari va boshqalar vujudga keldi. 
  Sanoat-port majmualari Temza, Reyn, Rona, Dunay, Elba, Oder, Visla daryolarining estuariyalari hamda manbalarida tashkil etildi. Shulardan eng yiriklari qatoriga Rotterdam, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor, Tokio, Iokagama va boshqalar kiradi. Konsentratsiyalashishning "sanoat parki” deb nomlangan shakli FTI bilan uzviy aloqador bo`lib, aslida hududiy dekonsentratsiyalashish jarayoni natijasidir. Sanoat parki – bu hududning korxonalarni joylashtirish uchun mo`ljallangan qulay qismidir. Sanoat parklari rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Sanoat parklari ishlab chiqarishning hududiy konsentratsiyalashuv darajasi o`ta salbiy oqibatlarga olib kelayotgan hududlarda barpo qilinmoqda. Hozirgi vaqtda ana shu xususiyatlar hisobga olingan holda minikorxonalar, mini GESlar va boshqa atrof-muhitga kam zarar ko`rsatuvchi ishlab chiqarish obyektlarini barpo qilishga katta e`tabor qaratilmoqda. 
  Fantalab omili. FTI davrida fan-texnika ishlab chiqarishni joylashtirish jarayonida juda muhim omil bo`lib bormoqda. Avvalambor, bu ilmiy markazlar – katta shaharlar aglomeratsiyalariga hamda ixtisoslashgan "fan” shaharlarga tortiluvchi zamonaviy fantalab tarmoqlarga taalluqlidir. Ba`zi davlatlarda fantalab tarmoqlar kuchli hududiy konsentratsiyalashgan, ba`zi mamlakatlarda esa, aksincha, ular keng geografiyaga ega. Birinchi turdagi davlatlarga Fransiya, Yaponiya, Daniya, Bolgariya, ikkinchi turdagi mamlakatlarga AQSH, Germaniya, Rossiya misol bo`lishi mumkin. FTi davrida fan bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsiya yana ham chuqurlashdi. Buning natijasida fan-sanoat majmualari, texnologik parklar, texnopolislar vujudga keldi. Bunday markazlarda ilmiy ixtiro bilan unga tayangan holda tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan bosqichlarning barchasi qilingan. Bunga AQSHning Kaliforniya shtatidagi Silikon vodiysi yorqin misol bo`lishi mumkin. 
  Ekologik omil. Ilgarigi vaqtlarda ham mavjud bo`lgan bu omil FTI davrida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Suvning yetishmasligi, sanoat chiqindilarini tozalashga ajratilayotgan xarajatlarning o`sib borishi, yuqori darajada industrlashtirilgan va urbanizatsiyalashtirilgan rayonlarda atrof-muhitning yomonlashishi qator hududlarda ishlab chiqarish va aholining yana ham konsentratsiyalashuvini cheklashda muhim sabab bo`lib hisoblanmoqda. Ayrim hollarda atrof-muhitga katta zarar ko`rsatuvchi ishlab chiqarish boshqa rayonlarga ko`chirilmoqda yoki, umuman, ularning faoliyati to`xtatib qo`yilmoqda. 
 Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqt xo`jalikning yuqori darajaga ega bo`lgan hududiy tarkibi shakllandi. Mazkur davlatlar hududlari shularning o`ziga xos karkasni hosil qilluvchi sanoat rayonlari va markazlariga, shaharlar va shaharchalar aglomeratsiyalariga, transport shoxobchalari va tarmoqlariga, texnologik parklarga boy hisoblanadi. Mamlakatlarda uch turdagi iqtisodiy rayonlar tizimi shakllangan. Birinchisi yuqori darajada rivojlangan rayonlar. Ularda sanoatning fantalab tarmoqlari, fan va fanga xizmat ko`rsatish, noishlabchiqarish sohasining rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud bo`lib, yirik firmalarning shtab-kvartiralari joylashgan. Ikkinchisi depressive rayonlar, ularga asosan eski sanoat, dastavval, undiruvchi hamda boshqa og`ir sanoat mavjud hududlar kiradi. Uchinchisi – qoloq agrar rayonlar, ularda sanoat, jumladan, qayta ishlovchi sanoat bo`sh rivojlangan.    

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив