loading...

Jahon xo`jaligining rivojlanishi 

21824

 Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan jahon xo‘jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kafishfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa regionlarini ham qamrab oladi. Regionlar o'rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltiradi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo'jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis shakllanib bo'ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning nvojlanish, ayrim hududlarni qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
  Jahon xo'jaligi iqtisodiy kategonyada, chunki uning to'g'risidagi tushuncha ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo'jalik aloqalarining baynalmilallashishi hamda xalqaro iqtisodiy integratsiyalanishi bilan aloqadordir.
Jahon xo‘jaligi geografik kategoriya bo'lib, u uch yo`nalishda tadqiq etiladi:
1. Jahon xo'jaligining umumiy geografiyasi.
2. Uning tarmoqlar geografiyasi.
3. Yirik regionlar va subregionlar geografiyasi.
 Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishida xalqaro geografik mehnat taqsimotining o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Geogragik mehnat taqsimoti - bu ijtimoiy mehnat taqsimotining hududiy shaklidir. Geografik mehnat taqsimoti miqyosiga ko'ra -rayonlararo va xalqaro mehnat taqsimotiga bo'linadi. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti jahon xo'jaligining harakatlantiruvchi kuchi va negizidr.
  Xalqaro geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarni ma’lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga, shular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashganligini anglatadi.
  Geografik mehnat taqsimotining eng asosiy natijasi - bu xalqaro ixtisoslashuv tarmog'idir. Ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni isnlab chiqarishga va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashganligi ularni o'zining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishni va xizmat ko'rsatishni taklif etishni taqozo qiladi. Shuning oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi, mamlakatning xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beruvchi tarmoqlar shakllanadi.
  Shunday qilib, XIX asrning 2-yarmida keng miqyosda temuryo'llarning barpo qilinishi va dengiz transportining ildam sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni bog'ladi hamda jahon savdosi va jahon xo'jaligining shakllanishini ta’minladi. Lekin jahon xo'jaligining rivojlanishida asosiy rolni XVII-XIX asrlarda G‘arbiy Yevropa va AQSH da barpo etilgan yirik mashinalashgan sanoat o'ynadi. Demak, jahon xo'jaligi XIX asr oxiri va XX asr boshida yirik mashinalashgan sanoat dengiz transporti va jahon bozorining taraqqiyoti natijasida vujudga keldi.
  Jahon xo‘jaligi - bu bir-biri bilan umumjahon iqtisodiy munosabatlari orqali bog‘langan dunyodagi barcha mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining majmuidir.
  Jahon xo'jaligining geografik «modeli» kundan kunga murakkablashib bormoqda. XIX asrning oxirigacha barcha ko'rsatkichlar bo'yicha bir markaz - Yevropa yaqqol ko'zga tashlanar edi. Undan keyin ikkinchi jahon markazi - AQSH vujudga keldi va yetakchi rolni o'ynay boshladi.
  Ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan davrda jahon xo'jaligining yangi markazlari - sobiq Ittifoq va Yaponiya vujudga keldi. Undan keyingi yillarda Xitoy va Hindiston, Kanada, Avstraliya va Braziliya, Janubi-g'arbiy Osiyoning neft qazib oluvchi mamlakatlari singari yangi iqtisodiy markazlar shakllana boshladi. So'nggi chorak asrda jahon xo'jaligida to'rt «Osiyo yo'lbarslari» - Koreya Respublikasi, Tayvan (Rasmiy maqomi noma`lum mamlakat), Gonkong (1997-yil 1-iyul kuni XXRning tarkibiga kirdi) va Singapur sahnaga chiqdi. Mazkur hududiy o'zgarishlar natijasida Osiyo - Tinch okeani mintaqasining jahon xo'jaligidagi salmog'i yana ham oshdi, ahamiyati kuchaydi. Jahon xo'jaligi hozirgi vaqtda ko'p markazli xususiyatga egadir. U bir markazlidan ikki markazliga (Yevropa, AQSH), keyinchalik ko'p markazli xo'jalikka aylandi. Hozirgi vaqtda jahon xo'jaligi tarkibida 10 ta eng muhim markazlarni ajratish mumkin. Bularning ichida Yevropa va Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada) eng katta iqtisodiy salohiyatga ega. Birinchi markazga butun jahon miqyosida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning (YIM) 30,7 foizi, ikkinchi markazga - 28,9 foizi to'g'ri keladi. Undan keyingi o'nnlarni Yaponiya (9,1 foiz), Xitoy, Janubi-sharqiy Osiyo, Braziliya, Janubiy-g'arbiy Osiyo (Fors ko'rfazi sohilidagi mamlakatlar), Rossiya, Avstraliya va Hindiston egallaydi. Dunyo xo'jaligining geograrik modelini hosil qiluvchi yuqoridagi mintaqalar va mamlakatlar bilan bir qatorda boshqa yirik uyushmalarni ajratish mumkin. Shular qatorida «katta sakkizlik» hamda Osiyo - Tinch okeani regioni mamlakatlari alohida o‘rin egallaydi.
  Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu ayrim mamlakatlar guruhlarining ular tomonidan kelishilgan davlatlararo siyosatni o‘tkazishga asoslangan juda chuqur va barqaror o‘zaro aloqalari rivojlanishining obyektiv jarayonidir. Iqtisodiy bloklarning eng asosiylari iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar mavjud bo'lgan G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada vujudga keldi. Shuning uchun ham integratsiyalashgan guruhlarning dastlabki ikkitasi - «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» (YEIH) hamda «Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi» (YEESA) ning aynan Yevropada barpo qilinganligi bejiz emas. Lekin ularning taraqqiyot yo‘li har xil bo'ldi.
  YIH ni barpo etish haqidagi shartnoma 1957- yil Rim shahrida imzolandi va 1958- yilda kuchga kirdi. Dastlab, uning tarkibida 6 mamlakat - GFR, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburg bor edi. Unga 1973-yilda Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, 1982- yilda Gretsiya va 1986- yilda Ispaniya hamda Portugaliya qabul qilindi.
  YESA 1954-yilda Buyuk Britaniya tashabbus bo'yicha YIH ga qarama-qarshi tashkilot sifatida tuzildi. Dastlab, unga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, keyinchalik Islandiya va Finlyandiya qabul qilindi. Lekin, 1973- yilda mazkur tashkilot tarkibini Buyuk Britaniya va Daniya, 1986- yilda esa Portugaliya tark etdi. Shunga qaramasdan uning tarkibidagi mamlakatlar savdo aloqalarini rivojlantirishni davom ettirdilar. YESA da YIH dan farqli o'laroq davlatlarning suveren huquqlari saqlanadi.
  YEIH ga a’zo mamlakatlar 1986-yilda yagona Yevropa aktini qabul qildilar. Unda 1957-yilda «Umumiy bozorni» barpo qilish to'g'risidagi Rim shartnomasining asosiy talablari yana bir bor qo'llab-quvvatlandi hamda 12 mamlakatning yagona bozorga o'tishi bo'yicha yo‘l belgilandi. Keyinchalik YIH «Yevropa hamjamiyati», 1991-yilning dekabr oyidan boshlab esa «Yevropa Ittifoqi» (YI) deb atala boshlandi. Xuddi shu yili Maastrix shahrida (Niderlandiya) «Yevropa o'n ikkiligi», «siyosiy va valuta-moliya Ittifoqi» to'g'risidagi shartnomalar qabul qilindi. Ikkinchi shartnomaga binoan 1998-yilning       1-yanvar kuni Ittifoqning barcha mamlakatlarida yagona valuta - YEVRO muomalaga kiritildi. Hozirgi vaqtda YEVRO bilan AQSH dollari quvvati o'rtasida katta farq kuzatilmayapti, 1995-yilda Avstriya, Shvetsiya, Finlyandiya YI a’zolari bo'ldilar. Uning tarkibiga 1998-2003-yillarda Sharqiy Yevropannig qator mamlakatlari (Polsha, Vengriya, Chexiya va boshqalar) qabul qilindi. Bugungi kunda YI tarkibi 28 davlatdan iborat.
  G'arbiy yarimsharda 1989-yilidan beri AQSH va Kanadada «Erkin savdo» haqidagi Shimoliy Amerika kelishuvi (NAFTA) faoliyat ko'rsatmoqda. NAFTA mamlakatlari yagona valuta barpo qilish, tashqi siyosat hamda xavfsizlik siyosatini o'tkazish bo'yicha maslahatlashmaganlar. Lekin NAFTA YAMD hajmi bo'yicha YI va boshqa tashikilotlardan ustun turadi.
  Yuqorida nomi keltirilgan tashkilotlardan tashqari Yevropa iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti 1967-yildan beri faoliyat ko`rsatib kelmoqda. AQSH, Kanada, G`arbiy Yevropaning ko`pchilik mamlakatlari, Yaponiya, Finlandiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi nufuzli mamlakatlar bu tashkilot a`zolaridir. Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari Assotsiatsiyasi (ASEAN) rivojlanayotgan mamlakatlar asosida tuzilgan hamda integratsiya xususiyatlari chuqur rivojlangan tashkilot hisoblanadi. Uning tarkibida Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Filippin va Bruney kabi mamlakatlar bor. Ushbu tashkilotning yaqin kelajakdagi asosiy maqsadi erkin savdi zonasini tashkil qilishdan iboratdir. 
  1980-1981-yillarda Janubiy Amerikadagi 10 ta davlat ishtirokida Lotin Amerikasini Integratsiyalashtirish Assotsiatsiyasi tuzilgan. Uning asosiy maqsadi umumiy bozorni tashkil qilishdan iboratdir. Tarkibida ikki subregional: And mamlakatlari va La-Plata mamlakatlari guruhlari rasman barpo etildi. Avstraliyaning tashabbusi bilan 1989-yilda Osiyo-Tinch okeani regionida 12 mamlakatni yagona maqsad yo`lida birlashtirgan "Osiyo-Tinch okeanining iqtisodiy kengashi” integratsiya tashkiloti tuzildi. Uning tarkibiga AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, shuningdek, ASEAN a`zolari hamda Koreya Respublikasi, Meksika va keyinchalik Rossiya kirdi.
  Yuqorida qayd etilgan regional tashkilotlar bilan bir qatorda, jahon xo`jaligida juda ko`p tarmoqli iqtisodiy guruhlar mavjud. Shularning ichida 13 mamlakatni o`zida jamlagan "Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti” (OPEK) eng muhim integratsiya guruhi hisoblanadi.
  Keyingi vaqtda fanda iqtisodiyotning uch turi: 1) agrar;  2) industrial;   3) post-industrial turlari mavjudligi haqida ma`lumot berilmoqda. Dunyoda sanoat taraqqiyoti yuz bergan XVII-XIX asrlargacha bo`lgan davrda iqtisodiyotning agrar turi hukmron edi. Keyinchalik sanoat turning ahamiyati osha bordi va bu jarayon hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Shu bilan birga, dunyo miqyosida iqtisodiy faol aholining salkam yarmi band ekanligini sedan chiqarmaslik lozim. Rivojlanayotgan mamlakatlarda mehnat bilan band aholining deyarli 60% i qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив