loading...

Fan va ishlab chiqarish o`zaro ta`sirining asosiy yo`nalishlari 

6941

  Fan va ishlab chiqarish olti muhim yo'nalish bo'yicha bir-biriga ta’sir ko'rsatmoqda.
  Birinchi yo'nalish - kompyuterlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarni kompyuter texnikasi bilan ta’minlash. Kompyuterlashtish natijasida ko'plab ishlab chiqarish jarayonlarining texnologiyasi tubdan o'zgartirilmoqda. U ta’lim, sog'liqni saqlash tizimlariga, insonlar turmushiga tobora chuqurroq va jadalroq kirib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron uskunalarni ishlab chiqarish sanoatning eng muhim ilmtalab tarmoqlarining biriga aylandi. Elektron-hisoblash mashinalarini ishlab chiqarish bo'yicha Yaponiya, Germaniya dunyoda yetakchi mamlakatlardir.
  Ikkinchi yo'nalish — kompleks avtomatlashtirish. Mazkur yo`nalish 50-yillarda, EHM larning barpo qilinishi bilan shakllana boshlagan bo'lsa ham, uning gurkirab rivojlanishi 70-yillarda mikro EHM va mikroprotsessorlarning ixtiro etilishi bilan uzviy bog'langandir. Robot-texnikaning barpo qilinishi avtomatlashtirilgan korxonalar, ishlab chiqarish tizimlarining vujudga kelishiga asos bo'lib xizmat qildi. Robot-texnikaning ham katta miqdori AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiya davlatlariga to'g'ri keladi.
  Uchinchi yo'nalish - energetika xo'jaligining qayta qurilishini nazarda tutib, energiya tejamiga, yoqilg'i-energetika balansini takomillashtirishga, yangi energiya manbalaridan keng foydalanishga asoslanadi Bu yerda asosiy muammo atom energetikasini rivojlantirish bilan bog'langan. Hozirgi vaqtda dunyoda 250 dan ortiq AES lar lshlamoqda. Shularning aksariyat qismi AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya va Ukrainada joylashgan. Keyingi 10-15 yil mobaynida yuz bergan fojiali hodisalar AES larni barpo etish bo'yicha mamlakatlarning dasturlariga salbiy ta’sir ko'rsatdi, ba’zi bir davlatlar esa umuman AES larni qurishni to'xtatib qo'ydi.
  Tо‘rtinсhi yo'nalish - yangi materiallarni ishlab chiqarish. Bugungi ishlab chiqarish eski konstruksion materiallar - qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga ilgarigi davrlargj nisbatan ancha yuqori talablar qo`ymoqda. Natijada yangi kompozitsiyali, yarim o'tkazgichli, sopol mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi hamda XX asr metallari - berilliy, litiy, titan, sirkoniy, germaniy, kobaltdan foydalanish kengaydi.
  Beshinchi yo'nalish — biotexnologiyaning ildam rivojlanishi bilan bog'langan.       70-yillarda vujudga kelgan bu yo'nalish hozirda eng istiqbolli yo'nalishlardan biri hisoblanadi. U AQSH, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va Fransiyada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
  Oltinchi yo'nalish — kosmosni o'zlashtirish.
  Kosmonavtikaning rivojlanishi yana bir eng yangi ilm-fanga talabchan - aerokosmik sanoatning vujudga kelishiga olib keldi. Mazkur tarmoq bilan birga qator yangi mashinalar, asbob-uskunalar, qotishmalar kashf qilindi. Ulardan hozirgi vaqtda boshqa soha va tarmoqlarda ham foydalanilmoqda.
  FTI ning chuqurlashishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining kengaytirilishi hamda murakkablashishi sharoitida ularning samaradorligini oshirishda boshqarish jarayonining o'rni va ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Boshqarish, ya’ni axborotlarni olish, saqlash, uzatish va qayta ishlash fani bo'lib kibernetika hisoblanadi. Kibernetika - grekcha so'z bo'lib, «yo'lboshchi», «yo'l boshqaruvchi» ma’nosini anglatadi.
  Hozirgi vaqtda yangi axborotlashtirilgan sivilizatsiya haqida so'z yuritilmoqda. Axborotlashtirish va boshqarishning rivojlanishi bo'yicha hozirgi vaqtda AQSH tengi yo'q mamlakat hisoblanadi. Yaponiya, Kanada, Shvetsiya, Ispaniya, Avstraliya AQSHdan keyingi o'rinlarda turadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив