loading...

Fan-texnika inqilobi 

10441

  Jahonda bir necha million kishi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlar hisoblanadi. Shularning ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlakatda 3,0 mln.ga yaqin yoki aholining har 10 mingtasiga hisoblaganda 117 kishi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo‘yicha (140 mlrd. dollar atrofida) AQSH dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqining yetakchi mamlakatlarida ITTKIga ajratilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1,5-3,0 foizini tashkil etadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich o‘rtacha 0,4 foizdan oshmaydi. Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o'rtacha rivojlangan mamlakatlarda 110 dollarga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng.
  Hozirgi fan-texnika inqilob, to'rt asosiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan birinchisi, FTI ning keng qamrovliligidir. U jami sohalar va tarmoqlarning, turmush tarzi, madaniyat, insonlar ruhiyatining keskin o'zgarishiga, yangilanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo'lib, kosmik kema va atom elektrostansiyasi, reaktiv samolyot va boshqa juda ko'p turdagi buyumlar xizmat qilishi mumkin. FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta’sir ko'rsatmoqda.
  Ikkinchidan, hozirgi FTI ilmiy-texnikaviy o'zgarishlarining benihoya ildamlashganligi, ilmiy kashfiyotlarni amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog`liq vaqtning keskin qisqarishi, mahsulot va buyumlarning juda tez ma’naviy eskirishi hamda ularni doimiy tarzda yangilanishi bilan ifodalanmoqda.
  Uchinchidan, FTI mehnat resurslari, ishchi kuchining malakasiga bo'lgan talabni keskin ko'tarmoqda. Shuning oqibatida inson faoliyatining barcha sohalarida aqliy mehnat salmog'i oshmoqda, ya’ni mehnatning intellektuallashish darajasi o'smoqda.
  FTI ning to'rtinchi muhim jihati shundan iboratki, u ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy-texnik inqilob tarzida yuzaga keldi. Bu ayniqsa, FTI ning yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish kuchaygan "sovuq urush” davrida yana ham chuqurlashdi. Keyinchalik, 90-yillarda sotsializm tizimining parchalanib ketishi munosabati bilan FTI ko`proq mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qila boshladi. Lekin 90-yillarning so`nggi davrda dunyoning juda ko'p regionlarida olib borilgan urush harakatlari yangi «sovuq urush» xavfini vujudga kelishiga, harbiy xarajatlarning o'sishiga, FTI ning eng zamonaviy yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish jarayonining rivojlanishiga sabab bo'ldi.
  Yirik olim va mutaxassislar FTI ni bir-biri bilan uzviy aloqador to'rt tarkibiy qismlar: 1) ilm-fan, 2) texnika va texnologiya, 3) ishlab chiqarish, 4) boshqaruvdan iborat bo'lgan yagona (yaxlit) murakkab tizim deb tan olmoqdalar.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив