loading...

18-avgust Mars yoʻldoshi – Fobos kashf etilgan kun 

1656

Mars nafaqat astronomlar, balki oddiy odamlar eʼtiborini ham oʻziga jalb qiladigan betakror sayyora. Kim uchundir u ikkinchi Yerga aylanishi kutilayotgan samoviy jism, yana kim uchundir hech qachon etib boʻlmaydigan makon...

Marsning ikkita yoʻldoshi mavjud boʻlib, ularning biri Deymos, ikkinchi Fobos hisoblanadi.
Fobos – bundan 144 yil avval, 1877-yilning 18-avgust kuni amerikalik astronom Asaf Xoll tomonidan kashf etilgan.

• Fobos soʻzi qadimgi yunon tilidan tarjima qilganda “qoʻrquv” degan maʼnoni beradi.

• Deymos va Fobosning kichik oʻlchami hamda notekis shakli ularning bir vaqtlar asteroid boʻlgani va sayyora gravitatsiyasi changaliga tushganini taxmin qilishga imkon beradi.

• Astronomlar Deymos va Fobos oʻz vaqtida yagona hosila boʻlgani va keyinchalik ikkiga ajralgan boʻlishi mumkinligini ham taxmin qilishadi.

• Fobos Marsga har doim bitta tomoni bilan qarab turadi.

• Fobos yoʻldoshining oʻlchami Oydan 158 martaga kichik.

• Yoʻldosh Mars yuzasidan 6006 kilometr uzoqlikda aylanib yuradi. Taqqoslash uchun, Yer va Oy oʻrtasidagi masofa 384 ming kilometrga teng.

• Fobos yoʻldoshidagi eng katta kraterga yoʻldoshni kashf etgan astronom – Xollning rafiqasi sharafiga Stikni deb nom berilgan.

• Fobosdagi Stikni kraterini Marsdan turib ham koʻrish imkoniyati bor.

• Fobos ilk marta 1894-yilda suratga olingan.


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.