loading...

27-mart Xalqaro Nobel mukofoti ta’sis etilgan kun 

2929


1890-yilda mashhur shvetsiyalik sanoatchisi Alfred Nobel "Dunyo ideallarini taqdirlash” mukofotini ta’sis etish niyati borligini ma’lum qilgan. Nobel hayotining so’nggi kunlarida bir qancha vasiyatnomalar tuzgan, ularda Nobel yaqinlariga qoldiradigan merosning miqdorini kamaytirib, Stokgolm fanlar Akademiyasiga taqdim etilishi kerak bo’lgan meros miqdorini oshirib borgan. O’z zamonining eng badavlat insonlaridan biri bo’lgan Nobel "Meros qilib qoldirilgan ko’p miqdordagi boylik naslning intellektual salohiyatining pasayib ketishiga olib keladi”,- deb ta’kidlagan. O’zining so’nggi vasiyatnomasini millioner 1895-yilning 27-martida tuzgan. Uning mazmuni bilan yaqinlari 1897-yilning aprelida, vasiyatnoma ochilgan vaqtda xabar topganlar.  Hujjat mazmuni ularni karaxt holga olib keldi. Nobel yaqinlariga uncha katta bo’lmagan summani qoldirgan, qolgan kapitalini esa beshta teng bo’lakka bo’lingan. Ushbu pullardan keladigan foizlar quyidagilarga ajratilishi kerak bo’lgan: 1900-yilning 20-mayida Shvetsiya qiroli tomonidan fondning ustavi o’rnatilgan. Pullar foyda keltiruvchi tashkilotlarga maqsadli qarz va davlat obligatsiyasi ko’rinishda berilgan. Ulardan kelib tushadigan foizlar Nobel mukofoti nomzodlariga har yilgi mukofot pulini berish imkonini yaratadi. Taqdirlash marosimi 10-dekabr — Alfred Nobelning vafot etgan kuni o’tkaziladi. Dunyo bo’ylab tarqalgan fakt, matematika o’qituvchilariga mukofotning berilmasligining sababi Nobelning shaxsiy hayoti bilan hech qanday bog’liqlik jihati yo’q. Nobel mukofot aniq sohani rivojlantiruvchi va hayotni yengillashtiruvchi ixtirolarga berilishi kerak deb hisoblagan. Matematika esa abstrakt ilm sifatida chetda qolgan. 

27-mart Xalqaro teatr kuni
Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy  jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi. 27 mart - Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli. Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o‘tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko‘pchilik bo‘lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga ko‘rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe’l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o‘ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo‘rttirib aks ettiriladi.Teatr san’atining turlari ko‘p. Bular – drama teatri, opera, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar teatri, qo‘g‘irchoq teatri, radio teatr, televizion teatr, estrada teatri, maydon teatridir Asosiylari: drama, tragediya, komediya. Ammo teatr yo‘nalishi, turiga bog‘liq holda ular ko‘payib ketadi. Chunonchi, fars, buffonada, tragikomediya, xronika, myuzikl, tarixiy drama, ertak-pyesa, folklor-etnografik tomosha, sahnaviy hazil kabi janrlar bor.Teatr juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatdagi mehnat va dunyoqarashlar bilan bog‘liq marosimlar va o‘yinlardayoq teatrning boshqa bir qiyofani gavdalantirish, taqlid qilish, niqob, «ezgu» va «yovuz» kuchlarning o‘zaro tortishuvini ko‘rsatish, dialog kabi unsurlari paydo bo‘lib, mukammallashib borgan. Teatrning sof tomosha shaklida ko‘rinishi dastlab qadimgi Sharqda yuz bergan. Hindiston, O‘rta Osiyo, Xitoy, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Birma, Vyetnamda teatr tomoshalarining xilma-xil shakllari yaratilgan. Teatr miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda paydo bo‘lgan. Yunon teatri davlat tomonidan uyushtiriladigan bayramlarda ko‘rsatilgan.Shundan boshlab teatr san’ati juda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Dramaturgiya, aktyor ijrochiligi rivojlanib borgan. Rejissyorlik paydo bo‘lgan. Usti ochiq maydon teatrlari o‘rnini usti yopiq teatr binolari egallagan. Sahnaning ko‘rinishi, texnikasi o‘zgarib borgan. Ijrochilik, sahnalashtirish uslublari yangilanib turgan.O‘zbek teatri ham uzoq tarixga ega bo‘lib, uning dastlabki ko‘rinishlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqa­ldi. Miloddan avvalgi VI-VII asrlarda ajdodlarimiz zardushtiylik (otashparastlik) bilan bog‘liq holda o‘ziga xos teatr yaratganlar. Miloddan avvalgi 5-asrda Oyxonim, Shahri G‘ulg‘ula, Nusay shaharlarida yunon shaklidagi maxsus teatr binolari qurilgan va ularda qadimgi yunon dramaturgi Yevripid tragediyalari o‘ynalgan. Kushon davlatida Budda dini bilan bog‘liq bo‘lgan turli teatrlashgan tomoshalar rasm bo‘lgan. Mahalliy teatr, ayniqsa, V-VII asrlarda yaxshi rivojlangan. Yurtimizdan chiqqan chol­g‘uchilar, o‘yin­chilar, raq­qosalar, xonandalar Buyuk Ipak yo‘li orqali qo‘shni yurtlarga safar qiladilar. Xitoy yilnomalarining ko‘r­sa­tishicha, san’at­korlarimiz shahanshoh saroyida mus­tahkam o‘r­na­sha­dilar.Teatr san’ati, bir muncha boshqa shakllarda bo‘lsa-da, musulmonlik davrida ham yashab kelgan. Xususan, 9-12 hamda XIV-XV asrlarda Movarounnahr, Xorazm va Farg‘ona o‘lkalarida san’at, shu jumladan teatr san’ati o‘ziga xos shakllarda taraqqiy etdi. Qissaxonlar, voizlar, maddohlarning ma’rakalari, masxara, taqlidchi, zariflarning chiqishlari aholi madaniy hayotida muhim o‘rin tutgan. Ayniqsa, Amir Temur, Temuriylar davrida tomosha san’atlari, har xil bayramlar keng rasm bo‘lgan. Teatrning uch turi yaxshi shakllangan: hikoya teatri (qissa­xonlik, voizlik, maddohlik); kulgu teatri (mas­xara, taqlid, zarofat); qo‘g‘irchoq teatri (chodir jamol, chodir xayol, fonus xayol). Samarqand, Shahrisabz va Hirotda o‘tkazilgan bayramlarda qadimiy niqoblar bilan o‘ynaladigan tomoshalar ham tiklangan.16-asrdan Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari vujudga kelgach, tomosha san’atida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Bir-biridan farq qiluvchi Buxoro masxarabozligi, Xorazm masxarabozligi, Farg‘ona qiziqchiligi maydonga keldi. Fanda bular an’anaviy o‘zbek teatri, deb nom olgan.An’anaviy teatrning shakllari, namunalari butun 20-asr davomida yashab, bizning davrimizgacha yetib kelgan. Shu kunlarda ham o‘z uyushmalariga ega bo‘lgan yohud yakka holda ijod qiluvchi bir qator iste’dodli qiziqchilar bo‘lib, ular ma’lum darajada qa­dimgi teatr an’a­na­larini davom ettirib kel­moq­dalar.

27-mart Buyuk Britaniyada tilshunoslik bayrami
2000-yil 27-martdan boshlab har yili Evropa tilshunos  bayrami nishonlanadi. Bundan maqsad tillarning rang – barangligi, ta'lim berishni va o'rgatishni rivojlantirishdir. Darhaqiqat hozirda kamida bitta xorijiy tilni biluvchi odamlar kundan kunga oshib bormoqda. Chet tillarni bilish qobiliyati anchadan buyon o'rganib kelinmoqda. Ba'zi insonlar o'z ona tilini bilish qiyin bo'lsa, boshqalar esa bir nechta xorijiy tilni osongina o'rganishadi. Bu mehnat samarasiligi yoki qobiliyatdir. XXI asrda YUNESKO tomonidan "Butun umr tillarni o'rganamiz” shiori qabul qilingan. Yevropa institutlarida rasman ingliz, bolgar, venger, nemis, fransuz va boshqa tillarda ta'lim olib boriladi. Yevropa ittifoqi tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar barcha rasmiy tillarga tarjima qilinadi. Har bir Yevropa fuqarosi Yevropa ittifoqi tashkilotlariga qilgan murojatlariga javobni rasmiy tillarning birida olish huquqiga ega. Evropa ittifoqidagi tillarning teng huquqliligiga qaramasdan, ko'pincha ingliz, fransuz va nemis tillaridan foydalaniladi. Yevropa tilshunos bayramida turli konferensiya, seminarlar, ma'ruzalar va ta'lim muassalarida ochiq darslar, konsertlar, ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash