30-mart Fransiyada Dunyo go’zali bayrami
XX asr kosmetologiya sohasida inqilobiy asr bo’ldi. Fransiya Parijda estetika va kosmetologiya qo’mitasi tashabbusi bilan Dunyo go’zaligi bayrami joriy etilib, bu kun har yili 30-mart kuni nishonlanadi. Ushbu qo’mitaning bosh qo’mitasi 1956-yil Parijda tashkil topgan bo’lib, shu kundan e'tiboran dunyo bo’ylab minglab shifokrolar ko’plab davlatlarda tashkil etilgan 33 ta bo’linmada shakllangan. 1995-yildan dunyoda eng chiroyli, estetik va yoqimli barcha narsa alohida olqishlangan. Shu sababli 30-mart kuni ko’plab shahar va mamlakatlarda go’zallik konkurslari o’tkazib kelinadi. Tarixda ilk go’zallik tanlovi 1888-yil martda Belgiyada o’tkazilgan, birinchi "Dunyo Go’zali” tanlovi esa 1951-yil aprel oyida Londonda o’tkazilgan.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.