loading...

21-dekabr Yaldo kechasi va qishki chilla 

6810

21-dekabrdan 22-dekabrga o'tar kechasi eng qisqa kun va eng uzun tun (17 soat) sodir bo'ladi. Qishning bu eng uzun va qorong'i kechasi Yaldo kechasi deyiladi. Elshunos olim Bilol Aminov yozishicha, Yaldo kechalarini kishilar zoriqib kutishgan. Qish kezlari hafta sayin gap-gashtak deyilgan, davraga to'plaganlar shirin suhbatlar qurishgan, sandal atrofida jam bo'lib palov yoki norin tanovul qilishgan. Yaldo kechalarida gap-gashtak o'tkazilgan xonadon sohiblari mehmonlarni to'kin dasturxon tuzab, kutib olishgan. Qo'y so'yilib, tandir nonlar yopilgan. Qishga asralgan qovun-tarvuzlar, uzum-anorlar omborlardan olib chiqilib, dasturxonga peshma-pesh tortib turilgan. Bu kechalarda birovni ig'vo qilish, g'iybat, gina-kudratga mutlaqo yo'l qo'yilmagan. Ahilu-inoq ulfatlar kecha davomida birovni qizini turmushga berish, oralaridagi qiynalib qolgan oilalariga yordam qilish, to'y va ma'rakalarni o'tkazish kabilar haqida maslahatlashishgan. Yaldo kechalarida keksalar alohida, yoshlar alohida yoki oila-oila bo'lishib, suhbat qilishgan. Xotin-qizlar ham o'z tengqurlari bilan ko'ngil ochishgan. Ular g'azalxonlik qilishgan, bahri-bayt aytishib, mushoiralar o'tkazishgan, raqs tushishgan, qo'shiqlar xirgoyi qilishgan, dutor-doira chalib, o'yin-kulguni qizitishgan. Mahalla choyxonalarida ham Yaldo kechasi o'tkazilib, gap-to'kma tashkil etilgan. Bunday gap-to'kmalarga sayyohlar, boshqa yurtidan kelgan musofirlar, olimu fozillar, shoiru qalandarlar qatnashgan. Kishilar ularning suhbatlaridan dunyoda ro'y berayotgan yangiliklarni bilib olishgan. Xalq ashulachilari "Gulyoraxon-gulyora” kabi qo'shiqlarni aytib, o'yinga tushishgan. Yaldo kechasi eng uzoq tun bo'lgani uchun sevishganlar kechasi ham deyilgan. Yaldo kechasi sharq she'riyatida ham alohida ta'kidlagan. Bu kecha oshiqlar o'z yorlariga sovg'a-salomlar, shirinliklar hadiya etishgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash