loading...

25-yanvar O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan kun 

2109

O‘zbekiston Respublikasi 2006-yil 25-yanvardan Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga rasman a’zo bo‘ldi. Tashkilotning asosiy maqsadlari: davlatlararo integratsiyaning eng yuqori darajasini ta’minlangan holda o‘zaro savdo-sotiqda bosqichma-bosqich ta'rif va notarif to‘siqlarni bekor qilish yo‘li bilan erkin savdo zonalarini; transport xizmatlari umumiy bozorini va yagona transport sistemasini; umumiy energetika bozorini; yagona bojxona ittifoqini; ishlab chiqarish omillarining erkin bozorni va uyg‘unlashgan iqtisodiy siyosat amal qiladigan iqtisodiy va valyuta ittifoqini barpo etish va boshqalar.

25-yanvar- Rossiyada "Talabalar kuni” bayrami.
25-yanvar- Rossiyada  talabalar kuni, talaba o‘quv jarayonidan dam olishdek imkoniyatni hech qachon qo‘ldan chiqarmaydi. Rossiyada 25-yanvarda nishonlanadigan Talabalar kunini bilmaydigan va uni nishonlamaydigan talaba bo‘lmasa kerak. Rossiya Prezidentining 2005-yil 25-yanvardagi farmoniga ko‘ra "Тalabalar kuni”ni rasman rossiyalik talabalarning "kasb” bayrami sifatida joriy etildi. Avvallari bu kun Moskva universitetining tashkil etilishi kuni edi. Boshida bu bayram faqatgina Moskvada va juda dabdabali nishonlanar edi. Bu bayramning bo‘lib o‘tishiga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, talabalar bayramini har yili nishonlanishi Moskva uchun haqiqiy  hodisa  edi. Bayram ikki qismdan iborat edi: Moskva universitetida bo‘lib o‘tadigan oz davom etadigan tantanali marosim va butun poytaxt ishtirokidagi xalq sayllari. XVIII-XIX asrlarda bu bayram universitetniki bo‘lgan, keyinchalik esa o‘quv yilining yakunlanishi, talabalar turli mukofotlar bilan taqdirlanishlar munosabati bilan o‘tkaziladigan kechalar qo‘shilgani uchun talabalarnikiga aylangan. Shuningdek, bu bayram talabalarning ta’tillari boshlanishiga to‘g‘ri kelgani uchun, aynan shu kun talabalar o‘rtasida juda quvnoq  nishonlanadi.Bayram nishonlanishining tarixiy ildizlari juda qadim bo‘lishiga qaramay, hozirgi XXI asrda ham uning nishonlanishi saqlanib qolgan.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash