29-mart eng taniqli “Coca-Cola” ichimligining retsepti yaratilgan kun
1886-yil 29-mart oyida Atlantada polkovnik Djon Pemperton, ma'lumoti bo’yicha farmatsevt, bosh og’rig’idan bir chora topish uchun izlanishlar olib boradi. Shu maqsadda karamel rangli sharbat tayyorladi. Sharbat tayyorlashda koka barglarini qaynatmasi, shakar va kofein ishlatadi. Sirop shirin va quyuq bo’lib, tetiklik xususiyatiga ega bo’ldi. Pemberton kashfiyotining mazasidan zavqlanib o’z mahsulotini "Djeykobs” dorixonalarida 1 stakani 5 sentdan sota boshladi. Keyinchalik sharbatga gazli suv qo’shildi. Taxminan, shu paytdan sharbat "Koka-Kola” deb nomlandi. Sharbat nomi va yozuvini Djon Pembertonning do’sti va sherigi Frenk Robinson o’ylab topdi. Pemberton o’limidan so’ng muvaffaqiyatli biznesmen Aza Kendler "Koka-Kola” retseptini uning bevasidan 2300 dollarga sotib oladi. Ichimlik metall idishda chiqa boshlanadi. 10 yil mobaynida "shifobaxsh ichimlik” hisoblandi.
1893-yil 31-yanvar kuni Amerika Qo’shma Shtatlarda "Koka-Kola” tovar belgisini oldi va rasmiy ravishda qayd etildi. Aynan shu 1893-yilda Nyu-Bernlik yosh farmatsevt Kaleb Bredxem gazli suv, shakar, vanil, noyob yog’lar va kola yong’oklaridan foydalanib farmatsevtik aralashma ustida tajribalar o’tkazadi. Bu "Bred ichimligi” aptekalarda quvvatlantiruvchi, quvnoqlantiruvchi va ovqatni hazm qiluvchi sharbat sifatida sotildi. Besh yildan so’ng ichimlikga (pepsin - hazm qildiruvchi ferment va kola yong’oqlari qo’shilganligi uchun) "Pepsi-Kola”nomi berildi. 1902-yili Kaleb Bredxem "Pepsi-Kola kompani” kompaniyasini tashkil etadi. Mana bir asrdan beri ikki taniqli «Koka-Kola» va «Pepsi-Kola» dunyodagi eng ommalashgan ichimlik nomini olish uchun bellashmoqdalar.
29-mart -1410 — Gilyom II Sardina yerlarini Aragon qiroliga sotdi.
29-mart -1638 — Shvetsiya tashkil topdi.
29-mart -1807 — fazogir Olbres Vesta asteroidini kashf qildi.
29-mart -1848 — Niagara sharsharasi 30 soatga muzlab qoldi.
29-mart -1864 — Buyuk Britaniya Ion orollarini Gretsiyaga berdi.
29-mart -1891 — Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
29-mart -1974 — Sin Shixuandi armiyasi qoldiqlari topildi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.