loading...

22-mart Jahon suv resurslari kuni 

8710

   1394-yil 22-martda Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug`bek tavallud topgan.


22-mart Jahon suv resurslari kuni

 Jahon hamjamiyatining e’tiborini suv masalalariga, toza ichimlik suviga talabning muhimligi, shuningdek, toza ichimlik suvidan barqaror foydalanish uslublarini targ’ibot qilish masalalariga jalb etish maqsadida BMT ning Atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha konferensiyasining (Rio-de-Janeyro shahri, 1992-yil) qaroriga muvofiq, har yili 22-mart - Butunjahon Suv resurslari kuni sifatida nishonlab kelinadi.


 BMT Bosh assambleyasi 2005-2015-yillarni "Hayot uchun suv” shiori ostida xalqaro harakatlar o‘n yilligi deb e’lon qilgan edi. Hozirda Yer aholisi yetti milliard odamni tashkil qilmoqda. 2050-yilga kelib sayyoramiz aholisining soni yana ikki milliardga ortadi. Mutaxassislar XXI  asrning o‘rtasiga kelib chuchuk suv tanqisligi insoniyatning eng muhim muammolaridan biriga aylanishini qayd etmoqdalar.


 BMT prognozlariga ko‘ra 2025-yilga kelib Yer aholisining yarmidan ko‘pi yoki suv yetishmasligidan yoki suv toshqinlari tufayli uning ko‘payishidan aziyat chekadi. 2050-yilda chuchuk suvning potensial tanqisligi yiligi 2 milliard kubometr deb baholanmoqda.


 22-mart – bu insoniyatga atrof-muhit va jamiyat rivojlanishi uchun suv resurslarining o‘ta muhimligini eslatish uchun noyob imkoniyatdir. Amaliy harakatlar bu boradagi muammolarni va ularning yechimlarini tushunishni chuqurlashtirishga yordam berishi mumkin. Ijobiy natijalarga erishish uchun umumiy mavzu doirasida so‘zlarni majburiyatlar va harakatlarga aylantirish zarur.


 Suv sayyoramizdagi qimmatbaho tabiiy resurslardan biridir, shuning uchun uni asrash zarur. Biz hammamiz suv resurslari cheksiz emasligini, hayotimiz va salomatligimiz uning miqdori va sifatiga bog‘liqligini yodda tutishimiz kerak. Daryolar, ko‘llar, umuman suvning ma’naviy ahamiyati ham katta.


 Tarix mobaynida insoniyat suv bilan va suv uchun kurashgan. Toza suv – odamzodning jiddiy muammosi. Shuning uchun Suv kunini nishonlab turib, buni yodda tutishimiz va suv resurslarimizni tejashimiz kerak.


 Ushbu kunni o‘tkazishdan maqsad – jamoatchilikni suv bilan bog‘liq muammolarning muhimligi  va ulardan samarali foydalanish zaruriyati to‘g‘risidagi xabardorliklarini oshirish. Suv hayot asosini tashkil etib, inson salomatligi,qishloq va kommunal xo‘jalik, sanoat, gidroenergetika va atrof muhitni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega, biroq shu bilan birga suvda ifloslantiruvchi moddalar bo‘lib, u kasallik manbaiga aylanishi mumkin. Har yili millionlab odamlar suv orqali o‘tadigan kasalliklarga chalinadilar.


 Jahon suv resurslari kunini nishonlab, biz yana bir bor toza suv bu hayot ekanini, bizning hayotimiz resurslarimiz sifatini qanday saqlashimizga bog‘liqligini e’tirof etamiz.


22-mart Xalqaro gullar bayrami
Har yili O'zbekistonda 22-mart gul bayrami, yani, bahor faslida gulga bag'ishlangan sayillar bo'lib o'tadi. Bu bayram tog' bag'rida, qir-adirlarda, bog'larda o'tkazilgan. Gul bayrami dunyoda keng tarqalgan an'analardan biridir. Ko'pgina mamlakatlarda gullarga bag'ishlangan, jumladan Gresiyada sunbul, Yaponiyada xrizantema, Fransiyada marvaridgul, Hindistonda atirgullarga bag'ishlangan maxsus bayramlar mavjud. Har yili ko'klamda oila a'zolari va yor-birodarlarning lolazorlarga sayil qilishi, lola terib, xursandchilik qilish maqsadida o'tkaziladigan dam olish odatga kirgan. Bu sayillar «qizil gul sayli», «lola sayli», «sumbula sayli», «boychechak», Samarqandda mevali daraxtlar, jumladan behi gullaganda — «behi guli sayli» («sayl guli behi»), Zarafshon vodiysida «boychechak gulgardoni», Buxoroda gullar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda — «Gulgardoni bulbulxon» («Bulbul qo'shig'i») singari nomlar bilan mashhur bo'lgan. Gul va chechaklar avji ochilgan chog'da istirohat bog'larida tashkil etiladigan eng yaxshi gul namunalari ko'rigi. Bunday ko'riklarni respublikamizning Toshkent, Namangan va boshqa shaharlarida har yil o'tkazish an'anaga aylangan. Bu gul bayramida davlat gulchilik xo'jaliklarida yetishtirilgan hamda xususiy gulchilar yetishtirgan gul navlari namunalari namoyish qilinadi. G'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

22-mart Gollandiyaning Vogelenzang shahrida golland lolalari bog'i ochilgan kun 

Gollandiyaning Vogelenzang shahrida 20-mart kunidan golland lolalari bog'i ochiladi. Ikki oy mobaynida ochiq osmon va pavilonlarida lolalarning mingdan ortiq turlari namoyish etiladi. Lolalar muzeyi ham tashkil qilingan, ularni parvarishlash va ko'paytirish sirlari o'rgatiladi. Park maydonida bir necha do'konlardan esa lola piyozlarini harid qilish mumkin. Lolalar saltanatini tomoshasidan so'ng, Gollandiyadan ketmasdan, Keykenxofdagi bahor bog'ini ham sayr qilish mumkin. Bu bog' 22-martdan may oyini ohirigacha ochiq bo'ladi. Ushbu oylarda Keykenxof bog'i –dunyo bo'yicha eng ko'p qatnovli joy hisoblanadi. Bog' bir necha maydonchalarga bo'lingan. "Tabiat bog'i”da floristlar dunyodagi barcha gullarni yeg'ishgan. "Musiqiy bog'” va "Tariхiy bog'”lar o'rta asr bog'lari uslubida barpo etilgan. "Yapon bog'i” esa ming orol Mamlakatidan bir shingil. Har yili Keykenxof bog'bonlari bir mavzu tanlab, bezatuvchilar uchun asosiy bo'ladi. Bu yil shved botanik-olimi, klassifikasiya asoschisi Karl Linney tavalludining 300 yilligiga bag'ishlangan va shved floristlariga bog'ning katta qismi ajratilgan. Bolalar uchun bu yili Astrid Lindgren asarlaridan spektakllar va konkurslar tashkillashtiriladi. Kichkintoylar Malish va Karlson, Rasmus kiyimlarini kiyib, postanovkalarda qatnashadilar, tomosha so'ngida floristlar yordamida bahor gullaridan katta, 16ga11metrli Peppi Dlinniy chulok portreti tuziladi.


22-mart Xalqaro taksistlar kuni
22-mart kuni butun dunyo taksichilari o‘z kasb bayrami - Xalqaro taksichilar kunini nishonlaydilar. Aynan shu kuni 1907-yili London ko‘chalarida maxsus schyotchiklar bilan ta'minlangan birinchi mashinalar paydo bo‘ldi. Londonlik izvoshchilar  schyotchikni "taksimetr” deb nomlashdi, -"taks”- fransuz so‘zidan " kira”,  "Haq”, va "metron” grek so‘zidan -"o‘lchash”. Shu paytdan xususiy shahar transporti taksi, izvoshchilar esa  - taksistlar deb nomlandi.Ilk london taksi avtomobillari yashil va qizil rangda bo‘ldi. Hertz Corporation kompaniyaning asoschisi  Djon Xerts (John Hertz), ihtiyoriga ko‘ra taksilar an'anaviy sariq rangli  bo‘ldilar. Yangi mashinalar to‘loviga olingan tutilgan  mashinalarni  sariq rangga bo‘yab, taksilarda ishlatilgan.  Ko‘chalarda yorqin mashinalar uzoqdan osongina  ko‘rinilgan, keyinchalik boshqa kompaniyalar ham avtomobillarni sariq rangga bo‘yadilar  va butun dunyo bo‘yicha  taksilarning sariq rangi qoidaga  aylandi. Taksilarni tanitadigan  yana bir belgisi - shashkalar ko‘rinishidagi   naqshidir.   Tahminiy fikrga ko‘ra, belgi, poyga ramzidan olingan bo‘lib,    amerika kompaniyalarining  mashinalarida  o‘tgan asrning 20 yillarida   paydo bo‘ldi. Poyga ramzi bo‘lgan belgi taksilarni tezligi xaqida mijozlar  diqqatini tortgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash