31-may Butun jahon tamakiga qarshi kurash kuni
31-may kuni butun jahon sigaretdan vos kechish aksiyasining ishtirokchisi bo’ladi. Butun jahon tamakisiz kun - 1988-yilda butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining tashabbusi bilan qabul qilingan. Sayyoramizning 50% erkaklari chekadi, chekadigan ayollar esa biroz kamroqhamma ayollarning to’rtdan birini tashkil qiladi. Chekish ham kasallik turiga kirib, aroqxo’rlik va narkomaniya bilan bir qatorda turadi. Agar bir tomchi nikotin otni nobud qilsa, inson o’limiga esa 50-100 milligramm tamaki yetarli hisoblanadi. Agar inson har kuni 20-25 donadan sigaret cheka boshlasa, 30 yildan so’ng uning o’pkasidan yarim sent tabaka o’tgan bo’ladi. Infarkt miokard va rak kasalliklarini Britaniya olimlari chekish bilan bog’likligini isbotlab berdilar. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga qaraganda SPID va narkotikdan nobud bo’lganlarga qaraganda chekishdan o’lganlarning soni ko’proqdir. Balki chekishdan vos kechishning payti kelgandir? Olimlar nikotinga qarashi kurashgan 30-35 yoshli insonlar, oddiy chekmasdan yashayotgan insonlarni hayoti bilan bir xil bo’ladi deb ta'kidlaydilar.
Angliyadagi Big Ben minora soati ishga tushirilgan kun
Aniqlik-qirollarning xushmumalaligi. Aynan bu ifoda to’g’ridan-to’g’ri o’z ifodasini topgan. Shahardagi yuzdan ortiq siferblatlardan ko’ra Big Ben minorasidagi soat aniq vaqtni ko’rsatib, u Vestminster saroyi arxitektura kompleksining bir qismi hisoblanadi. Arxitektor Ch. Beri va mexanik B.Valyami bu minoradagi soatni qurishni boshladilar. Bu soat dunyoda xajmi bo’yicha eng katta va aniq vaqtni ko’rsatadigan, jaranglashi bo’yicha butun shaharga yeshitilishi kerak edi. Minora 1858-yilda ishga tushirildi, minoraning soati esa 31-may 1859-yildan yuritildi. Minoraning ichida balandligi 2 metrli, diametri 3 metrli, og’irligi 13 tonnalik qo’ng’iroq o’rnatildi. Minoraning uzunligi 96,3 metrni tashkil etadi. Big Benni sifrblati 4 tomonga qaratilgan.U Birmingem opalidan qilingan bo’lib, har birining diametri 7 m. dan iborat. Siferblatlarning negizida lotin yozuvida "Bizning qirolicha Viktoriya 1ni o’z panohingda asra” degan yozuv bor. Big Ben tarixda faqatgina vaqtning ramzi bo’lib qolmasdan, balki Buyukbritaniyaning taniqli timsollaridan biri bo’lib qoldi.
Italiyaning Sardiniya orollari poytaxti Sassarida
Har yili mayning oxirgisidan avvalgi yakshanbasida Italiyaning Sardiniya orollari poytaxti Sassarida Kavalkata sarda bayrami o’tadi - bir to’da otliq sayl qilib yurish. Bu tomoshabop tadbir italiya sayyohlik biznesining bosh kozirlaridan biri hisoblanadi. Hashamatli yasatilgan ko’chalar, yorqin bayram kostyumlaridagi sardiniyaliklar va mohirona bezatilgan otlarni tomosha qilish uchun na faqat butun Italiyadan, balki chegara ortidan ham sayyohlar keladilar. Shu bilan birga Kavalkata sarda o’tkazish Italiyada eng yosh an'analardan birihisoblanadi: bu tadbir bor yo’g’i 50 yil avval, 1951-yildan beri doimiy ravishda o’tkazilyapti. Erta tongdan boshlab Sassari ko’chalarning bo’yiga otliq va piyoda bayram qatnashchilar saf tortishadi. Bayramda Sardiniyaning har xil mintaqalarning barcha o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishish mumkin. Kavalkata dasturiga turli xil tomoshalar kiradi, xalq ijodi konsertlari, qo’shiqlar va raqslar ijrosi. Qatnashchilarining saflari quvnoq musiqa ostida bayram o’tkaziladigan joyga kelishadi, qaysiki shahar hokimiyati har yili boshqa joylarni tanlaydi: sport markazi, otchopar maydoni, Sassari markaziy maydoni. Birinchi marta Sassari hokimiyati Kavalkatani 1899-yilda Sardiniyaga Italiya qiroli Umberto I va uning xotini Margaritya Savoyskaya tashrifi sharafiga o’tkazdi. 3 ming kishi ishtirok etgan bayram davlat boshlig’iga yoqib qoldi, va qirolning keyingi kelishiga, faqat endi boshqasining Viktor-Emmanuel III ning Kavalkataga tashrifi sharafiga qayta o’tkazishdi. Keyin orollarga kelayotgan hamma baland mehmonlarni shu tariqa kutib olishga qaror qilindi, 1951-yildan boshlab Kavalkata sarda har yili nishonlanadigan xalq tomoshasiga aylandi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.