loading...

9-oktyabr Butunjahon pochta kuni 

2249

9-oktabr. Ushbu kunda... 
Xalqaro pochta ittifoqi ta`sis etilgan kun.
Ararat cho`qqisi ilk bor zabt etilgan kun.
Uganda Respublikasida mustaqillik kuni

9-oktabr Butunjahon pochta kuni
9 oktabr - Butunjahon pochta kuni- Birlashgan Millatlar tashkiloti sistemasida nishonlanadigan xalqaro kunlardan biri hisoblanadi. Har yili 9-oktyabrda, Butunjahon pochta ittifoqining 14 kongressi qaroriga muvofiq, 1874-yil ittifoqning tashkil topgan kunida o’tkaziladi. Bu kun Xalqaro pochta kuni deb, 1969-yilda Tokioda bo’lib o’tgan Xalqaro pochtachilar ittifoqi Kongressi tomonidan e'lon qilingan. 1874-yil 9-oktabrda Bern (Shveysariya)da 22 davlat vakillari, shuningdek Rossiya tomonidan Bern shartnomasi imzolangan. 1878-yilda ittifoqining nomi  Butunjahon pochta ittifoqi deb o’zgartirildi. Bugungi kunga kelib Butunjahon pochta ittifoqi o’zining ichiga 192 ta mamlakatni qamrab olgan. Butun dunyoda 9-oktabrdan boshlab, Xalqaro xatlar haftaligi boshlanadi. Butunjahon pochta ittifoqining ma'lumotiga ko’ra, xalqaro pochta 6800 tilda muloqot olib boradi va pochtani yetkazib berish borasida eng uzun tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq tovarlarni samarali va tejamli yetkazilishini ta'minlash, fikr almashinishini  uchun mo’ljallangandir. Pochta do’stlar orasida uzoq masofalarda shaxsiy fikr almashinishiga yordam beradi. Shuningdek, pochta turli masshtabdagi firmalarga mijoz topishga va ularning ehtiyojlariga mos ravishda ish olib borishlariga yordam beradi. 

9-sentabr Butunjahon ko'rish qobiliyati kuni
(BMT bayramlari)Butunjahon ko'rish qobiliyati bayrami butunjahon sog'liqni saqlash tashabbusi bilan har yil oktyabr oyining 2-payshanbasida nishonlanmoqda. Ushbu kunda butun olam e'tibori ko'rish qobiliyati ojiz odamlar muammosiga qaratiladi. Har yil o'tkaziladigan bu bayram asoschilari, ko'rish qobiliyati buzilgan bemorlar o'zlaridirlar. Bu kunning eng muhim masalalaridan biri bu ko'rlikning profilaktikasidir. Surunkali ko'rlik sabablari bu gavhar xiralashishi kotarakta, glaukoma, sariq dog' (qarilik) degeneratsiya, shoh parda xiralashishi, traxoma va A vitaminining tansiqligidan paydo bo'ladigan bolalar ko'z kasalliklaridir. Hozirgi kunda dunyoda ko'pgina betartib diabet kasalligi va yosh o'tishi bilan paydo bo'ladigan ko'zi ojizlar uchrab turibdi. Katarakta- ko’z gavharining hiralashishi. Bunda ko’zga tushayotgan yorug’lik nurlarining yo’li qisman to’silib qolib, ko’z ba’zan ko’rmay qoladi. Ko’z gavharlarida  hiralanishining boshlanishi birlamchi Katarakta deyilsa, gavharning yadrosi yoki Katarakta massalari olingandan so’ng paydo bo’lgan xiralanish ikkilamchi Katarakta deyiladi. Katarakta tug’ma va hayotda ortirillgan bo’ladi. Ona qornidan rivojlanayotgan homilaga turli tashqi va ichki muhitlarning salbiy ta’siri, homiladorlik  vaqtida onaning turli kasalliklar, ayniqsa, yuqumli kasalliklar bilan og’rishi, shuningdek nasldan-naslga o’tuvchi irsiy kasalliklar tug’ma Kataraktaga sabab bo’ladi. Ortirilgan Kataraktaning qarilik, travmatik va asoratli turlari bor. Ortirilgan Kataraktada vaqt o’tishi bilan ko’z gavhari butunlay hiralashib qoladi. Qarilikdagi Katarakda asta-sekin rivojlanadi, u ko’proq 55-60 yoshdan oshganlada uchraydi  Kasallikni o’z vaqtida aniqlab kerakli dorila bilan davolanadi yoki mikroxirurgiya, ultratovush yoki lazer nurlari yordamida operatsiya qilib hiralashgan ko’z gavhari olib tashlanadi.
 
Rossiyada "Buker" nomli adabiyot mukofoti ta'sis etilgan kun
 
Mukofotning maqsadi eng yaxshi nasrga kitobxonlar e'tiborini jalb qilish, kitobning muvaffaqiyatini ta'minlash, rus adabiyoti uchun an'anaviy bo'lgan gumanistik qadriyatlar sistemasini tasdiqlashdir. Rossiyadagi mukofot asoschisi Booker plc kompaniyasi yetakchisi ser Maykl Keyndir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash