loading...

29-oktyabr Butunjahon insultga qarshi kurash kuni 

2765

29-oktabr sanasi tarixi 2004-yilda butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti insultni global epidemiya deb e'lon qilishdan boshlandi. Bu kasallik hozirda ham dunyodagi o‘lim va kasalliklarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. (qon tomir kasalliklari) Yuz beradigan kasalliklarning yarmidan ko‘pi shu kasalliklar bilan kasallanib o‘lim bilan yakun topmoqda.Shundan 1,5 qismi mehnatga layoqatli ishdagi insonlarda sodir bo‘lishi kuzatilgan. Rossiyada shu kasallik sabab tufayli dunyo bo‘yicha  o‘lim ko‘p hisoblanadi. Shundan kelib chiqadiki har yuz ming odamdan 175 ta odam ko‘z yumarkan. Milliy registr insult kasallik ma'lumotlariga ko‘ra ushbu kasalliklarning boshidan o‘tkazganlarning 31% ni boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘larkan, 20% esa mustaqil yura olmaydi va faqatgina 8%  gina insonlar avvalgi ishlariga qayta oladilar. Insult kasalligini oldini olishning eng muhim usullaridan biri to‘g‘ri ovqatlanishdir va jismoniy tarbiya bilan shug‘illanishdir. Ko‘pincha bu kasallikni oldini odishda yog‘li ovqatlarni kamroq iste'mol qilish lozim. 

 
29-oktabr uzun rang-barang sharflar kuni
Aytishlaricha, uzoq shimoliy orollarda qachonlardir momiqli rangli ilonlar yashashgan, ular mahalliy aholi va go’zal Freyaning eng yaxshi ko’rgan jonzodlaridan bo’lishgan. Bir kuni Freya sovuqdan chalajon bo’lgan odamni ko’rib qolib, ilondan uni o’rab olishni va istishni so’ragan ekan. Sharfning tarixi 2000 yil avvalga taqaladi. Sharflar birdaniga odat tusiga aylanmagan, ammo hozirgi kunlarda sharflar har bir zamonaviy odamning javonida kerakli aksessuarga aylanib ulgurgan. Birinchi bor sharf qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Qadimgi Xitoy jangchilari tomog’larini sovuqdan asrash maqsadida bo’yinlarini mato bilan o’rashardi. O’tmishdagi ma'lumotlarga ko’ra, hozirgi issiq sharflar qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Uni rim legionerlari o’rashgan, qo’shni mamlakatlarga yurish paytlarida sovuqdan saqlanish maqsadida bo’yinlariga o’rashgan. Rim imperiyasining parchalanib ketishidan keyin Rimning tili va udumlarini, shuningdek, sharf o’rash udumi ham o’rta asr rumin qabilalari me'ros qilib olishgan. Ruminiyadan sharf Xorvatiyaga o’tib keldi. 1648-yilda xorvat polki g’alabasini nishonlash maqsadida Parijga keladi va har bir jangchining bo’ynida sharf bor edi. Ajoyib Lyudovik XIV bunday chiroyli va boshqacha ko’rinishdan hayratga tushgan, xorvatlarning bu ko’rinishi uni ko’ngliga xush keldi. Bo’yin ro’mollari "quyosh podshohi” ni shunchalar hayratga soldiki, shu ondayoq u qirollikning bo’yinni  sharflar bilan bezovchi odam yolladi. 1692-yilda Lyudovik XIV ning qo’shinini Steynkerk qishlog’i yaqinida to’satdan anglichan polki o’qqa tutgan.Dovdirab qolgan fransuz askarlari bo’ynidagi sharflarini harbiylarcha bog’lashga vaqtlari bo’lmay, duch kelgancha bo’ynilariga o’rab ketaverishgan. Shunday qilib "steynkerk” stili paydo bo’ldi. Ofitserlarning oddiy askarlardan farqi aynan shu sharfda bo’lgan. Parijda esa sharf o’rashdan alohida darslar tashkil etilgan. Hozirgacha bu ayol va erkaklar mo’ljallangan sharflar insonlarning tengi yo’q atributlaridan biri bo’lib qolgan. Ayniqsa modaga ahamiyat beradiganlarning kiyim javonida turli mavsumlarga mos sharflar bo’lishi maqsadga muvofiqdir. 

Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi
2014-yil 29-oktabr
29-oktabr kuni Pioneers Festival nomli yangi texnologiyalar ko‘rgazmasida AeroMobil 3.0 — uchar avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. AeroMobil’ning rasmiy saytida yozilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u bir necha soniya ichida avtomobildan samolyot ko‘rinishiga o‘ta oladi. Uning havoga ko‘tarilishi uchun tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etishi kerak. Uchayotganda kamida 60 km/soat, eng tez esa 200 km/soat tezlik bilan harakatlana oladi. Shuningdek, uning yerdagi eng katta tezligi 160 km/soatni tashkil etadi. AeroMobil 3.0’da ikki kishilik o‘rin mavjud bo‘lib, uning uzunligi 6 metrni, kengligi esa yerda yurganda 2,24 metr, uchganda 8,32 metrni tashkil etadi. Uchar avtomobil korpusi metaldan ishlangan va murakkab tarkibli karbon bilan qoplangan. Bunday qoplama yengil, ammo mustahkamligi uchun zamonaviy samolyotlarda ishlatiladi. Ushbu avtomobil odatiy benzinda harakatlanadi va yerda yurgan payti 100 kilometrga 8 litr, havoda uchgan payti esa 15 litr yonilg‘i sarflaydi. U istalgan bir necha yuz metrli o‘tloq yoki tosh yotqizilgan yuzada qo‘na oladi. Shuningdek, unda avtopilot boshqaruvi va parashyutdan sakrash yo‘li ham mavjud.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash