loading...

31-oktyabr Xalqaro Qora dengiz kuni 

2701

Xalqaro Qora dengiz kuni 1996-yilda qora dengiz atrofidagi oltita davlatlar- Bolgariya, Ruminiya, Turkiya, Gruziya, Rossiya va Ukraina tomonlaridan o’zaro - Qora dengizni himoyalash va avvalgi holini tiklash to’g’risida muhim strategik harakat plani imzolangan. Qora dengiz haqida bir nechta haqiqat. Eng  katta chuqurligi 2210 metrni tashkil qiladi, o’rtachasi esa - 1240 metrdir, Qora dengizni uning shakli bo’yicha ovalni eslatib, g’arbdan sharqqa qadar uzunligi taxminan 1150 kilometrni tashkil qiladi. Shimoldan janubga qadar dengiz 580 kilometrga cho’zilgan. Qora dengiz Rossiya, Ukraina, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya va Gruziya  qirg’oqlarini ham yuvib o’tadi. Qora dengizga yirik daryolar quyiladi, ulardan: Dunay, Dnepr va Dnestr. Dengizning o’simlik dunyosi 270 xildagi ko’phujayrali yashil, qo’ng’ir, qizil suvosti suvo’tlaridan iboratdir. Qora dengiz  2500dan ortiq  hayvonot dunyosiga egadir.  

31-oktyabr Xalqaro iqtisodiyot kuni
1924-yil 27-oktabrda 29 davlatning jamg’arma banklari vakillari Italiyaning Milan shahrida navbatdagi Birinchi Halqaro jamharma banklar kongressiga yig’ilganlar. Kongressning oxirgi kuni- 31-oktabrda shunday g’oya tug’ildiki, u shundan iboratki, "hamma mamlakatlarning bank jamg’arma institutlari birinchi yig’ilishlari xotirasiga” har yili bu kunni nishonlashadi, bu kun Xalqaro jamg’arish kuni hisoblanadi. Italiyalik professor Ravizza bu kunni Xalqaro iqtisodiyot kuni deb e'lon qilgan. Ammo, bu kunni uning ijodkorlari fikri bo’yicha, faqatgina pulni tejashga aytilmagan, balki keng ma'noda aytilganda: vaqtni tejalishi, kuch tejalishi, turli inson ehtiyoj sezgan narsalarni tejashga aytilgan. 1989-yilda Xalqaro iqtisodiyot kuni BMT tomonidan ko’rsatilgan. Hozirgi kunda bu kunni Xellouin bayrami bilan birga to’g’ri kelib qolganligi uchun ko’pchilik uni esdan chiqargan. Xalqaro iqtisodiyot kuni har yili dunyoda 31-oktabrda, dunyoning hamma banklari ochiq kunida, xalq o’zining jamg’armalarini o’z hisoblariga o’tkazishga ulgurishlariga uchun, shu kuni nishonlanadi. Masalan, Germaniyada Xalqaro iqtisodiyot kuni 31-oktabrdan oldingi oxirgi ish kunida nishonlanadi, chunki 31-oktyabr ba'zi hududlarida dam olish kuniga to’g’ri keladi.

                     31-oktyabr Yer sayyorasi aholisi 7 milliardga yetgan kun
Yer sayyorasi aholisi 7 milliardga yetdi. Aholi sohasidagi BMT fondi qaroriga muvofiq aynan 31-oktyabrda yer aholisi 7 milliardga etishi belgilandi. Unga muvofiq Yerning 7 milliardinchi fuqarosi faxriy unvonga bir nechta yangi tug'ilgan chaqaloqlar da'vogar. Ulardan biri Petropavlovsk- Kamchatkasida dunyoga kelgan. Umahalliy vaqt bilan 19 :00 da 1-tug'uruqxonada tug'ilgan bo'lib, ismi Alekesandr. 
2-da'vogar Fillipindan, u Dannika May Komacho ismli qizcha bo'lib, Manila shahrida tug'ilgan.
3-da'vogar Kaliningrad shahridan bo'lib, bolakayning ismi Petr.
 Xulosa qilib aytganda, Yer yuzi aholisi 1800- va 2011-yillari oralig'ida 7 barobarga ko'paydi. BMT ning hisobiga ko'ra 2050-yilga kelib dunyo aholisi 9,3 milliardni tashkil etsa, asr oxiriga borib 10 milliardan oshadi.

31-oktyabr Surdotarjimonlar bayrami
Dunyoda ko’pgina tillar mavjud. Ingliz tili xalqaro til hisoblanib, juda ham oson va yengil grammatikaga ega. Fransuz tili o’zining jozibaliligi bilan ajralib turadi. Rus tili esa dunyo bo’yicha o’zining murakkabligi va juda ko’p iboralari mavjudligi bilan ikkinchi o’rinda turadi. Hattoki, sun’iy tuzilgan esperantr tili ham mavjud bo’lib, shaxslararo muloqotda o’zaro til topishga urinish natijalarida yuzaga kelgan. Lekin bizga imo-ishoralar tili borligi ham ma’lum. Bunday til eshitmaydiganlar va gapira olmaydiganlar uchun asosan muljallangan. Buning ahamiyati imo-ishoralarni o’qishda va davlat darajasida dolzarbligidir. Ushbu bayramni nishonlash Rossiyada 10 yildan beri davom etadi. Borgan sari ushbu bayram ommalashib bormoqda. Chunki surdotarjimonlik kasb egalari jamiyat oldida ma’lum bir vazifalarni bajarishmoqda, ya’ni eshitish qobiliyati bo’lmagan, past bo’lgan minglab odamlarga tovushlarni eshitish imkoniyatini yaratishmoqda. 31-oktyabrdagi ushbu bayram asosan eshitmaydiganlar (karlar) jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z hayotlarini sifatli o’tkazishga qaratilgan xayriya aksiyasidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash