loading...

3-noyabr Birinchi kuchuk-kosmonavt kosmosga parvoz qilgan kun 

3604

3-noyabr birinchi kuchuk-kosmonavt Layka kosmosga parvoz qildi. Layka kosmosga uchgan birinchi tirik mavjudot hisoblanadi. "Sputnik-2” kemasi 3-noyabr1957-yil Moskva vaqti bilan 5-30 da kosmosga parvoz qildi.Bu vaqtda Layka ikki yoshda edi.Bir hafta yashashi haqida faraz qilingan edi.Start berilgandan 5-7 soat o'tgach-kuchuk uchish vaqtida, stress va ortiqcha qizib ketish natijasida halok bo'ldi. Layka o'lgan bo'lsa-da, tirik jonzotni orbitaga uchishi va vaznsizlik holatida yashay olishi tajribada isbotini topdi. Kosmosga uchib tirik qaytgan birinchi kuchuklar Belka va Strelka. Laykani kosmosga uchishga tayyorlashda ishtirok etgan xodimlar uning o'limidan og'ir iztirobga tushdilar. Kosmik tajribaga tayyorgarlik ko'rilgan harbiy meditsina Instituti territoriyasida Laykaga haykal o'rnatilgan. Ikki metrli bu haykalda kosmik kema va mag'rur turgan Layka tasvirlangan.

3-noyabr 1903-yil Panama mustaqilligi e'lon qilindi. (Kolumbiyadan ajralib chiqqan kun). Mustaqillik e'lon qilingan kun- bu sana milliy bayramga aylandi. Shuni qayd qilish lozimki, Panamada uchta mustaqillik sanasi bor. Adashtirib yubormaslik uchun quyidagi nomlar bilan atalgan: Mustaqillik e'lon qilingan kun (3 noyabr), Birinchi mustaqillik e'lon qilingan Kun (10-noyabr) va nihoyat, oddiy mustaqillik e'lon qilingan Kun (28-noyabr) Mustaqillik e'lon qilingan kunni bayram qilish uchun o'nlab davlatlar prezidentlari va davlat rahbarlari tashrif buyuradilar. Tantanalarning dabdabali o'tishi bu kichkina mamlakatning butun dunyo bo'yicha ahamiyatini ko'rsatib beradi. Butun mamlakat davlat ramzlari bilan bezatiladi. Bu kun ko'chalarda eng ko'p sotiladigan narsa-kichik milliy bayroqchalardir.

 3-noyabr AQShda bahaybat omlet kuni
AQSh da bahaybat omlet kuni 1985-yilda boshlangan bo'lib, Luiziana shtatida joylashgan Abbevill shahrida bo'lib o'tgan birinchi uik-end aynan omletga tegishli. Oddiy omletga emas, bahaybat omletga, ayni shu katta bo'lmagan shaharchada Giant Omalette Celebration o'tkaziladi. Har yili mahalliy oshpazlar aqlga sig'maydigan o'lchamdagi omlet tayyorlaydilar va bu omletni tayyorlashga 500 ta tuxum, 6 litr yog', 10 kg ko'kat, 25 litr sut ishlatadilar. Abbevill shahrining hamma aholisi va mehmonlari bu yegulikdan tatib ko'rishlari mumkin, shuni o'z o'rnida aytish kerakki, bu ovqat Napaleonning sevimli ovqati edi.  

3-noyabr Rus dengiz floti sarkardasi Mixail Lazarev Petrovich tavallud topgan kun
Mixail Lazarev Petrovich 1788-yil 3-noyabrda Vladimir shahrida tug'ilgan. Rus dengiz floti sarkardasi, sayyoh, admiral (1843). 1808-1813-yillarda Boltiq flotida xizmat qilgan. 1813-1816-yillarda "Suvorov” kemasida Kronshtadtdan Alyaska sohillarigacha borib kelgan va yo'l-yo'lakay Suvorov atollini kashf qilgan. 1819-1821-yillarda F.F.Bellinsgauzen rahbarligidagi dunyo aylana ekspedisiyada "Mirniy” kemasiga komandirlik qilib, Antarktida materigini kashf etishda qatnashgan. 1822-1825-yillarda kemada dunyo bo'ylab 3-marta sayohat qilib, meteorologiya, etnografiya va boshqa sohalarda keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1827-1833-yillarda bir necha marta harbiy operasiyalarda qatnashgan. 1833-yildan umrining oxirigacha Rossiya Qora dengiz flotining qo'mondoni va shu dengizdagi portlarning boshlig'i bo'lgan. Lazarev Rossiya Geografiya jamiyatining faxriy a'zosi va bir qancha chet el ilmiy jamiyatlarining a'zosi edi. Tinch okeandagi atoll, Amur limanidagi va Unimak orolining shimolidagi burunlar, Orol dengizidagi orol, Yapon dengizidagi qo'ltiq va portlari Lazarev nomiga qo'yilgan.

Shuningdek, ushbu kunda ... 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash