loading...

6-noyabr Xristofor Kolumb hindularning g'alati odatlari-tamaki chekishi bilan tanishgan 

1906

Xristofor Kolumb (1451-1506) matroslar guruhi kuzatuvida Kuba orolidagi hindular qishlog'ida bo'ldi va birinchi marta hindularning g'alati odati bilan tanishdi. Hindular og'ziga qandaydir o'simlikning yumaloqlab o'rab solib olishgandi, trubkani ikkinchi tomonidan buruqsib tutun chiqib turardi. Bu o'simlikni ular tamaki deb atashardi. Vaqti-vaqti bilan og'zilaridan tortgan hidli tutunni burunlaridan chiqarishardi. Shunday qilib Yevropaliklar birinchi marta tamaki chekish bilan tanishishdi. Tamakini Yevropaga kirib kelishiga monarx Roman Pane yordam berdi. U X.Kolumbning 2-ekspedisiyasida missioner sifatida qatnashgan. U tamakini Ispaniyaga keltirib, dastlab manzarali o'simlik sifatida etishtirdi. 1496-yilda Ispaniyada tamaki plantasiyalari paydo bo'ldi, 1559-yil Portugaliyada, u yerdan 1560-yil Fransiyada paydo bo'ladi. XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida chekish boshqa materiklarga ham tarqaldi. O'rta Osiyo va sharq mamlakatlarida quritilgan barglaridan hidlanadigan poroshok tayyorlashdi. Tamakiga qiziqish shu darajada kuchayib ketdiki, bu o'simlik davolovchi vosita sifatida qayd qilinib, hamma narsaga davo dori deb qaray boshlashdi. Portugaliyadagi fransuz elchisi Jane Niko o'zining qirolichasi Yekaterina Medichiga tetiklik, bosh og'rig'i va boshqa kasalliklarga davo sifatida tamaki barglari va urug'laridan jo'natadi. Qirolicha minnatdorchilik belgisi sifatida ajoyib ta'sir qiluvchi dorini o'zining elchisi nomi bilan-nikotin deb atadi. Tamakini keragidan ortiq ishlatish og'ir oqibatlarga olib kela boshladi. Bu esa xalqni sergaklantirdi, cherkovni chekishga qarshi kurashga chaqirdi. Masalan, Amerikada chekuvchilarni jazolashadi, Turkiyada esa chekuvchi qoziqqa o'tqazilgan. Yana 1604-yil Angliya qiroli Yakov I "Tamaki zarari” haqida yozib, uning ko'rish qobiliyatiga, miyaga, o'pkaga ta'sirini ko'rsatib berdi. Rossiyaga XVI asrning ikkinchi yarmida keltirilgan, XVII asrdan Ukrainada yetishtirila boshlangan.

6-noyabr Finlandiyada "Shved madaniyati" kuni
Finlandiyadagi shved aholisi bor-yo'g'i 6%ni tashkil etsa-da (ularni asosiy yashash joylari-Aland oroli), shved tili finlar tili bilan bir qatorda davlat tili maqomiga ega. "Shved madaniyati" kuni Finlandiyada 1908-yildan beri har yili 6-noyabrda nishonlanadi. Shvetsiya va shved madaniyatiga bag'ishlangan bu bayram yana bayroq-kuni deb ham ataladi. Bu bayram shved tilida gaplashadigan finlar madaniyati va ularning finlandiya territoriyasida qadrdon tillaridan foydalanish huquqlari bayramidir. Shved madaniyatining eng taniqli vakillari, yozuvchilar Buyuk Avgust Strindberg va "Peppi Uzun paypoq”” va "Bola va Karlson” bolalar bestseller asarlari avtori taniqli bolalar yozuvchisi Astrid Lindgren, Karl Mixael Bellaman, "Immigrantlar va emmigrantlar”asari uchun milliy mukofotni olgan XX asr yozuvchisi Vilgelm Moberg Karl fon Linney, XVIII asr olimi, o'simliklarning ma'lum tartibdagi ro'yxatini tuzgan va ularga lotincha ism bergan.

6-noyabr "Melburn Kubogi" musobaqasi kuni
Birinchi "Melburn Kubogi" 1861-yil noyabrda o'tkazilgan. Kubok o'tkaziladigan kun Avstraliyada eng mashhur kun hisoblanadi. Birinchi chopish musobaqasida 17 ta ot qatnashgan. Mukofot puliga 170 funt sterling va oltin soat ajratilgan. Hozirgi kunda "Melburn Kubogi" eng nufuzli o'yinlardan biri hisoblanadi va mukofot puli 5 million avstraliya dollarini tashkil qiladi. Otda chopish musobaqasi Viktoriya Racing Club rahbarligi ostida Melburnga qarashli Flemington shaharchasida o'tkaziladi. "Melburn Kubogi" Avstraliyaning eng mashhur milliy bayramidir. Noyabr oyining ikkinchi seshanbasida kunduzi 3.20 da avstraliyaliklar nima bilan mashg'ul bo'lishlariga qaramasdan, musobaqalarni boshlanishiga chalinadigan signalni eshitish yoki televizorda tomosha qilish uchun hamma ishlarini to'xtatadilar. Bu kuni Flemington otchoparida ko'plab tadbirlar ham o'tkaziladi. Dunyodagi eng taniqli chopish musobaqasiga taklif qilingan xonimlar o'zlarining liboslari, asosiysi, oxirgi urfdagi, ajoyib va kulguli shlyapalari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishga harakat qiladilar. Chopish musobaqalariga kunning yarmidan keyin start berilsa ham otchoparga tomoshabinlar ertalab 8-00 dan kela boshlashadi. Mamlakatdagi eng katta shouni ko'rish uchun 100 mingdan ortiq odam yig'iladi. 2005-yilda "Melburn Kubogi"ni ketma-ket uch marta qo'lga kiritgan Makaybi Diva tarix sahifalariga kiritildi. Maydonda moda namoyishi "Fashions On The Field" kunning muhim tadbirlaridan biridir. Eng zo'r kostyum kiygan musobaqa tomoshabini-ayol va erkak-qimmatbaho mukofot bilan taqdirlanadi. Eng oxirgi urfdagi kostyumlar va tendensiyalarni tomosha qilish, kubok tomoshabinlariga xuddi chopish musobaqalariday yoqimlidir. Model Jin Shrimpton 1965-yilda bo'lib o'tgan Melburn Kubogida kiygan kalta yubka dunyo bo'yicha mashhurlikka ega bo'lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash