loading...

9-noyabr Nepal Qirolligi tashkil topgan kun 

2480

Nepal Qirolligi (Nepal Adhirajya) Janubiy Osiyoda, Himolay tog'ining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 140,8 ming km.kv. Poytaxti - Katmandu shahri. Ma'muriy jihatdan 14 zonaga, zonalar tumanlarga bo'linadi. Davlat tuzumi konstitutsiyali monarxiya. 1990-yil 9-noyabrda qirol tomonidan e'lon qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshlig'i – qirol (2001-yildan Gyanendra Bir Bikram Shox Dev). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Milliy kengash), ijroiya hokimiyati qirol va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Shuningdek, ushbu kunda Kambodja mustaqillikka erishgan kun.

9-noyabr Ispaniyada zaytun festivali kuni
Har yili kuzda Andaluziyadagi Baena shahrida zaytun va zaytun yog'i festivali o'tkaziladi. Bayram zaytun hosilini yig'ishni tugallashga bag'ishlanadi. 1998-yil 9-noyabrdan 11-noyabrgacha bo'lib o'tadigan zaytun va zaytun yog'i Yevropa festivali har yili o'tkazilib, yirik festivallrdan biri hisoblanadi. Kichkina shaharcha Baena zaytun yog'i ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchilardan biri bo'lib, andaluz oshxonasining haqiqiy asosi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun festival yerning bu nematiga tashakkur sifatida quvnoq muzika, o'yinlar va to'kin dasturxon atrofida o'tkaziladi. Aynan noyabrda hosil to'liq etishtirib olinib, qayta ishlanib, keluvchi minglab turistlarga bu delikatesni ulashish uchun maxalliy xalq tayyor turadi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, Ispaniyada zaytunning yuzlab turlari bor. Italyan oshxonasini taniqli Parmezan pishlog'isiz tasavvur qilib bo'lmaganidek, ispan ovqatlarini zaytunsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo bo'yicha zaytun yog'i ishlab chiqarishni 45% Ispaniyaga to'g'ri keladi. Baena "Ispaniyaning zaytunlar poytaxti” deb ataladi. Shahar atrofidagi zaytun bog'larining maydoni 400 kv km. Birinchi zaytun yog'ini greklar boshlab berishgan, keyin boshqa territoriyalarga tarqalgan. Qadimgi ruslar ham Kiev knyazi stoliga zaytunni grek sotuvchilaridan sotib olishgan. O'sha vaqtlardan zaytun yog'i yoshlik va go'zallik manbayi ekanligi ma'lum edi. Gomer uni suyuq oltin deb atadi, Aristotel zaytunni foydali birikmalarini o'rganishga alohida ilm sifatida qaradi, Gippokrat zaytun yog'ini foydali tomonlarini alohida ta'kidlab, ulardan foydalanib, davolashningbir necha usullarini yaratdi. Va hozirgi kunda bu sehrli yog' dunyoda boshqa yog'larga nisbatan eng qimmatli hisoblanadi. Kulinarlar, vrachlar, parfyumerlar undan unumli foydalanishadi. Zaytun yog'ining o'ziga xos va qimmatli jihati shundaki, tarkibida ko'p miqdorda olein kislotasi mavjud, uning sharofati bilan organizmdan xolesterin moddasi chiqarib yuboriladi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Mevasi-rezavor, danakli, tusi qora, to'q binafsha. Mevasi etida 80% gacha, mag'zida 30% gacha moy, oqsil, vitamin S va karotin bor. Qurg'oqchilikka chidamli, -13-18 daraja sovuqqa bardosh beradi. Ispaniyadagi zaytun festivali bu nafaqat quvnoq va bayramona tadbir, balki zaytun va zaytun yog'ini ishlatishni turli usullarini o'rgatish, o'simlikni butun dunyo va alohida odamlar uchun naqadar ahamiyatli ekanini eslatib turishdan iborat.

9-noyabr Estoniyada otalar kuni
Otalar kuni Estoniyada har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu oilaviy bayramning tarixi rasman 1992-yildan boshlanadi, albatta bundan oldinroq ham ko'pchilik oilalar o'zlarining kuchli, sevimli otalariga bag'ishlab bayram kunlari tashkil qilishgan. Noyabr bayrami arafasida bolalar bog'chalarida shu mavzuga bag'ishlangan tadbir, maktablarda esa ota-onalarga atab konsertlar o'tkaziladi. Bolalar o'zlari yasagan otkritkalar va sovg'alarni topshirishadi. Otalar kunida ba'zi shaharlarda bayroqlarni ilib qo'yishadi. Hozircha Estoniyada otalar kuni ko'pchilik uchun rasman yangilik bo'lib qolayotgan bo'lsa-da, lekin sekin-asta bu bayram o'zining urf-odatlarini mustahkamlagan holda umumxalq bayramiga aylanib bormoqda. Bilim olishga xizmat qiladigan namunali dars taqdim etish bayramning an'anasiga aylangan. Bayramda bolalar otalari bilan turli musobaqalarda birga qatnashishlari, erkaklarga mansub kasblar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

9-noyabr "Xalqaro sifat kuni”
"Butun dunyo sifat kuni” bayrami har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasida nishonlanadi. Bayram 1989-yilda tashkil qilingan. BMTning yordami ostida yirik xalqaro tashkilotlar bu bayramning tashabbuskorlariga aylanishdi. Ushbu bayram birinchi marta dunyo bo'yicha 1989-yil 9-noyabrda nishonlandi. "Butun dunyo sifat kuni” bayramining asosiy maqsadi keng jamoatchilik diqqatini taklif qilinayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati muammosiga qaratishdan iborat. Sifat muammolarini echishga qaratilgan harakatni kuchaytirish zarur. Ayni muammoni echishda shu narsa nazarga olinadi-ki, birinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar inson va atrof-muhit uchun xavf tug'dirmasligi kerak. Ikkinchidan, mahsulotlar iste'molchilarni talablariga to'liq javob berishi kerak. Shuni ta'kidlash lozimki, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida sifat muammosi ekonomikaning juda muhim muammolaridan biridir. Hozirgi kun talablari darajasidagi mahsulot va xizmatlarning sifati-har qanday tashkilot va korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir. Sifat tushunchasi bilan hayot darajasi tushunchasi bir-biri bilan uzviy bog'liq atrof-muhitni saqlash, insonlarni jismoniy sog' bo'lishlari va bekamu–ko'st yashashlari hamma-hammasi bir-biriga bog'liq. Masalan, bizning sog'ligimiz ichimlik mahsulotlari va suvning sifatiga yuqori darajada bog'liq. Bayram kuni an'anaviy tadbirlar bo'lib o'tadi, ularning maqsadi, turli tashkilotlar taqdim qilgan mahsulotlar sifatini tahlil qilishdan iborat. Bu bayram yirik ilmiy-tajribaviy konferensiyalarsiz, forumlarsiz va har-xil ko'rgazmalarsiz o'tmaydi. 1995-yilda jahon jamoatchiligi Yevropa sifat haftaligini o'tkazdi. U yetarlicha mashhur voqealardan biri bo'lib qoldi. Jamoatchilik diqqatini sifat muammosiga jalb qilish maqsadida bu haftalikda aksiyalar chiqariladi. Afsuski, ayni muammoni to'liq echishga muvaffaq bo'lingani yo'q. Hozirgi kun talablari darajasida sifat uchun kurashish kerak. Bundan tashqari, sifat uchun faqat iste'molchilar emas ishlab chiqaruvchilar ham kurashishlari kerak. Bozorlardagi shafqatsiz raqobatga faqatgina yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqargan kompaniyalargina bardosh berishi mumkin. Hozirgi kunda bozorda shunday vaziyat paydo bo'lganki, talabdan taklif ko'p. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish usullarini namoyish qilibgina qolmasdan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati bozorda yuqori barqarorlikni ushlab turishning asosiy mezonlaridan biri ekanligini tushuntirish ham zarur. Hozirgi kunda mamlakatimizga dunyoning turli burchaklaridan ko'p miqdorda sifatli-sifatsiz mollar kirib kelmoqda. Avvalambor xaridorlar sifatli molni qalbakisidan farqlay olishlari, molning sifatini xarakterlovi jihatlari haqida ma'lumotga ega bo'lishlari zarur.

9-noyabr Fransiyada Shokolad yarmarkasi kuni
Shirin hayotni ko'rishni hoxlasangiz unda Lion shahriga borishingizga to'g'ri keladi. Bu yerda 9-11-noyabr kunlari Salon du Chokolat yarmarkasi bo'lib o'tadi. Birinchi shokolad yarmarkasi Lion shahrida o'tgan yili bo'lib o'tgan va katta muvaffaqiyatga erishgan. Bularni hisobga olgan tashkilotchilar shirinlikni xush ko'ruvchilarga sovg'a sifatida bayramni har yili o'tkazishga qaror qilishdi.Yarmarka qatnashchilari  ichida Yevropaning 100 dan ortiq shokolad ustalari va ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bor. Yarmarka mehmonlari har kuni shef povar va konditerlarning tansiq noz-ne'matlarni tayyorlash jarayonlarini kuzatishlari mumkin. O'z ishining ustalari o'zlarining bilimlari, shirinlikni tayyorlash sirlari bilan o'rtoqlashadilar. Bundan tashqari, tadbir o'tkazilayotgan vaqtda pazandalik kurslari ishlab turadi va hamma xohlovchilar shokoladli shirinlikni tayyorlash usullarini o'rganishlari mumkin. Bolalar uchun alohida qandolatchilar xizmat qilishadi. Quvnoq o'yin formasida bolalarga shirinlikni tayyorlashga ijodiy yondashishni o'rgatadilar va bu haqiqiy san'at ekanligini tushuntiradilar. "Shokolad saloni” doirasida Chokolate Show fashion o'tkaziladi. Shokolad moda dunyosiga kirib bormoqda, modelerlar va pazandalarning birgalikdagi ijodi natijasida ajoyib shoh asar dunyoga kelmoqda. Shou faqatgina shirin bezaklar bilangina emas, asl  illyuminasiyasi va yorqin mushaklari bilan ham esda qoladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash