loading...

24-noyabr Butunjahon morjlar kuni 

2537

2008-yil 24-noyabrda yovvoyi tabiatning Butun dunyo fondi tashabbusiga ko'ra morjlar kuni ta'sis etildi. Bu hayvonlar planetamizning shimoliy yarim sharida yashovchi jonivorlardir. Bayram qilish kuni 24-noyabrga belgilanishi bejiz emas. Kuzning oxirgi kunlarida morjlar Chukotka dengizining arktika qirg'oqlarini tark etib, qishlashga Bering bo'g'oziga yo'l olishadi ko'chish vaqtida nozik va himoyaga muxtoj bo'lishadi. Tabiat himoyachilarining maqsadi, jamoatchilik diqqatini tinch okeani morjlari muammosiga qaratishdir. Ekologiya-asosiy muammo hisoblanadi. Klimatni o'zgarishi, yer sharini isib ketishi natijasida yerning muz qatlami maydoni shiddat bilan qisqarib bormoqda. Natijada morjlar muzlikdan quruqlikkka ko'chishga majbur. Yangi sohillarda morjlarning ommaviy yig'ilishi natijasida yosh morjlar nobud bo'ladi. Morjlar to'qnash keladigan ikkinchi muammo-odamlarni ular territoriyasiga tajovuz qilishidir. Muz okeanlaridagi uglevodorodlarning boy zapasini odamlar tomoniidan o'zlashtirilishi, qatnovning rivojlanishi-bularning hammasi morjlarning ommaviy qirilishiga olib kelmoqda va tabiat qo'riqchilarini tashvishga solmoqda. Bugungi kunda morj kuni Rossiyaning barcha arktik regionlarida nishonlanadi. Ularning aholisi vaqti kelib bu bayram ham Yo'lbars Kuni, Qorli qoplon kuni kabi mashhur bo'lib ketishiga ishonishadi. O'z navbatida WWF vakillari odamlarni okeanning yovvoyi tabiatini saqlashdagi umumiy javobgarliklarini tez-tez eslab turishga va jonivorlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishga chaqiradi.

24-noyabr Amerika Qo'shma Shtatlarda do'stlar kuni
Amerika Qo'shma Shtatlarda bu bayram Deyli Karnegining tug'ilgan kuni - 24-noyabrda nishonlanadi. Do'stlar kuni so'zma-so'z tarjima qilinsa, do'stlar ko'nglini zabt etish, odamlarga e'tiborli bo'lish. Deyl Karnegi (24 noyabr 1888-1955) "Qanday qilib do'stlar orttirish mumkin va odamlarga qanday ta'sir ko'rsatish mumkin” nomli kitobning avtori. 1936-yilda birinchi marta bosilib chiqqan bu kitob birdaniga bozorda sotilib ketdi, hozirgi kunlarda ham kitobxonlar tomonidan yaxshi qabul qilinyapdi. Deyl Karnegi Missuri shtatidagi Merivill fermasida tug'ilgan. Oilasi juda kambag'allikda yashagan bo'lsa-da, u Uorrensburgdagi Davlat pedagogik Kollejiga kira oldi va yaxshigina ta'lim oldi. Deyl Karnegi biror namunali ish qilib, o'zini ko'rsatish imkonini qidiradi. Studentlik munozaralarida notiqlik qobiliyatini rivojlantirib, bir qancha samarali munosabat, samarali aloqa yo'llarini topdi va o'zining kitoblarida bularni ko'rsatib o'tdi. Do'stlar kunida Amerikaning kitob do'konlarida Karnegining kitoblari eng ko'rinarli joyga qo'yiladi va hammasi sotilib ketadi. Universitetlarda, maktablarda,yoshlarga munosabatlarda "o'zligini topish”, jamoatchilikka kirishda aloqalarni qanday qurish kerakligi haqida leksiyalar, seminarlar, har-xil munozaralar o'tkaziladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash