loading...

25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun 

1815

25-noyabr Surinam mustaqil respublika bo’lgan kun. Batafsil 



Tailand va Hindistonda "Maymunlar uchun ziyofat" bayrami kuni 
Dunyodagi eng ajoyib bayramlar faqat odamlar uchun emas balki, hayvonlarga ham bag'ishlangan. Masalan, Tailand va Hindistonda maymunlar uchun haqiqiy ziyofat uyushtiriladi. Va bu bayramga har tomonlama jiddiy tayyorgarlik ko'riladi. Axir bu ajoyib hayvonlarni izzatlash oson emas-da. Bu bayram ham boshqa bayramlar singari ko'p asrlik tarixga va o'zini oqlaydigan afsonaga ega. Xudo Rama o'zining yordamchisi va do'sti maymunlar xudosi Xanuman bilan, yerdagi behisob yovuzlik ustidan g'alaba qilishga uzoq va behuda harakat qildi. Xanuman o'zining jangchilarini yig'ib olgandan so'ng esa g'alabaga erishildi. Yovuzlik ustidan so'zsiz va to'liq g'alaba qozonildi. Hozirda Lop Buri shahari joylashgan yerlar Xanumanga tegishli bo'lib qoldi. Martishkalar esa haligacha har yili xususiy ziyofatga sazovor bo'lishmoqda. Tailandga tashrif buyuruvchi sayyohlar bu uzun dumli makakalarni juda yaxshi ko'rishadi. Noyabr oxirida katta yetti metrli stol butun qonun-qoidalarga ko'ra bezatiladi, 2 tonna mevalar, guruch va shirin ichimliklar qo'yiladi. Eng qizig'i, ichimliklar stakanlarga quyiladi. Tantana sababchilari sifatida maymunlar o'z holatlariga ma'suliyat bilan qarashadi va xuddi odamlarday ovqatlanishning rasm-rusumlariga qattiq rioya qilishadi. Bu holat ichimliklarga navbat yetguncha davom etadi. Keyin esa miriqib to'yib olgan maymunlar tentiray boshlaydilar va muomala chegaralarini unutadilar. Bayram oxirida haddidan oshishadi va idishlarni sindirib hursandchilik qilib, xar-xil nomaqul harakatlar qilishadi.

25-noyabr Germaniyada "Rojdestvo yarmarkasi" kuni
Germaniyada noyabr va dekabrda Rojdestvo yarmarkasi va bozorlari fasli boshlanadi. Faqat Berlin rayonlarining o'zida ular 20 dan ortiq bo'lib, 25-noyabrdan ochiladi. Odatga ko'ra, Rojdestvo yarmarkasi eski maydonga joylashadi va katoliklarning Rojdestvo bayrami boshlangunga qadar davom etadi. Sehrli, issiq glintveynning va qovurilgan sosiskaning isi havoda hukmronlik qiladi, shishadan, yog'ochdan, loydan va toshdan yasalgan badiiy buyumlar sotiladi, bolalar uchun karusellar ishlab turadi va hamma atrof shirin paxta bilan o'rab olinadi. Bu yerda turli davlatlar Rossiya, Polsha, Yaponiya, Koreya, Tailand va Hindiston oshpazlarining tayyorlagan ovqatlarini tatib ko'rish mumkin. Rojdestvo bozorida hech mubolag'asiz, Germaniya xalqining hunarlari tarixini o'rganish mumkin. Tabiiyki, yarmarkada archa bezaklarini tanlash imkoniyati juda katta, axir Germaniyada archa katoliklarning Rojdestvo bayrami arafasida bezatiladi-da. Germaniyaliklar, archaning shishadan yasaladigan bezaklari 1847-yilda asli Tyuringdan bo'lgan bir kambag'al shisha puflovchi tomonidan o'ylab topilgan, deb hisoblashadi. Aytishlaricha, o'sha yili bolalariga sovg'a sifatida berish va archaga osish uchun ishlatiladigan haqiqiy olma, yong'oq sotib olish uchun uning puli yo'q edi. Shunda u, bu narsalarning hammasini shishadan yasashga qaror qildi. Keyinroq Tyuring shisha puflovchilari o'z masterlarini sharaflab, turli rangdagi va hajmdagi shishali archa bezaklarini ishlab chiqarishni boshladilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash