loading...

Yangi yilni kimlar birinchi bo‘lib kutib oladi? 

6456

Yaponlar qadimdan o‘z yurtlarini «kun chiqar mamlakat» deb atashadi. Yer shari bo‘yicha yangi kun va yangi yilni birinchi bo‘lib yaponlar kutib oladi, degan fikr ulaming miyasiga singib qolgan. Aslida bunday emas, chunki har bir yangi kun kabi yangi yil ham sanalar o‘zgarish chizig‘idan boshlanadi. 180°-meridian sanalar o‘zgarish chizig'i deb qabul qilinganligi va bu chiziq Osiyo bilan Amerikani bir-biridan ajratib turgan Bering bo‘g‘ozidan o'tadi.

Sanalar o‘zgarish chizig‘iga eng yaqin hudud esa Rossiyaning sharqiy chekkasi, ya’ni Chukotka yarimorolidir. Demak, yangi yilni Chukotka yarim orolida istiqomat qiluvchi xalqlar dunyoda birinchi bo‘lib kutib oladi.

Sayyoramizda yangi yil boshlanib, rosa ikki soat o‘tgandan keyingina Yaponiyaga yetib keladi. Yaponlar yangi yilni Chu­kotka xalqlaridan ikki soat keyin kutib oladilar.

Chukotkada boshlangan yangi yilni mongollar chukotkaliklardan 5 soat keyin, toshkentliklar 7 soat keyin, samarqandliklar 8 soat keyin, Moskva, Sankt-Peterburg va Kiyev aholisi 10 soat keyin, fransuzlar va inglizlar 12 soat keyin, kubaliklar va Nyu-Yorkliklar 17 soat keyin kutib oladi. 
Vahob Rafiqov
Texnika fanlari nomzodi

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash