Aholi va inson omili
0‘zbekiston kelajakda buyuk davlat bo‘lishi uchun qulay tabiiy sharoit
ham, xilma-xil tabiiy boyliklar ham yetarlidir. Ammo bu boyliklar odamlaming
aqliy va jismoniy mehnati orqaligina kishilar ehtiyojiga, jamiyat ravnaqiga
xizmat qilishi mumkin. Millionlar mehnatini oqilona tashkil etish uchun aholi
soni, tarkibi va mamlakat bo‘уlab joylashishi hisobga olinishi lozim.
0‘zbekiston aholi va
inson omili (mehnat resurslari)ni takror ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan
biri hisoblanadi.
0‘zbekiston aholi soni
bo‘yicha jahondagi 240 ga yaqin davlatlar ichida dastlabki 41 ta mamlakat
orasida turadi. Aholi o‘lganlar soniga nisbatan tug‘ilganlar sonining ortiqligi
hisobiga doimo ko‘payib boradi. Bunday ko‘payish aholining tabiiy ко 'payishi deyiladi. Aholi migratsiya hisobiga
ham ko‘payadi. Buni aholining mexanik ko`payishi deyiladi.
Migratsiya ko‘chish degan ma’noni bildiradi. Migratsiya ichki migratsiya
va tashqi migratsiyaga bo‘linadi. Ichki migratsiya —
aholining mamlakat ichkarisida, uning rayonlari o‘rtasida yoki qishloq
joylardan shaharlarga ko‘chib yurishi. Tashqi migratsiya — mamlakatdan ko‘chib ketish (emigratsiya)
yoki mamlakatga ко‘chib kelish (immigratsiya).
Aholi tabiiy ko‘payishining yuqori sur’atlari aholi zichligi (1 kv.km hududga to‘g‘ri keladigan aholi soni)ning
ortishida ham o‘z ifodasini topmoqda. Bundan 100 yil
avval mamlakatimiz bo‘yicha aholining zichligi har bir kvadrat kilometrga 10-11
kishini tashkil etgan bo‘Isa, endilikda bu ko‘rsatkich 67 kishini tashkil
etmoqda.
Hozirda 0‘zbekiston
aholisining soni 30 million kishidan oshdi. Ammo ulaming hammasi mehnatga
yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklaming 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollaming 16
yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab
chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto 40 yoshdan nafaqaga chiqariladi.
Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15
yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat
etilgan.
Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami aholisining yannidan
ortig‘ini tashkil etadi. Mehnatga yaroqlilaming asosiy qismi sanoatda, qishloq
xo‘jaligida, qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar, oziq-ovqat
va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum
yetishtiradi, binolar bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim,
fan, madaniyat, tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning
mehnat natijalari ham foydali va zaruriydir.
Kishilarning mehnat
faoliyati ikki sohaga — moddiy ne’mat ishlab chiqaruvchi va moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan
sohalarga bo‘linadi.
Fan va texnikaning rivojlanishi bilan moddiy ne’mat
ishlab chiqarmaydigan sohaning roli va bu sohada ishlovchilar soni ortib
boradi. Buning uchun avvalo ishlab
chiqaruvchi sohada mehnat unumdorligi o‘sishi zarur. Faqat shundagina ishlab
chiqaruvchi sohadagi mehnatga yaroqli aholining bir qismi ishlab chiqarmaydigan
sohalarga o‘tishi mumkin. Mehnatga yaroqlilarning soni va malakasi qatori
ma’naviy yetukligi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholining
jinsiy tarkibi. Aholi tarkibiga jins va
yosh jihatdan yondashish katta ahamiyatga ega. Chunki aholini va inson
omilini takror ishlab chiqarish xuddi ana shu jihatlarga bog‘liq.
Ikkinchi jahon
urushining asorati tufayli 1945-1960-yillarda 0‘zbekiston aholisi tarkibida
erkaklar soni ayollar sonidan ancha kam edi. Yillar o‘tishi bilan bu tafovut
qisqara bordi. 1959-yilga kelib ayollar 52 foizni, erkaklar 48 foizni tashkil
etdi. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar va ayollar soni deyarli o‘zaro
tenglashdi.
Aholining
milliy tarkibida ham so‘ngi 10
yilliklarda turli millat vakillarida tug‘ilishning turlicha miqdorda ekanligi
hamda migratsiya hisobiga sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi.
0‘zbeklar salmog‘i 1989-yilda 71,5 foizni tashkil
etgan bo‘lsa, 2013-yilga kelib qariyb 83 foizga yetdi. Shuningdek, mamlakatda
qoraqalpoq va tojiklaming salmog‘i ham oshdi.
Aholining milliy tarkibiga hamohang diniy tarkibi ham xilma-xil. Uning asosiy qismini musulmonlar
tashkil etadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.