Ko`mir sanoati
Bu sanoat tarkibida bir nechta
ko'mir koni mavjud. Ulardagi ko'mir zaxirasi 2 mlrd tonnani tashkil etadi.
Dastlabki ko'mir Angren konidan 1950-yillarda qazib olindi. Ko'mir koni yer
sirtiga yaqin joylashgan. Unda ko'mirning 9/10 qismini ochiq usulda qazib
olinmoqda.
Ochiq usulda har bir shaxtyorning
qazib oladigan ko'miri shaxta usulida qazib olinadigandan 6 barobar unumli
bo'ladi. Shu bilan birga, karyer (havza) qancha katta bo'lsa, xarajat shuncha
kam bo'ladi. Angren ko'miri sifati past - qo'ng'ir ko'mirdir.
Shunday bo'lsa-da, O'zbekistondagi
boshqa ko'mir konlaridagiga nisbatan ko'mir zaxirasi katta hamda iste'molchiga
yaqin va yuza joylashganligidan ko'mir qazib chiqarish jadal o'sdi. Ko'mirning
asosiy qismi kon yaqinidagi GRESda ishlatiladi. Bir qismi esa yer ostida gazga
aylantiriladi.
Ko'mir tarkibida nodir va tarqoq
elementlar hamda ko'plab gilmoya uchraydi, bir yo'la ulardan foydalanish esa
konning samaradorligini yana ham oshiradi. Biroq ko'mir ochiq usulda qazib
olinishi oqibatida katta-katta yer maydonlarini kon chiqindilari band qilib,
tutun va qurumdan qishloq xo'jaligi jiddiy zarar ko'rmoqda.
Bunday noxush holatning chorasi sifatida ko'mir
sanoatidan zavol ko'rgan maydonlar rekultivatsiya qilinmoqda, ya'ni qayta
tiklanmoqda, shaxtalar chiqindisidan vujudga kelgan tepaliklarni o'simliklar
bilan qoplash, ko'mirni quvurlar orqali tashish choralari ko'rilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo
tumanida 1950-yili Sharg'un ko'mir koni ishga tushirilgan. Kondagi ko'mir
yuqori sifatli bo'lib, shaxta usulida qazib olinadi. Ko'mirning maydasi qazib
olingan joyda briket qilinadi.
Briket - ko`mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga aralashtirib zoldir shakliga keltirilgan mahsulot.
Ko'mir tog'lar osha uzunligi 17 km dan ortiq osma sim yo'l
vositasida temiryo'lga yetkazib beriladi. Angren, Sharg'un va Boysun konlaridan
yiliga 2 mln tonnaga yaqin ko'mir qazib olinmoqda. Lekin bu miqdor
O'zbekistonning ko'mirga bo'lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Zero,
metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko'mirga bo'lgan
ehtiyojni oshirib yubormoqda.
Shunday qilib, O'zbekistonda
ko'mirning asosiy zaxiralari Angren, Sharg'un va Boysun konlarida
joylashganligini bilib oldik.
Ko'mir sanoatiga tegishli yana bir
ma'lumotni bilib qo'ying. Mamlakatimizda qazib olinayotgan ko'mirning deyarli
hammasi (97,4 foizi) qo'ng'ir ko'mir, qolgan qismi toshko'mirdir.
Mamlakatimizda ko'mir qazib
olishning o'ziga xos yana bir xususiyati shundaki, uning 90-95 foizi ochiq
usulda qazib olinadi.
Tabiiy gaz sanoati endigina
shakllanayotgan (1961-yilda) yillarda Angren ko'mir konida yerosti
gazogeneratorlarida ko'mirni yuqori bosimdagi havo oqimi yordamida gazga
aylantiradigan «Yerostigaz» stansiyasi ishga tushirilgan edi. Shunday qilib
yoqilg'ining arzon turlari - neft va gaz, shular barobarida, ochiq usulda qazib
olinadigan ko'mirning ham ahamiyati ortib bormoqda.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.