Olimlar: Bir asrdan so'ng Sahroi Kabir yashillikka burkanadi
Jahondagi eng yirik cho'l bo'lmish Sahroi Kabirning chetlari va qurg'oqchilik iskanjasida qolgan hududlari yaqin yuz yil ichida global isish tufayli yog'ingarchilik miqdorining oshishi ortidan yashillikka burkanib, savannaga aylanishi mumkin, deyishmoqda iqlimshunoslar o'zlarining Earth System Dynamics jurnalida chop etgan maqolasida.
«Global isish chindan ham iqlimni radikal tarzda o'zgarishga olib kelishi mumkin. Jahonning ko'plab mintaqalarida u qurg'oqchilik va qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligi kamayishiga sabab bo'lishi turgan gap, biroq Sahroi Kabirning bir cheti bo'lmish quruq Sohilda u, aksincha, suv bilan bog'liq vaziyatni yaxshilashi va chorvadorlik hamda qishloq xo'jaligi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga olib kelishi mumkin», — deydi Germaniyaning Potsdam iqlimga oid tadqiqotlar instituti olimi Yakob Sheve.
Sahroi Kabir cho'li har doim ham qum bilan qoplangan bo'lmagan. 10 ming yil avval va taxminan 30–50 yil muqaddam u o't-o'lanlar va daraxtlardan iborat ulkan yashil tekislik bo'lgan. Antropologlarning fikricha, yashil Sahroi Kabir insoniyatning qadimiy ajdodlari Afrikadan chiqib, butun Yer kurrasiga tarqalishi uchun zamin bo'lgan.
Shevening hikoya qilishicha, so'nggi bir necha million yillar ichida Sahroi Kabir bir necha bor yashillikka burkanib, yana cho'lga aylanib, o'z qiyofasini Yer iqlimi tebranishlariga monand o'zgartirib turgan.
Bugungi kunda iqlim o'zgarishlari juda tezlashgan. Bu esa Sheva va uning hamkasblarini yaqin yuz yil ichida Sohil va uning atrofi qanday o'zgarishlarga duchor bo'lishini tekshirib ko'rishga undagan.
Buning uchun olimlar okeanlardagi oqimlarning, Afrika atmosferasidagi shamollarning o'zgarishi, o'rta yillik haroratning keyingi yillarda ham oshib borishi bilan bog'liq 30 ta turlicha iqlimiy modellarni yaratishgan.
Modellarning o'ntasi Sahroi Kabirda 2100-yilga borib hozirgidan 40–300 foiz ko'proq yog'ingarchilik yuz berishi va bu ko'payish iqlimiy model ma`lum bir harorat chegarasini bosib o'tgach, juda tez — 5-10 yil ichida sodir bo'lishini ko'rsatgan. Natijada Chad, Niger, Mavritaniya, Mali va Afrikaning boshka ko'plab cho'lli davlatlarining hududlari jungli va savannalar bilan qoplanib, tropik Afrika mamlakatlari singari yog'ingarchilikka ega bo'ladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.