Kamchatkadagi Bezimyanniy vulqoni harakatga kelishi mumkin


Kamchatkadagi Bezimyanniy vulqoni oxirgi 4 yil mobaynida birinchi kuchli otilishi mumkin. Bu haqda Rossiya vulqonshunoslik va seysmologiya instituti Kamchatka guruhi rahbari Olga Girina ma’lum qildi, deya xabar beradi "TASS”. 
 

"Vulqonning seysmik faolligi 18-noyabrdan orta boshladi. 5-dekabrdan boshlab sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari issiqlik anomaliyasi harorati ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda. 12-dekabr kechki payt harorat Selsiy bo‘yicha +50 darajani tashkil etdi”, — deya ta’kidladi Girina. 

Guruh rahbariga ko‘ra, yaqin kunlarda Bezimyanniy vulqoni harakatga kelishi va kuli dengiz sathidan 15 hamda undan ortiq kilometrga ko‘tarilishi mumkin.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar





Информация


Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.











To Top