Ko`zi ojiz yapon Tinch okeanini suzib o`tdi, deya ma`lum qildi TASS nashri.
Yaponiyalik so`qir dengizchi Misuxiro Ivamoto kichikroq yaxtada Tinch okeani bo`ylab suzishni yakuniga etkazdi.
Dengiz sayohati 10 ming kilometrga cho`zilgan. Bunda Ivamotoga AQSh fuqarosi yordam bergan. U faqat dengizchiga shamol yo`nalishi va boshqa texnik detallar borasida xabar berib turgan, ammo qayiqni va elkanlarni boshqarishda ishtirok etmagan.
2013-yili Ivamoto Yaponiyadan AQShgacha suzib bormoqchi bo`lgan, lekin o`shanda yo`lda uning qayig`i kitga urilib ketgan va halokatga uchragandi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!