Tinch okeaninining g`arbiy qismida joylashgan Guam orolini ko`pchilik Osiyo mamlakatlaridan biriga tegishli, deya adashtiradi, deb xabar bermoqda Rambler nashri.
Ammo Guam 1898 yildan beri AQSh tarkibiga kirgan.
Orol borasida kishini hayratga soladigan fakt bu emas, aslida.
Bu orolda yo`llar asosan neft va marjondan yotqiziladi!
Gap shundaki, Guamda qariyb qum yo`q. Orolning o`zi esa marjon qoyalar bilan o`ralgan.
Shu tariqa marjon va neft qorishmasi orqali asfalt yotqiziladi. Bu qimmatbaho materiallar butun dunyoda mo`may pul bo`lishiga qaramay, orolda ular suvtekin, desa bo`ladi. Qum importi esa o`ta qimmatga tushadi.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.