1. Samodagi eng yorqin yulduzning nomi? Sirius
2. Kontinental iqlim deganda qanday iqlim tushiniladi? Quruqlik iqlimi
3. Eng qadimiy eraning nomi? Arxey erasi
4. Yuz muskullarining harakati nima deb ataladi? Mimika
5. "Tayota” qaysi davlatda ishlab chiqariladi? Yaponiyada
6. Amerikaliklar dala hovlini nima deb atashadi? Rancho
7. Eng kichik zarra? Atom
8. Avstraliyaning ramzi? Kenguru
9. Afrikadagi qaysi daraxtni "maymun daraxti” deb ataydilar?Baobab daraxti
10. Inson umrini nima uzaytiradi? Kulgi
11. Geosinklinal nima? Serharakat zona
12. Masshtab nima? Aslidan necha marta kichikligini bildiruvchi son
13. Qo`ltiq bilan burunning farqini bilasizmi? Qo`ltiq - dengizni quruqlik ichkarisiga kirgan qismi
14. Ko`zoynaklar bilan savdo qiluvchi do`konning nomi? Optika
15. Eng yuqori harbiy unvon? Generallissimus
16. Tuman bilan bulutning farqi nimada? Tuman pastda bo`ladi
17. Biosfera bu nima? Hayot qobig`i
18. Berlin qaysi davlatning poytaxti?GFR
19. Eng qadimiy ichimlik? Choy
20. Kompasni qaysi xalq ixtiro qilgan? Xitoyliklar
21. Eng sersuv daryoning nomi? Amazonka
22. Charlz Darvin dunyoni aylanib chiqqan kemaning nomini bilasizmi? Bigl
23. G`o`za nima, uning urug`ini nima deb ataymiz? Paxta va chigit
24. Kasallik qo`zg`atuvchi ko`zga ko`rinmas mikroorganizmlarning nomi? Virus
25. O`zbekistondagi eng katta yirtqich kuchning nomi? Tasqara
26. Daryo toshganda suv ostida qoladigan qirg`oq hududlari nima deb ataladi? Qayir
27. Avstraliya nomi qanday ma`noni anglatadi? Janubiy Yer
28. Teleskopni kim ixtiro qilgan? Galiley
29. Dehqon deb kimni aytamiz? Ekin ekib hosil oluvchi
30. Tuya, ot hamda echkining bolasini nima deb ataymiz? Bo`taloq, toychoq, uloqcha
31. Suv ombori bilan ko`lning farqi bormi? Suv ombori sun`iy parpo etiladi[/spoiler]
32. Tabiat qo`riqxonasi deb nimani tasavvur qilasiz? [spoiler]Tabiiy holatda saqlanadi
33. Qaysi davlatning nomi "Buzoqlar mamlakati” ma’nosini bildiradi? Italiya
34. Chingizxonning qonunlar kitobi qanday nom bilan atalgan? Yasoq
35. Ilmu-fanda isbotni talab qilmaydigan narsani biz bir so`z bilan ataymiz - bu so`z? Aksioma
36. Buyuk Britaniyadagi qirollar saroyi qanday nomlanadi?Bukengem saroyi
37. Aholi o`sish sur’atlarining keskin oshib ketishi nima deb ataladi? Demografik portlash
38. Qanday savolga "ha” deb javob bera olmaysiz? Uxlayapsizmi?
39. Hindistonni 332-yil (1526-1858) davomida boshqargan saltanat? Boburiylar
40. Gladiatorlarning jang o`tkazuvchi maydoni nima deb ataladi? Arena
41. Oltin qanday o`lchovda o`lchanadi? Unsiya
42. 400 ming yaqin modda olish mumkin bo`lgan mineral moddaning nomi? Ko`mir
43. Firavnlar qabristonini nima deb ataymiz? Piramida
44. Qadim sharqda kitob muqovalovchi ustani kim deb atashgan? Sahhob
53 Qaysi tabiat ne`mati inson tanasida yuz foiz parchalanadi? Asal
54. "Ziji Ko`ragoniy” asarining muallifini ismi-sharifini ayting? Mirzo Ulug`bek
55. Yer sharidagi eng balandda joylashgan ko`lning nomi? Titikaka
56. Hindistonda jala quysa O`zbekistonda nima bo`ladi? Hech narsa bo'lmaydi
57. Buyuk bobomiz Beruniy vafot etgan shahar? G'azna shahri
58. Paxtani chigitdan ajratib oluvchi qadimiy asbobning nomi?Urchuq
59. Hashoratlarni o`rganuvchi fanning nomi nima? Entomologiya
61. Barcha yarim sharlarda joylashgan materik nomi? Yevrosiyo
62. Olmos qanday o`lchovda o`lchanadi? Karat-0,2g
63. Qayerlarda Quyosh bir yilda bir marta chiqib, bir marta botadi? Qutblarda
64. Eng oxirida qaysi materik kashf etilgan? Antarktida
65. "Ajal vodiysi” qaysi materikda joylashgan? Shimoliy Amerika
66. Kechasi shamol quruqlikdan dengizga qarab esadimi, yoki aksincha-mi? Quruqlikdan dengizga
67. Sardoba nima? Suv saqlanadigan bino
68. Manila qaysi davlatning poytaxti? Filippin
69 O`zbekistondagi ilk uyali aloqa kompaniyasi nomi? Uzdunrobita
70. Xalqda "bo`rining yesa ham, yemasa ham og`zi qon” degan maqol bor. Nega shunday?Tili qizilligidan
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.