Gidrosfera
1. Qaysi okean maydoni butun quruqlik maydonidan katta? Tinch okeani maydoni.
2. Qaysi okean suvlari beshta materik qirg'oqlarini yuvib turadi?Tinch okeani suvlari.
3. Qaysi okean suvlari to'rtta materik qirg'oqlarini yuvib turadi?Atlantika.
4. Yer yuzidagi eng chuqur okean qaysi? Tinch okeani.
5. Okean yotqiziqlari bilan materik yotqiziqlarining bir-biridan qanday farqlari bor? Bu farqlar qanaqa? Okean osti yer po'sti yupqa bo'lib, granit qatlam yo'q.
6. Yer sharidagi eng katta orol nomini ayting. Uning maydoni qancha?Grenlandiya, maydoni 2 mln 176 ming kv.km.
7. Qaysi orolda aysberglar hosil bo'ladi? Grenlandiyada.
8. Qaysi qo'ltiqda suv, eng balandga qalqib ko'tariladi? Fandi qo'ltig'i, 18 m.
9. Dengiz suvida 27 g tuz bo'lsa, bu suvning sho'rligi qancha, ya'ni necha promillega teng bo'ladi? 27% (promillega).
10. Qizil dengizning 1 t suvidan qancha tuz olish mumkinligini hisoblab chiqing? 41 kg
11. Qora dengiz suvining sho'rligi o'rtacha - 18%, Qizil dengiz suvining sho'rligi o'rtacha - 42%. Bu ko'rsatkichlarning farqlanishi sabablarini tushuntirib bering? Qora dengizga ko'p daryolar suv quyadi. Qizil dengizga suv quyuvchi daryolar oz, ular yozda qurib qoladi, suv kuchli bug'lanadi.
12. Qora dengizning 5 m.kub suvidan qancha tuz olish mumkin? 100 kg.
13. Dengiz suvining qalqishiga sabab nima?Quyosh va Oyning tortish kuchi.
14.Okeandagi yuza oqimlar sababi nima?Shamol, sho'rlik, harorat, Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi, okean osti relyefi.
15. Niagara sharsharasi qaysi ma-terikda joylashgan? Bu sharshara balandligi qancha? Shimoliy Amerika, 51 m.
16. Qaysi daryo Pomir toglaridan boshlanadi? Amudaryo.
17. Qaysi daryo Yevropada eng uzun? Volga.
18. Qaysi daryo G'arbiy Sibir tekisligi bilan O'rta Sibir yassi tog'ligi o'rtasida chegara hisoblanadi? Yenisey.
19. Qaysi daryo Valday qirlaridan boshlanadi? Volga.
20. Qaysi daryo Don kanali bilan tutashtirilgan? Volga.
21. Qaysi daryo dunyoda eng uzun? Nil, 6671 km.
22. Qaysi daryo dunyoda eng katta havzaga ega? Amazonka, 7180 ming kv. km.
23. Qaysi daryoga Rossiyadagi eng katta GES qurilgan? Yeniseyga.
24. «Hayot daryosi» deb atalmish Qoraqum kanali qaysi daryodan boshlanadi?Amudaryodan
ATMOSFERA
1.Havoning asosiy qismi atmosferaning qaysi qismida to'plangan, uning nomi nima va chegaralari qayerlardan o'tadi? Troposfera, ekvatorda, 0 metrdan - 18 km gacha.
2.lyul oyida Pomir, Kavkaz va Janubiy Ural tog'lari etaklarida havo harakati +36°, +24°, +20°C bo'lsa, bu tog'lar tepasidagi oylik o'rtacha harorat qancha bo'ladi? -6,5°, +12,8°C
3.Termometr 8 km balandlikda -18°C ni ko'rsatadi. Bu vaqtda Yer yuzasidagi harorat qanchaga teng bo'ladi? +24°C.
4.Agar tog' etagidagi harorat +26°C, tepasidagi esa -10°C bo'lsa, bu tog'ning balandligi qanchaga teng bo'ladi? 6 km.
5.Shamol kuchi nimaga bog'liq va u qanday birlik bilan olchanadi? Havo bosimiga bog'liq, metr, sekund bilan o'lchanadi.
6.Briz shamoli qayerlarda esadi? Dengiz bo'yida.
7.Uning yo'nalishi bir kecha-kunduzda necha marta o'zgaradi va nima uchun?Havo harorati ta'sirida.
8.Musson shamollari qayerlarda esadi?Asosan Hind okeanida.
9.Bu shamollar o'z yo'nalishini yiliga necha marta va qanday o'zgartiradi?2 marta: keskin, qarama-qarshi.
10.Sinf xonasida hajmi 200 m3 havo bor, uning harorati +20°C bo'lsa, bu havo o'zida necha litr suvni tutib turishi mumkin? 3,4 litr.
11.To'p-to'p, patsimon va qatlamli bulutlar qanday balandlikda paydo bo'ladi? 5000 m.
12.Bir xil kulrang, osmonni sidirg'a parda kabi qoplovchi va tumanga o'xshab ketuvchi bulutlar? Qat-qat bulutlar.
13.Osmonda har yer-har erda betartib uyilib yotgan paxta to'plari yoki bahaybat tog'larni eslatuvchi bulutlar? Qat-qat, to'p-to'p bulutlar.
14.Ko'zni qamashtiradigan darajadagi oppoq, ip yoki to'r shaklidagi bulutlar?Patsimon qat-qat bulutlar.
15.Jala va momaqaldiroq keltiradigan bulutlar? Yomg'irli to'p-to'p bulutlar.
16.Havoning gorizontal yo'nalishdagi harakati? Shamol.
17.Troposferaning muayyan joydagi va ayni vaqtdagi holati? Ob-havo.
18.Biz qaysi qobiqning tubida yashaymiz?Atmosfera.
19.«Beshinchi okean» nomi bilan ataladigan qobiq?Atmosfera.
20.Yerning qattiq qobig'i?Litosfera.
21.Dunyo okeani qaysi qobiq tarkibiga kiradi?Gidrosfera.
22.Biz qaysi qobiqning ustidan yuramiz?Litosfera.
23.Qaysi qobiq tufayli sayyoramiz qattiq qizib ketmaydi?Atmosfera.
24.Qaysi qobiqda Yerning Oy tortishish hodisasi kuzatiladi?Gidrosfera.
25.Geyzer va vulkanlarning paydo bo'lishi qaysi qobiqning ichki issiqligiga bogliq?Litosfera.
26. Zilzilaning o'chog'i, zilzila sodir qilgan Yer qa'ri, sinish, siljish, uzilish zonasi va epitsentri deb nimaga aytiladi?Zilzila sodir bo'lgan joyning ustki qismi.
27.Palaxsa tog'lar qanday paydo bo'ladi?Uzilma va irg'itma natijasida.
28.Tog'lar qanday jarayonlar ta'sirida o'zgaradi?Yerning ichki va tashqi kuchlari ta'sirida.
29.Dyunalarning barxanlardan nima farqi bor? Qanday qilib ular kengayishining oldini olish mumkin? Dyunalar dengiz, daryo sohillarida, barxanlar esa qumli cho'llarda bo'ladi.Ixota daraxtzorlari tashkil etish kerak.
30.Orol yarimoroldan nimasi bilan farq qiladi?Orolning hamma tornoni suv bilan yuvilib turadi.
31.Odamlar nima maqsadda qanday suv havzalari barpo etadilar?Odamlar yerlarni sug'orish va elektr toki olish uchun suv omborlari barpo etadilar.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.