Yilning
issiq kunlari kelishi bilan shifokorlar va sog`liqni saqlash muassasalari
ekstremal va uzoq davom etishi mumkin bo’lgan issiq havoga tayyor turadilar. Har
yili issiq havo ko’pchilik odamlar, ayniqsa yoshi katta insonlarning sog`lig`iga
putur yetkazadi. Issiq havo organizmning qizib ketishi, hattoki issiq urishiga
olib kelishi, yurak faoliyatining o’tkir buzilishlari va ongning izdan chiqishi,
yurak-qon tizimi va nafas olish kasalliklari kabi patologik holatlarning avj
olishiga sababchi bo’lishi mumkin.
Iqlim
o’zgarishi sababli ekstremal issiq havo me’yordagidan ko’proq kuzatilishi
mumkin, biroq uning salomatlikka salbiy ta’sirining oldini olish mumkin.
Quyidagi havo juda issiq bo’lganda amal qilish kerak bo’lgan ba’zi
tavsiyalar keltirilgan:
- Mahalliy
sog`liqni saqlash muassasalari tavsiyalariga amal qiling.
- Uyda
salqin havo ushlashga harakat qiling, xonadagi haroratni munatazam o’lchab
turing. Kunduzi ideal holatda xonadagi harorat 32 gradusdan, kechasi 24
gradusdan oshmasligi kerak. Xonadagi haroratni quyosh tushadigan derazalarni
to’sish, kechasi yoki tongda oynalarni ochish va xonada muzdek ho’l sochiqlarni
osib chiqib tushirish mumkin.
- Issiqda
qolib ketishdan saqlaning. Uyingizdagi, ayniqsa kechasi salqinroq xonada
bo’ling. Iloji bo’lsa kunning issiq paytida ko’chada qolib ketmaslikka harakat qiling.
Iloji boricha og`ir jismoniy zo’riqishdan qoching.
Soya joyda bo’lishga harakat qiling. Bolalarni va hayvonlarni mashinalar
to’xtash joylarida mashinaning ichida qoldirmang.
- Tanangizni
sovitish va organizmning suvsizlanishining oldini olish uchun choralar ko’ring.
Tez-tez sovuq dush yoki vanna qabul qiling. Tabiiy
matolardan tikilgan yengil, keng kiyimlarda yuring. Keng hoshiyali bosh kiyim
va quyoshdan saqlovchi ko’zoynaklar kiyib yuring. Kechasi ustingizni yopish
uchun yengil choyshablardan foydalaning. Muntazam ravishda suyuqlik ichib
turing, spirtli ichimlik, qahva va shirin ichimlik ichmaslikka harakat qiling. Kam-kamdan
tez-tez ovqat tanovvul qiling. Oqsillarga boy taomlar iste’mol qilmang.
Hayotining
aksariyat qismini yolg`izlikda o’tkazuvchi tanishlaringiz, do’stlaringiz, qo’shnilaringizning
sog`lig`idan xabar olib turing. Yolg`iz keksa va kasalvon odamlarni bir kunda
kamida bir marta yo’qlab turish kerak.
Agar siz muntazam biror dori qabul qilib yursangiz, shifokordan bu dori
issiqlik almashishga va suyuqlik miqdoriga ta’sir qilish-qilmasligini bilib
oling.
Qabul qiladigan
dorilaringizni 25 gradusdan past haroratda yoki muzlatgichda saqlang (bundan
avval dorining qutisidagi uni saqlash bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishib chiqing).
Surunkali kasallik yoki ko’plab dori vositalari qabul qiladigan
bo’lsangiz tibbiy yordamga murojaat qiling.
Agar
siz biror odamning terisi quruqshab, issiq ekanligi yoki u alahsirayotgani,
titrayotganin yoki xushidan ketayotganini payqasangiz, zudlik bilan tibbiy
yordam chaqirtiring.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.