Yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan regionlaridan
biridir. Shuning uchun ham uning hudidida dunyo miqyosida iqtisodiy jihatdan
eng rivojlangan ko`pgina mamlakatlarning joylashganligi bejiz emas. Bunday
mamlakatlar qatoriga «sakkizlik» davlatlari GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya
va Italiya bilan bir navbatda Ispaniya, Shveysariya, Avstriya,
Shvetsiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va boshqalar
kiradi.
Yevropadagi eng rivojlangan
davlatlar ichida o'zining ulkan iqtisodiy salohiyat va rivojlanganlik
darajasiga binoan Germaniya Federativ Respublikasi keskin ajralib turadi.
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI
Geografik o'rni, mamlakat haqidagi umumiy ma’lumotlar
Germaniya Markaziy Yevropada
joylashgan. Quruqlikda u Niderlandiya, Belgiya, Luksemburg, Fransiya,
Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha, Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida uning iqtisodiy va siyosiy
geografik holatining o‘ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Yevropaning markazida, iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlangan davlatlarga yaqin,
transyevropa bosh yo'lining kenglik va uzunlikdagi kesishgan yerida joylashganligi
Germaniyaga katta foyda keltirmoqda. Muhim afzalliklardan yana biri - Germaniyaning
dengiz yaqniida joylashgan va qo'shni mamlakatlarning yirik port shaharlari (Rotterdam, Antverpen va b.) ga yaqinligi bilan bog'langandir.
1989-yilning oktyabrida ikki
davlat GFR va GDR birlashganidan keyin Germaniya hozirgi chegaralariga ega bo`ldi,
Natijada, GFR hududi 43% ga,
aholisi esa 27% ga ko‘paydi.
GFR - parlament Respublikasi.
Hududiy-siyosiy tuzilishiga ko'ra, 16 yerdan tashkil topgan federatsiya, bular
quyidagilardan iborat: Baden-Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen,
Gamburg, Gessen, Meklenburg (oldingi Pomeraniya), Quyi Saksoniya,
Reynland-Pfals, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Saar, Saksoniya, Saksoniya-Apgalt,
Tyuringiya va Shlezvig-Golshteyn, pul birligi yevro.
Tabiiy boyliklari
Rudali foydali qazilmalarning
konlari о`rtachu balandlikdagi tog‘larga, neft va tabiiy gaz
konlari esa Shimoliy Germaniya pasttekisligiga to'g'ri keladi.
G'arbiy Yevropa davlatlari
o'rtasida Germaniya o‘zining toshko‘miri va qo'ng'ir ko‘miri bilan ajralib
turadi. Toshko‘mirning asosiy konlari Rur, Saar
va Axen havzalarida joylashgan, ko'mirning 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanadigan ko‘mirdir.
Qo‘ng‘ir ko'mirning ishonchli
zaxiralarining katta qismi (80 mlrd. t) Sharqiy Germaniyada joylashgan. U ochiq
usulda qazib olinadi.
Tabiiy gaz konlari mamlakatning
shimolida to'plangan. Temir rudalari zaxiralari mavjud bo`lsa-da, biroq ularning
sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta qatlamlari
joylashgan. Kaliy va magniy tuzlarining zaxiralari ham mavjud.
Qurilish materiallari ishlab
chiqarish va shisha sanoati uchun xomashyo resurslari kattadir.
Mamlakatning yirik daryolari -
Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq
dengizlari havzalari) va Dunay (Qora dengiz havzasi). Barcha muhim
daryolar kanallar bilan tutashtirilgan. 1993-yilda Shimoliy dengizdan Qora
dengizgacha bo'lgan transyevropa suv yo'lining qurilishini yakunlagan Mayn-Dunay
kanali ochildi. O'rta Germaniya kanali va uning Berlin hamda Vezer daryogacha bo'lgan davomi
ta’mirlanmoqda. Xalqaro darvo mavqeyiga ega bo'lgan Reyn daryosining iqtisodiy
ahamiyati Germaniya uchun juda muhimdir.
Aholisi
Ikki nemis davlati
birlashganidan so'ng mamlakat aholisi keskin ko'paydi va hozir salkam 81,0 mln.
kishini tashkil qiladi (G'arbiy Yevropada birinchi o'rinni egallaydi). Tug'ilish
o`limdan bilan deyarli teng, 1 km.kv ga 240,3 kishi to'g'ri keladi.
Germaniya aholisining soni muhojir (Turkiya, sobiq Yugoslaviya respublikalari,
Italiya, Gretsiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan kelayotgan)lar hisobiga
oshib bormoqda. Davlat- ning qayta birlashishi arafasida g`arbiy yerlarda 5
mln. ga yaqin, Sharqda esa 0,2 mln. chet elliklar bor edi. Hozirgi paytga kelib
ular soni 7 mln. dan oshdi.
Davlat tili - nemis tili.
Aholining eng ko‘p qismi nemislar, qolganlari - dunyoning turli davlatlaridan kelgan
muhojirlardan iborat.
Ustuvor din - xristian dini.
Mamlakatda 40 mln. - protestantlar, 35 mln. katoliklar mavjud. Janub va G'urbda
katoliklar ko’p uchraydi, qolgan hududlarda protestantlar ustunlikka ega.
Urbanizatsiya darajasi 74% dan
ortiq. Ko‘pgina shaharlar aglomeratsiyalar yadrosi hisoblanadi, biroq aholisi 1
mln. dan ortiq bo'lgan shaharlar ko'p emas (Berlin, Gamburg, Myunxen). Hozir mamlakatda
(Niderlandiya bilan birga) Reyn megapolisi rivojlanmoqda. Unda jami 30 mln. kishi
yashaydi.
GFR xo`jaligi
Germaniya - jahonning eng rivojlangan
mamlakatlaridan biri. Ichki yalpi mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmi
bo'yicha u AQSH va Yaponiyadan keyingi uchinchi o'rinni egallaydi. Tashqi savdo
aylanmasining hajmi bo'yicha jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o'rinda turadi.
Germaniyaning Yevropa va jahon
xo`jaligidagi muhim ahamiyatini uning yuqori sifatli mahsulot chiqarishga
qaratilgan sanoati belgilaydi.
Fantalab tarmoqlarnmg hissasi
ortib bormoqda. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlarini, avtomobil,
organik kimyo mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha Germaniya dunyoda oldingi
o'rinlardan birini egallaydi. GFR ning barcha yirik sanoat kompaniyalari
transmilliy korporatsiyalardan iboratdir («Daimler-Benz», «Wolkswagen»,
«Siemens», "Hoechst”, «Bayer»).
Germaniya energetikada o'z
ehtiyojlarining yarmidan ko`pini import hisobiga qondiradi. Neft va gaz asosiy ahamiyatga ega. Ko‘mirning
hissasi 30% ga yaqin. Neft
tankerlarda va neft quvurlari orqali Shimoliy dengiz, Rossiya, Afrika
davlatlari (Nigeriya, Liviya), Fors ko'rfazi davlatlaridan keltiriladi. Neftni
qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan. Eng yirik
markazlar — Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Shvedt va boshqalar.
GFR da elektr energiyaning
asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. IES lar Rur va
Saar havzalarida, port shaharlarida - ko‘mirda, neftni qayta ishlash
markazlarida - mazutda ishlaydi, boshqa IES lar esa aralash yoqilg‘ida
ishlaydi. Keyingi vaqtda mahalliy ko'mirga nisbatan Avstraliyadan arzon bahoda
olib kelinayotgan ko'mirning ahamiyati oshib bormoqda.
AES larda elektr quvvatining 30%i ishlab
chiqariladi (ular ko‘mir havzalarining chegarasidan tashqarida qurilgan). GES
lar, asosan, mamlakatning janubida (tog‘ daryolarida) joylashgan.
Rangli va qora metallurgiya. GFR ning rangli metallurgiyasi, asosan,
chetdan keltirilgan va ikkilamchi xomashyo (rangli metall parchalari) da
ishlaydi. Korxonalar joylashishining bosh omili - energiya resurslari bilan
ta’minlanganlik va xomashyoni olib kelishdagi qulaylik. Aluminiyni eritish
bo'yicha Germaniya G'arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyingi ikkinchi
o'rinni egallaydi Asosiy zavodlar Shimoliy Reyn-Vestfaliya yenning hududida,
shuningdek, Gamburg va Bavariyada joylashgan. Qora misni eritish Gamburg va
boshqa shaharlarda amalga oshiriladi.
Mashinasozlik va metallga ishlov berish - GFR sanoatining eng rivojlangan
tarmoqlaridan biri. Mamlakat sanoat mahsulotlari va eksportining yarmiga yaqin
qismi mashinasozlikka to'g'ri keladi. Eng yirik markazlar quyidagilar: Myunxen,
Leypsig, Nyumberg, Mangeym, Berlin, Gamburg. Mashinasozlik ishlab chiqarishi
eng ko'p rivojlangan yerlar: Baden-Vyurtemberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliyadir.
Avtomobil ishlab chiqarish
bo'yicha Germaniya dunyoda AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyingi to`rtinchi
o'rinni egallaydi. «Wolkswagen», «Mercedes-Benz», «BMW», «Ford-Verke», «Opel»kabi korporatsiyalar avtomobil ishlab chiqaradi. Avtomobilsozlikning eng
yirik markazlari - Volsburg, Shtutgart, Kyoln, Ryusselxaym, Myunxen
shaharlaridir.
Dengiz kemasozligining asosiy
markazlari – Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi, daryo
kemasozligining markazi - Duysburg shahridir. Optik mexanika korxonalarining
eng ko'p to'plangan joyi - Baden-Vyurtemberg va Tyuringiya yerlaridir. Samolyotsozlik
sanoatning yirik markazlari - Myunxen, Aersburg, Gamburg, Bremen va shu
shaharlar atrofidagi shaharlardir.
Germaniya kimyo sanoatining asosiy
rayoni bu Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeridir (butun mahsulotning 2/5 qismi). Eng yirik markazlari quyidagilar: Leverkuzen(«Bayer» konserni) Kyoln, Darmagen, Frankfurt-Mayn («Hoechst» konserni),Lyudvigsxafen («Basf» korserni).
Transporti. Transport yo'llarining zichligi bo'yicha Germaniya
jahonda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Yevropa kengashi bo'yicha sheriklari bilan
bo'lgan iqtisodiy aloqalarning jadalligi va Yevropaning markazida joylashgani
bilan bog'liq holda transportning barcha turlari rivojlangan. Transport tarmog`ning
asosini temiryo'llar tashkil qiladi (44 ming km ga yaqin), shulardan 90 % i
elektrlashtirilgan.
Umumiy yuk aylanmasida asosiy
o'rinni avtomobil transporti (60% atrofida) egallaydi, keyingi o‘rinlarda
temiryo‘l transporti (20%), ichki suv (15%) va quvur transportlari turadi.
Yo'lovchi tashishda avtomobil transportining hissasi yanada yuqori (90% ga
yaqin). Oliy darajadagi avtomobil yo'llarining umumiy uzunligi 11 ming km dan
ortiq.
Konteyner tashuvchi kemalarning
tonnaji bo'yicha Germaniya, AQSH, Panama, Tayvandan keyingi 4-o`rinni
egallaydi. Mamlakatning dengiz portlari yuk aylanmasi bo'yicha Yevropa
davlatlarining yirik portlaridan pastroq o'rinlarni egallaydi. Eng yirik dengiz
portlari Gamburg, Vilgelmsxafen, Bremen, Emden, Rostok hisoblanadi. Mamlakat
tashqi aloqalarda dengiz transporti qatorida havo transporti ham muhim ahamiyatga
ega. Barcha yirik yarmarka markazlarida aeroportlar mavjud. Jami Germaniyada 16
ta xalqaro aeroportlar bor bo'lib, Frankfurt aeroporti Yevropada yuk tashish
bo'yicha birinchi va yo'lovchi tashish bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi (Londonning
"Xitrou” aeroportidan keyin).
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tashqi savdoning umumiy hajmi bo'yicha Germaniya AQSH
dan keyin 2-о`rinda turadi. Tashqi savdo balansi uzluksiz
ravishda ijobiy bo'lib kelmoqda. Tashqi savdoning tovar va geografik tuzilishi
mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini aks ettiradi. GFR,
avvalo, sanoati rivojlangan davlatlarga, birinchi o'rinda Yevropa kengashi bo`yicha
sheriklariga qarab ish tutadi. Tashqi savdo aylanmasining 50 foizi va olib chiqilayotgan
sarmoyaning asosiy qismi shu davlatlarga to'g'ri keladi. Yevropaning ko'p
mamlakatlari uchun Germaniya bosh savdo sherigi hisoblanadi.
Xalqaro bozorda Germaniya
yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlovchi davlat sifatida tan olingan.
Eksportning 90% dan ortig`ini sanoat mollari tashkil etadi. Germaniyaning
barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporatsiyalardir. Shularning
ba’zilari, ayniqsa, xalqaro ixtisoslashish tarmoqlarning korporatsiyalari
jahonning eng yirik korporatsiyalari hisoblanadi. (kimyo sanoatida - "Bayer",
«Hoechst», «Basf» kompaniyalari, elektronikada — «Siemens», avtomobilsozlikda
("Daimler-Benz”). Organik kimyo mahsulotlarini chetga chiqarish bo'yicha
mamlakat jahonda birinchi o'rinni egallaydi, stanoklarni va boshqa ishlab
chiqarish jihozlarini eksport qilish bo`yicha birinchi o`rinni egallash uchun
Yaponiya bilan musobaqalashmoqda.
Germaniya - jahondagi eng yirik
investorlardan biri. U o'z sarmoyalarini ko`pgina davlatlarning sanoati va
xizmat sohasiga sarflamoqda.
O'zbekiston davlat mustaqilligi
yillarida GFR va boshqa Yevropa mamlakatlari bilan xalqaro munosabatlarning
ko'p shakllari bo'yicha hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Shularning ichida
savdo aloqalari ustun ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining jami tovar
aylanmasining 5,6% hamda importning salkam 11,6 qismi GFR ga to‘g`ri keladi (2011-y). Yevropa
mamlakatlaridan Shveysariya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan respublikamiz
salmoqli eksport-import aloqalariga ega.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!