Yevropa tabiiv resurslaming
barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a mamlakatlari ushbu resurslardan
o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon bozoridagi vaziyatdan
mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqqan tarzda har xil
darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy omillardan tashqari tabiiy-geografik
shart-sharoitlar ham muhim rol o`ynamoqda.
Yevropada yer va suv
resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a tabiiy sharoiti qishloq xo`jaligini
rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. Bu o‘rinda O'rta Yevropa va
Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o'tish
lozim.
Yevropa biologik resurslar,
ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Bu yerda
Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, qisman
Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Finlandiya va Shvetsiyadan tashqari
mamlakatlardagi o'rmonlar, asosan, yosh daraxtlardan tashkil topgan.
Agroiqlim resurslan O'rta
Yevropa va Janubiy Yevropada qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishga
imkon beradi.
Yevropa - mineral resurslaring sanoat
ahamiyatiga ega bo'lgan konlari topilgan.
Yoqilg'i-energetika
resurslaridan toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy
gaz, gidroresurslardan foydalanilmoqda.
Toshko'mirning yirik konlari
Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va
Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd tonnadan
GFR da salkam 300 mlrd tonnagacha boradi.
Qo'ng'ir ko'mirning yirik
konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) mavjud.
Yonuvchi slaneslar Boltqbo'yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi.
Yevropa neft va tabiiy gazning
ulkan konlariga ega bo`lmasa ham, har holda qit’alar ichida oxirgi o'rinda
qolmagan Bunda Shimoliy va Norvegiya dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir.
XX asrning 80-90-yillarida ushbu dengizlarning tubida dastlabki neft va tabiiy
gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t,
gaz miqdori 200 mlrd. kub m dan oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy
qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga tegishli.
Neft va tabiiy gaz Niderlandiya,
Belgiya, Ruminiya, Ukraina,
Belarus,
Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi.
Temir rudalarining yirik konlari
Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk
konlari)da joylashgan. Marganes rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan.
Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya,
Rumimyada mis-molibden, ruda konlari juda ko'p. Fransiya va Gretsiyada yirik
boksit, Vengriyada nefelin konlari topilgan. Simob rudalari Italiya, Ispaniya,
Ukrainada qazib olinadi. Polimetall rudalar konlari ko'pchilik mamlakatlarning
hududlarida topilgan, lekin ularning zaxiralari unchalik katta emas.
Yevropada, xususan, Italiyada, Ukrainada
oltingugurt, Belarus, Ukrainada oltingugurt kaliy va osh tuzi konlari eng salmoqlidir.
Yevropada murakkab demografik
vaziyat mavjud bo'lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past
darajadagi tug'ilish va tabiiy o'sish mavjud bo`lgan Yevropaga hozirgi vaqtda
barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug'ilish va tabiiy o'sish
sur’atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug'ilish 26-28 promilledan 11-13 promillega,
tabiiy o'sish 16-18 promilledan 2-4 promillega tushib qoldi. Tug'ilish va
tabiiy o'sish darajalarining keskin pasayishi har xil sabablar bilan
bog'langan.
Hozirgi vaqtda tug'ilishning
nisbatan yuqori ko`rsatkichlari
Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya
mamlakatlanga xosdir. O'rtacha tug'ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya,
Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya,
Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga, tug'ilish darajasi
keskin pasayib, tabiiy o'sish manfiy ko'rsatkichga ega (o'lganlar soni
tug'ilganlar sonidan ortiq) bo'lgan mamlakatlar soni yildan-yilga ko'payib
bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova
Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug`lish
yoshidagi ikki ayolga tug'ilgan ikki-uch bola to'g'ri kelmoqda, xolos.
Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda.
Yevropa aholi o'rtasida umumiy
o'lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi.
Aholining har 1000 kishiga nisbatan o'lganlar soni bu yerda 2013-yilda 12
kishini tashkil etdi. Bu ko'rsatkich aholining yosh-jins tarkibida keksa
yoshdagilarning ulushi yuqori bo`lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya,
Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.) da yana ham yuqori darajaga egaligi
bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar
salmog'i nisbatan katta bo'lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya,
Italiya, Albaniya)da umumiy o‘lim koeffitsiyenti birmuncha past.
Yevropa davlatlari (Albabaniyadan
tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga
mansubdirlar. So'nggj chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik
siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining o'sish sur’atlari deyarli
o'zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi
soni 1980-2012-yillarda 245 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta
tug'ilgan go'dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o'lmoqda. G'arbiy Yevropada bu
ko‘rsatkich 5-8 bolaga to‘g‘ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki,
XX asrning so'nggi 10 yili va XXI asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada
qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi.
Yevropa aholi migratsiyalarining
ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri
Yevropa aholisi okean orti mamlakatlarda ko'chib o'tadigan eng katta region
hisoblanadi. Bir asr davomida (1815-1914-yillar) emigratsiya 35-40 mln. kishini
qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga
aholining emigratsiyasi kuzatildi.
Yevropa yirik mamlakatlari aholisi ishchi
kuchining soni hamda ulushi
Davlatlar |
Soni, mln.
kishi |
Ishchi kuchi
soni, mln. kishi |
Ulushi, % |
Rossiya |
142 |
75,2 |
52,8 |
Germaniya |
81 |
44,0 |
54,3 |
Fransiya |
66 |
29,6 |
44,8 |
Buyuk Britaniya |
63 |
31,9 |
50,6 |
Italiya |
61 |
25,3 |
41,5 |
Ispaniya |
47 |
23,1 |
49,1 |
Ukraina |
45 |
22,2 |
49,3 |
Polsha |
38 |
17,9 |
47,1 |
Ruminiya |
22 |
9,3 |
42,3 |
Portugaliya |
11 |
5,5 |
50,0 |
Gretsiya |
1 |
4,9 |
50,4 |
Belgiya |
10 |
5,0 |
50,0 |
Vengriya |
10 |
4,2 |
42,0 |
Chexiya |
10 |
5,5 |
55,0 |
Belarus |
10 |
5,0 |
50,0 |
Yevropa Ittifoqi |
498 |
229,0 |
46,0 |
Yevropa jami aholi soni |
715 |
344,6 |
48,2 |
XX asr 50-yillarining
o`rtalarida G`arbiy Yevropada emigratsiya immigratsiyadan ustun kelardi, lekin
keyinchalik ahvol keskin o`zgarib, G`arbiy Yevropa dunyodagi eng ko`p aholini
qabul qilish markaziga aylanib qoldi. 70-yillarning boshida immigrantlar soni
10 mln. bo`lsa, 90-yillarning boshida ularning soni 15 mln.ga yetdi.
G`arbiy Yevropaga aholining oqib
kelishi sabablarini chet el va mahalliy geograflar o`rganib, quyidagi xulosaga
keldilar. Immigrantlar, asosan, katta pul toppish hamda mehnat va hayotning
qulay sharoitlari izidan keladi. Tahlil natijasida aniq bo`ldiki,
immigrantlarning aksariyat qismi yirik sanoat rayonlarida va katta shaharlarda
istiqomat qiladi. Masalan, Fransiyadagi immigrantlarning 37% i Parijda,
ularning 24% I esa Bryussel (Belgiya)da yig`ilgan. Buning asosiy sababi past
malakali, "kelgindi” ishchilar, eng avvalo, qurilish, tog`-kon sanoatida hamda
farrosh, gazeta sotuvchisi bo`lib ishlaydi. Masalan, Fransiyadagi "kelgindi”
ishchilarning 45% i qurilish sanoatida, 40% I yo`l ishlarida, 15% i avtomobilsozlik
sanoatida ishlaydi.
Sharq davlatlari bilan bir
qatorda Yevropani ham qadimgi shaharlar vatani deb atasa bo`ladi. Bundan kelib
chiqadiki, bu regionda, boshqalardan farqli o`laroq, urbanizatsiya jarayoni
ertaroq paydo bo`lgan. XX asr boshidayoq butun jahon yirik shaharlarining 1/3
qismi Yevropaga to`g`ri kelar edi. Hozirgi vaqtda bunday shaharlar soni 400
taga yetgan. Mamlakatlarning urbanizatsiya darajasi 80% dan past emas. Yevropa
mamlakatlarida aholini taqsimlashning zamonaviy shakli – shahar aglomeratsiyasi
vujudga kelgan va u rivojlanib bormoqda. Ularning taqsimlanishi quyidagicha:
Fransiyada – 74, GFR – 72, Buyuk Britaniyada – 68, Italiyada – 56, Ispaniyada –
37, Niderlandiyada – 22, Shvetsiyada – 11 va Belgiyada 10 ta shahar
aglomeratsiyasi joylashgan. Buyuk Britaniyaning eng asosiy va katta
London-Liverpul megapolisida 30 mln. kishi
istiqomat qiladi. Yevropa mamlakatlari ichida shahar aholisining ilushiga
binoan quyidagi mamlakatlar ajralib turadi. Monako mamlakatining
urbanizatsiyalashgan darajasi 100 foizga teng. Ushbu ko`rsatkich Belgiyada 97,4
foizga, Maltada – 94,8, San-Marinoda – 94,1, Islandiyada – 93,5, Andorrada –
87,6
, Daniyada – 87,1, Fransiyada – 85,9, Finlyandiyada – 85,4, Ispaniyada –
77,6, Germaniyada – 74,0, Rossiyada – 73,2, Ukrainada – 69,1, Polshada – 60,9
foizga teng. Qit`ada eng past urbanizatsiyalashgan Bosniya va Gersegovinada
49,2 foizga ega.
Yevropa mamlakatlari xo`jaligi
Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining
ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda
yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan
alohida ajralib turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy sohalar
va eng yangi texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar,
bahaybat aeroportlar va transkontinental tezyurar magistrallar o'zining yorqun
ifodasini topgan.
Yer quruqlik yuzasining atigi 5%
ni egallagani holda, Yevropa (Rossiyasiz) jahon aholisining 8% ni o'zida
jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va demografik salohiyati ulkan davlatlar - GFR,
Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar
Vatikan, Monako, San-Marino va boshqalar keng tarqalgan.
Yеvrора dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan
regionidir. Shahar aholisining salmog`i 65-68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari)
74-92% gacha va hatto, 100% gacha (G`arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi.
Yevropa Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahari mavjud.
Yevropaga jahon miqyosida YIM
ning 19,6%i (AQSHga 18,3 %, Yaponiyaga 5,3%), jahon eksportining 12,1%i (AQSHga
8,2%, Yaponiyaga 4,8%) to‘g‘ri keladi.
Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning
5 tasi, 100 ta eng yirik TMK (Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng
salmoqli bankning 11 tasi ham Yevropada joylashgan.
Dunyodagi jami horijiy investitsiyalarning
salkam yarmi Yevropa davlatlari tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko'rsatkich AQSH
bo'yicha 20% ga teng).
Milliy (global)
raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008-2009-yy.) Yevropa mamlakatlari
quyidagi o`rinlarni egallaydi: Shveysariya 2 (AQSHdan keyin), Daniya,
Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3,4,6,7 va
8-o`rinlarni.
Yevropada jahonning yetakchi
bank-moliya markazi - London
joylashgan. U barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.
Yevropa jahon xo'jaligida sanoat
va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin
va valuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi bo'yicha yetakchi o'rinlarni
egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta sakkizlik»ka kiruvchi to'rt
davlat - Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya belgilab beradi. Aynan
ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish soha va tarmoqlariga ega. Biroq, ular о`rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil ichida o'zgardi. Hozir asosiy
rolni Germaniya o'ynamoqda. Mazkur mamlakat reindustrializatsiya yo`lidan ildam
sur`arlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar ichida Ispaniya, Niderlandiya,
Shvetsariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy salohiyatga ega. Ularning
iqtisodiyotlari to`rt yirik davlatlardan farqli o`laroq, Yevropa va butun
dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. Iqtisodiy ochiqlik
Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit`ada Sharqiy Yevropa mamlakatlari
iqtisodiyoti ham munosib o`rin egallaydi. Ushbu mamlakatlarda XXI asrda ham
bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o`tish davom etmoqda.
Sanoati va qishloq xo`jaligi
Yevropaning xalqaro-geografik mehnat tizimidagi o'rni va ahamiyati 200
yildan ziyod davr mobaynida sanoat orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda ham sanoat yuqori sur’atlarda rivojlanishda davom
etmoqda.
Mashinasozlik Yevropanmg
yetakchi sanoat tarmog'i hisoblanadi. Mazkur tarmoq butun sanoat mahsulotining 1/2 qismini, eksportning 2/3 qismini tashkil qiladi. Ayniqsa, avtomobilsozlik
yuksak darajada rivojlangan Dunyoda «Renault» (Fransiya), «Wolkswagen»,
«Mercedes-Benz» (GFR), "Fiat” (Italiya), "Volvo” (Shvetsiya),
«Tatra» (Chexiya) kabi avtomobil markalari mashhurdir.
Myunxen, Tuluza, Manchester,
Bryussel shaharlari harbiy sanoat markazlari bo'lib hisoblanadi.
Mashinasozlik, avvalo, mehnat resurslari,
ilmiy baza va rivojlangan infratuzilmaga asoslanadi. Lekin, sanoat bulardan ham
ko'proq yirik shaharlar va aglomeratsiyalarga, poytaxtlarga intiladi. Jumladan,
Buyuk Britaniyada elektrotexnika, elektronika, kosmik va aviaraketa sanoati
tarmoqlarining rivojlanganligi bo'yicha London,
avtomobilsozlik bo’yicha Birmengem, to'qimachilik mashinasozligi bo'yicha Manchester, kemasozlik
bo'yicha Glazgo shaharlari va rayonlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Yevropada sanoat tarmoqlari
ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o'rinda kimyo va neft-kimyo sanoati
turadi. Qit’ada nafaqat regionning, balki butun dunyoning eng «kimvolashgan»
davlati - GFR joylashgan. Ikkinchi jahon
urushiga qadar kimyo sanoati, asosan, kon-kimyo xomashyosiga asoslangan holda rivojlangan
edi. Kaliy va osh tuzlari, oltingugurt va boshqa shu kabi xomashyodan foydalanilardi.
Qit’ada neft va tabiiy gaz
konlarining ochilishi neft-kimyo tarmog'ining rivojlanishiga sabab bo'ldi.
Yevropaning g'arbiy hududlarida joylashgan Temza, Sena, Reyn, Elba,
Rona kabi daryolar nomlari bilan bog'liq holda neftni qayta ishlovchi markazlar
barpo etildi. Eng yirik neft-kimyo tarmog`i Niderlandiyaning Rotterdam shahri
rayonida joylashgan. Qit’aning shaiqidagi neft va gaz magistral quvurlari o'zining
yonida neft va tabiiy gazni qayta ishlovchi korxonalar va neft-kimyo
majmualarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Chexiya, Slovakiya, Polsha va Vengriyadagi
neftni qayta ishlovchi korxonalar ham quvurlarga yaqin hududlarda barpo
qilingan. Bolgariyadagi neft-kimyo majmuasi Qora dengiz sohilida joylashgan.
Yevropaning ko'pchilik
davlatlarining yoqilg`i-eneigetika xo'jaligida neft va tabiiy gaz muhim o'rin
egallaydi. Mazkur xomashyo turlari regionning ehtiyojini to'la-to'kis
qondirmaydi. Yetishmagan xomashyo boshqa mamlakatlardan, avvalo, Rossiyadan
hamda Shimoliy Afrika va Fors ko'rfazidan import qilinadi.
Yevropaning Polsha va Chexiya
davlatlarida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir katta miqdorda qazib olinadi.
Jahon miqyosida yoqilg'i-energetika
balansida muhim rol egallagan qo'ng'ir ko'mir havzalari qatoriga Balxatuv (Polsha),
Shimoliy Nesh (Chexiya), Post Lauziya va Galle-Leypsig (Germaniya)
havzalari kiradi. Issiqlik elektr stansiyalarining ham ko'pchiligi ko'mir
havzalariga tortiladi. Lekin IESlarining asosiy qismi dengiz portlari va katta
shaharlarda barpo etilgan. Elektroenergetika tizimida AESlar muhim o'rin
egallaydi. Bu o'nnda, ayniqsa, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya davlatlari ajralib turadi. Ularning
hududlarida 80 dan ortiq AES joylashgan.
Dunay va uning irmoqlarida hamda
Rona, Reyn, Dnepr, Dnestr va boshqa daryolarda ayrim GES lar va ularning kaskadlari
barpo qilingan.
Metallurgiya tarmog'i Yevropada
yuz bergan fan-texnika inqilobidan ham ilgari shakllangan.
Qora metallurgiya, avvalambor,
yoqilg'isi va xomashyosi mavjud bo'lgan Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Ispaniya, Belgiya, Lyuksemburg, Polsha, Chexiyada rivojlandi.
Rangli metallurgiyaning asosiy
tarmoqlari aluminiy va mis sanoatidir. Aluminiy ishlab chiqarish xomashyo va
elektr elektroenergetikaga boy Fransiya, Italiya, Vengriya, Ruminiya, Gretsiya,
Germaniya mamlakatlarida rivojlangan. So‘nggi paytlarda aluminiy korxonalari,
asosan, rivojlanayotgan mamlakatlardan (Surinam, Yamayka, Gvineya, Gviana,
Hindiston) olinadigan xomashyoga tayanmoqda. Mis sanoati Germaniya, Fransiya,
Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Polsha hamda Bosniyava Gersogovinada rivojlangan.
Yevropada yengil sanoat o'zining
oldingi ahamiyatini birmuncha yo'qotdi. Eski to'qimachilik rayonlari hisoblanmish
Buyuk Britamyadagi Lankashir va Yorkshir, Polashadagi Ludz hozirgi
vaqtda ham faoliyat ko'rsatmoqda. Lekin so'nggi yillarda yengil sanoat Janubiy
Yevropaga ko`chayotganligi ta’kidlab o'tish lozimdir. Janubiy Yevropa regioni
arzon ishchi kuchiga boy. Ana shunday mamlakatlardan biri Portugaliya
Yevropaning asosiy tikuvchilik fabrikasi bo‘lib qoldi, Italiya esa poyabzal
ishlab chiqarishda dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o'ringa chiqib oldi.
Yevropa mamlakatlarida sanoatning
boshqa tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan.
Qishloq xo'jaligi
mahsulotlarining yalpi hosili va turlari bo'yicha Yevropa mamlakatlarining
ko'pchiligi o'zlarining ichki ehtiyojlarini to'la qondiradi va ularning qolgan
qismini eksport qiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin
mamlakatlarning agrar munosabatlarida, yer egaligi va unga ishlov berish
tizimida universal mayda dehqon xo'jaligidan katta ixtisoslashgan yuqori tovar
ahamiyatga ega xo`jalikka o`tish bilan bog'liq bir qator o'zgarishlar bo'lib
o'tdi. Qishloq xo'jaligi korxonasining asosiy shakli sifatida yuqori darajada
mexanizatsiyalashtirilgan fermer xo'jaligi qabul qilindi. Bu o'rinda, ayniqsa,
chorvachilik tarmog'ida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berganini ta’kidlab
o'tish zarurdir. Binobarin, chorvachilik Yevropaning juda ko'p mamlakatlarida,
shu jumladan Daniyada yuqori darajada rivojlangan bo'lib, u xalqaro
ixtisoslashuv tarmog`iga aylandi. Daniya sariyog', sut, pishloq, cho'chqa go'shti,
tuxum yetishtirish va eksport qilish bo'yicha dunyoning eng yirik davlatlaridan
biriga aylandi. Uni Yevropaning «sut fermasi» deb atalishiga ham sabab shudir.
Dehqonchilik aholining asosiy ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, balki
chorvachilik tarmog'iga ham xizmat qiladi. Hosildor yerlarning aksariyat qismi
madaniy ekinlar yetishtirishga ajratilgan.
Janubiy Yevropada dehqonchilik
chorvachilikdan ustun ahamiyatga ega. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya
va boshqa mamlakatlar boshoqli (bug`doy, arpa, suli, sholi) va moyli (zaytun
daraxti, kungaboqar) ekinlarini yetishtirish bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlarni
egallaydi.
Yevropa mamlakatlari transporti
Yevropa mamlakatlari yuqori darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga
ega. Regionda transportning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. Dunyodagi
jami aloqa yo‘llari, transport korxonalari va transport vositalari birgalikda jahon
transport tizimini tashkil qiladi, Jahon transport tizimida 100 mln. dan
ortiq, Yevropa mamlakatlarida 20 mln. kishi ish bilan band. Yevropa
mamlakatlarida о`rtacha yiliga 20 mlrd. t yuk va 200 mlrd. kishi
transportning barcha turlari yordamida tashiladi. Ushbu jarayonda 130 mln.
avtomobillar, salkam 10 ming dengiz kemalari, 2 mingdan ortiq samolyot, 40 ming
lokomotiv ishtirok etadi.
Yevropada yo`lovchi tashish
transportida avtomobil transporti yetakchilik qiladi. Unga jami tashilgan
yo‘lovchilarning deyarli yarmi to‘g‘ri keladi. Dengiz transporti yuk tanishda
tengsiz hisoblanadi. Uning jami tashilgan yukdagi ulushi 62 foizni tashkil
etadi.
Yevropada temiryo`l transporti
Rossiya, GFR, Fransiya va boshqa ko'pchilik mamlakatlarda rivojlangan.
Rossiyada 87 ming km, GFR da 44 ming km va Fransiyada 33 ming km temiryo'l qurilgan. Temiryo`llarning
katta qismi elektrlashtirilgan. Fransiya va Buyuk Britaniya o`rtasida tunnel
orqali o`tuvchi tezyurar poyezdlar qatnaydi.
Ma’lumki, avtomobil
transportining rivojlanishi unda mavjud mashinalar soniga bog'liq. GFR (35 mln.
dona), Italiya (31 mln. dona), Fransiya (28 mln. dona), Buyuk Britaniya (24
mln. dona), Rossiya (18 mln. dona), Ispaniya (16 mln. dona) davlatlari
yetakchilik qiladilar.
Yevropada quvur transporti ham
yuqori darajada rivojlangan. G'arbiy, Sharqiy, Shimoliy va Janubiy Yevropa
mamlakatlarining ko‘pchiligi bir-biri hamda Rossiya bilan neft va tabiiy gaz
quvurlari orqali bog`langan. Neft va gaz quvurlari Shimoliy va Norvegiya
dengizlari akvatoriyalarida ham faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi vaqtda Yevropani
Markaziy Osiyo bilan bog`lovchi "Nabukko” gaz quvuri barpo qilinmoqda.
Yevropa mamlakatlarida dengiz
transporti ham, ichki suv transporti ham rivojlangan. Dengiz transporti Niderlandiya,
Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Polsha, Shvetsiya, Norvegiya va
boshqa mamlakatlarda rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega.
Dunyoda yuk aylanmasi yiliga 200
mln. tonnadan yuqori bo'lgan dengiz portlari ichida Rotterdam porti (300 mln. t) nafaqat
Niderlandiyada, balki butun dunyoda tengi yo‘q hisoblanadi.
Ichki suv yo'llari Rossiya, GFR,
Niderlandiya va qator boshqa mamlakatlarda yuqori darajada rivojlangan.
Havo transporti Buyuk Britaniya,
Fransiya, GFR va Rossiyada yaxshi rivojlangan bo'lib, bir yilda 60 mln.
yo'lovchini tashuvchi London,
Frankfurt-Mayn, Parij shaharlari keskin ajralib turadi.
Turizm. Atrof-muhitni muhofaza qilish
Yevropa qadimdan turizm yuqori
darajada rivojlangan dunyo regioni hisoblanadi. Fransiyaga yiliga 50 mln. dan ortiq, Italiya va Ispaniyaga 30-40 mln.
kishi turistik sayohat qiladi. Shvetsariya, Portugaliya, Germaniya, Avstriya,
Buyuk Britaniya, Gretsiya va boshqa shu kabi mamlakatlar ham jahonning yirik
turistik markazlari hisoblanadi.
Yevropa aholisi, shaharlari zich
joylashgan, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi yuqori bo'lgan,
transport va turizm rivojlangan regiondir. Bu esa atrof-muhitning ifloslanishiga
ta’sir ko'rsatadi.
Bu borada birinchi o'rinda
hududning asosiy joylarini egallagan sanoat - ishlab chiqarishlaning iflos
chiqindilarini nazarda tutish kerak. Masalan, ko'mir konlari hamda Reyn, Rona,
Luara va boshqa daryolardagi GES lar shular jumlasidandir.
Regionning atrof-muhitiga tobora
jipslashib borayotgan qishloq xo'jaligi katta ta’sir ko'rsatmoqda. Avtomobil
sanoatining yuqori darajada rivojlanishi, havoda yuk tashish hajmining
kengayishi, dengizda kema qatnovlalarining ko'payishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir
etmay qo'ymaydi. Oxirgi paytda dengizbo`yi va tog'li rayonlarda turizmning ham
tez sur’atlar bilan rivojlanishi ham atrof-muhitga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda.
Ammo, umumiy o'xshashliklarga qaramasdan, ekologiya sohasida Yevropa regionlari
o'rtasida, ayniqsa, G'arbiy va Sharqiy Yevropa o'rtasida tafovut mavjuddir.
Yevropada 1973-yilda
atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi Yevropa Ittifoqi davlatlarining
birinchi dasturi qabul qilindi. Ikkinchi dastur esa 1977-yilda qabul qilindi.
Ekologik muammolarni, atrof-muhitni har xil zararli ta’sirlardan saqlash,
ekologik barqarorlikni yuzaga keltirish uchun tabiat resurslaridan oqilona
foydalanish, ekologik ekspertizalarni tashkil etish maqsadida davlatlararo
maxsus komissiya qarorlari qabul qilindi. XX asrning 80-90-yillarda tabiatni
muhofaza qilish va ekologik muammolar to`g`risida 300 dan ortiq hujjatlar qabul
qilindi.
Bu muammolar ichida toza havoni
ifloslantiruvchi kislotali yomg'irdan saqlash Xalqaro konvensiyasi juda muhim
o'rin egallaydi.
Shuningdek, tabiatni muhofaza
qilish fondi Yevropa Ittifoqi tomonidan qo'llab- quvvatlana boshlandi. Bundan
tashqari, 80-yillarning oxiri va 90-yillarda tabiatni muhofaza qilishning
to'liq strategiyasi ishlab chiqildi. Atrof-muhitni bir me’yorda ushlab turish
maqsadida, 90-yillarning boshlariga kelib, neft mahsulotlaridan, ko'mir va
tabiiy gazdan oqilona foydalanish maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan soliqlar
tizimi muhokama qilingandan so'ng qabul qilinadi.
Yana
shuni ta’kidlash mumkinki, har xil boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham qator
ishlar amalga oshirildi. Masalan, yo‘l harakati intensiv bo'lgan joylarda
yashaydigan kishilar Yevropa Ittifoqi tomonidan 140 mln. dona velosiped bilan
ta’minlandi. Shuningdek, Gretsiya, Niderlandiya, Daniyada ekologik muammolarni
hal qilish uchun kengaytirilgan ishlar olib borildi. 1993-yil tabiatni muhofaza
qilish, turizmni rivojlantirish borasida Yevropa Ittifoqi maxsus qarorlar qabul
qildi. Bu qarashlardan asosiy maqsad, dengiz atroflarida, tog'li rayonlarda,
milliy parklarda, qo riqxonalarda ekologik masalalarga, ekologik barqarorlikka
ko'proq e’tibor benshdan iboratdir.