Palaxsa,
palaxsa tog` - yer
po`stining tektonik yoriqlar bilan ajralgan qismi, bir bo`lagi. Palaxsa tog`larning
yonbag`ri tik, usti tekis yoki salgina qiya bo`ladi. Qadimda
burmalanib, keyin tekislanib qolgan o`lkalarda
vujudga keladi. Bular yoshargan tog`lar deyiladi.
Paleogeografiya - Yer yuzasi tabiatining rivojlanish tarixini o`rganuvchi fan. Paleogeografiya tabiiy geografiya va tarixiy geologiyaning bir qismi.
Paleogeografiya ikki yirik bo`limdan iborat: umumiy paleogeografiya - geografik qobiqning
rivojlanish tarixini o`rganadi; regional paleogeografiya esa - ayrim landshaftlar
(tabiiy hududiy komplekslar) ning rivojlanish tarixini o`rganadi. Paleogeografiya tadqiqotlarida geografik qobiq va landshaftlarning
o`tmishi tog` jinslari qatlamlarining tarkibi,
yoshi, yotish holati, ularda saqlanib qolgan organik hayot qoldiqlari, relikt reylef
shakllari va boshqalar asosida tiklanadi. Geografik qobiq geografik landshaftlar
va komponeitlarning hozirgi tabiatini to`g`ri tushunish hamda ularning kelgusi
rivojlanishini aniqlashda paleogeografiyaning asosiy metodi bo`lmish
tarixiy metodning roli juda katta. Paleogeografiyaning geografik qobiq va
landshaftlarni so`nggi 1 mln. yil, ya’ni tarixiy davr mobaynidagi o`zgarishlarini
o`rganuvchi qismi tarixiy geografiya (aniqrog`i tarixiy tabiiy geografiya) ni
tashkil etadi. Tarixiy geografiya - inson paydo bo`lgandan buyongi geografik sharoitni va unga jamiyat
ta’sirini o`rganish bilan shug`ullanadi.
Paleogeomorfologiya -
geomorfologiyaning o`tmish geologik davrlardagi reylef shakllarini o`rganuvchi
tarmog`i. Paleogeomorfologiyaning asosiy ob’ekti ko`milib qolgan reylef shakllarini (eski o`zanlar, vodiylar, jarlar va h.k.)
hamda denudatsiya protsessida ochilib qolgan
qadimgi reylef shakllarini o`rganishdir. Paleogeomorfologiya qadimgi reylef
shakllarini tasavvur qilishga imkon beradi.
Paleoglyatsiologiya- qadimgi geologik davrlardagi muzliklarni, shuningdek Yer sharidagi hozirgi
muzliklarning paydo bo`lish tarixini o`rganuvchi fan.
Paleozoy
erasi, paleozoy (yunoncha paleos - qadimgi, zov - hayot)
- yer geologik tarixining
uchinchi erasi va bu
erada paydo bo`lgan tog` jinslari. Bundan 570 mln. yil oldin boshlanib, 330
mln. yil davom etgan. Paleozoy erasi 6
davrga bo`linadi: Kembriy, Ordovik, Silur, Devon, Toshko`mir va Perm davrlari.
Paleoiqlimshunoslik- iqlimshunoslikning
tarmog`i, o`tmish geologik davrlar iqlimlarini o`rganadi.
Paleontologiya (yunoncha paleos -
qadimgi, logos - fan) - qirilib
bitgan qadimgi (qazilma) o`simlik va hayvonlarni hamda Yerning butun geologik o`tmishi
davomida organik dunyoning qanday taraqqiy etganini o`rganadigan fan. Organizmlarning
toshqotgan qoldiqlari va izlari turli o`simlik hamda hayvon guruhlarining qanday
izchillik bilan taraqqiy etgani va o`zgargani hamda qirilib bitganini bilishga
imkon beradi. Paleontologiya tog`
jinslarining yoshini aniqlashga va geologik o`tmishda organizmlar hayoti uchun
sharoit qanday bo`lgansni o`rganishga imkon beradi.
Pampa (indeetscha
pampa – o`tloq tekislik) - Argentina
va Urugvaydagi subtropik dasht.
Pangeya– paleozoy erasida yerda okean bilan o`raglan yagona materik nomi.
Parallellar -
Yer yuzasida ekvatorga parallel o`tkazilgan
shartli doiralar. Xarita, globuslarda ko`rsatiladi. Parallellar shimol bilan
janubni ko`rsatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari parallellar qisqara boradi. Parallellarga
qarab joyning geografik kengligi aniqlanadi.
Partov yer – uzoq muddat ishlatilmay tashlab qo`yilgan yer, o`t, chim, hosil bo`lib tuproq zichlanib va strukturalanib boradi.
Parlamentar
tuzum - mamlakatdagi
qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament ixtiyorida bo`lgan davlat tuzumi.
Parlamentar respublikalarda va konstitutsion monarxiyalarda parlament qonun chiqaruvchi
oliy organ bo`lish bilan birga hukumat faoliyatini nazorat ham qilib turadi.
Prezidentlik respublikalarida (Masalan, AQShda) parlament qonun chiqaruvchi
organ xolos; prezident davlat boshlig`igina emas, balki hukumat boshlig`i hamdir;
prezident vazirlarni tayinlaydi yoki ishdan oladi, parlament oldida javobgar
emas.
Parma -
Shimoliy Uralning g`arbiy yonbag`rida bosh tizmaga parallel joylashgan va qora qarag`ay
- oq qaragay o`rmonlari bilan qoplangan pastroq tog` tizmalarining mahalliy
nomi.
Partov yer -
uzoq davr (10-16 yil) ekin ekilmasdan tashlab qo`yilgan yer.
Passat - (gollandcha passaat) - tropik kengliklarda okeanlar ustida yil bo`yi barqaror esib turadigan havo oqimlari. Subtropik yuqori bosim mintaqasidan ekvator yoki past bosim mintaqalariga mintazam esib turadi. Passatlar -
tropik kengliklarda yuqori bosim mintaqalaridan (25-30 daraja kengliklardan) ekvatorga
tomon yil bo`yi esib turadigan doimiy shamollar. Passatlar sharqdan g`arbga
tomon esadi. Lekin Yer sharining aylanishi ta’sirida shimoliy yarim sharda
shimoli-sharqdan janubi-g`arbga, janubiy yarim sharda janubi-sharqdan shimoli-g`arbga
buriladi.
Passat oqimlari – dunyo okeani tropik kengliklarida hukmron bo`lgan passatlar ta`sirida yuzaga keladigan ustki suv oqimlar.
Pastlama buloq -
suvi oqib tushadigan buloq. Suvli qatlamdagi
suv sathi buloq chiqqan joyga nisbatan baland bo`lganda hosil bo`ladi.
Pastlik,
pastlik yer -
atrofdagi joylarga qaraganda past, botiq yerlar. Pastlar suffozion cho`kish, oqar
suvlar eroziyasi oqibatida hosil bo`ladi. Cho`llarda shamol hosil qilgan
soyliklar o`rnida ham vujudga keladi. Pastliklarda yer osti suvlari yuza joylashganidan
ko`pincha botqoq, sho`rxok bo`ladi.
Past tekislik - atrofidagi joylarga nisbatan past (pastqamda)
joylashgan tekislik.
Pasttekislik- okean sathidan 200 m
gacha baland bo`lgan tekislik. Masalan, Amazonka pasttekisligi. Okean sathidan
past bo`lgan pasttekisliklar ham bo`ladi (Masalan, Kaspiybo`yi pasttekisligi).
Pastqamlik -
dasht, o`rmonli dasht zonalarida suffoziya, tuproq hosil qilish jarayonida vujudga kelgan sayoz, tagi tekis past
yerlar. Ko`pincha doira, cho`ziq doira
shaklida bo`ladi. Chuqurligi bir necha metrgacha yetishi mumkin. Atrofdagi
dasht yerlardan pastroq bo`lgandan qayin, tog`terak, bo`talar ko`proq o`sadi,
ba’zan sizot suvlar chiqib, sho`rxoklarga aylanadi.
Patsimon
bulut - bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi o`n xil
bulutning biri - Cirrus (ci). Uzun cho`zilgan patlar shaklida bo`ladi. Muz
kristallchalaridan iborat. Troposferaning yuqori qismida juda past haroratda
vujudga keladi. Ba’zi patsimon bulutlar atmosfera fronti yaqinlashayotganda
front yuzasi bo`ylab yuqoriga ko`tarilayotgan iliq havodan hosil bo`ladi.
Bunday patsimon bulut atmosfera fronti darakchisidir. Bunday bulutlar g`arb
tomonda go`yo bir nuqtadan chiqib kelayotganga o`xshaydi.
Patsimon to`p bulut- bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi o`n xil
bulutning biri - Cirrocuraulus (Ss). Uzun-uzun cho`zilgan yupqa qatlamli bulut. Odatda juda mayda pag`a-pag`a bulutlardan
iborat bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat bo`lib, troposferaning yuqori qismida
past haroratda vujudga keladi. Patsimon to`p bulutlar havo tik ko`tarilganda
va siklonlarning salqin frontida paydo bo`ladi.
Patsimon
qat-qat bulut - bulutlarning xalqaro klassifikasiyasidagi un
xil bulutning biri- Cirrostratus (Cs). To`lqinlangan yupqa kumushsimon bulut.
Troposferaning yuqori qatlamlarida
paydo bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat. Iliq frontning yuqori qismida
vujudga keladi.
Paxta -
muhim texnika ekini va tolasi. Paxta tozalash zavodlarida chigit toladan
ajratib olinadi. Paxta to`qimachilik sanoatining eng arzon va keng tarqalgan xom ashyosidir. Har yili
butun dunyoda tayyorlanadigan barcha to`qimachilik
tolalarining qariyb yarmini paxta tolasi tashkil etadi. Paxta tolasidan har xil
gazlama, texnik to`qimalar - kord, transportyor lentalari, tasmalar kabi
turli-tuman (jami 50 ga yaqin) buyumlar olinadi. Chigit tarkibida 24-49% moy bo`lib,
undan 45 dan ortiq mahsulot (paxta moyi, shulxa va b.) tayyorlanadi. Hozir
80 dan ortiq mamlakatda paxta yetishtiriladi. Dunyoda yetishtiriladigan
paxtaning 9/10 qismini MDH mamlakatlari, AQSh, Hindiston, Pokiston, Meksika,
Misr, Braziliya, Turkiya beradi.
Pag`a
bulut - bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi bulut turlaridan biri -
Altocumulus. Oq yoki kul rang tusli paxta uyumiga o`xshaydi. Troposferaning o`rta
qismida suv tomchilaridan paydo bo`ladi.
Pag`a qor -
yirik yumshoq qor. Iliq frontda nam havoning yuqoriga tez ko`tarilishi
jarayonida yog`adi. Ko`pincha erta
bahorda kuzatiladi.
Pelagial (yunoncha pelagos - dengiz) - okean,
dengiz va ko`l suvlarining pelagial organizmlar tarqalgan qismi (qatlami).
Pelagial suv haroratining chuqurlik oshgan sari pasayishiga qarab epilimnion,
metalimnion va gipolimnion zonalariga bo`linadi. Pelagialning
tagida havzalarning suv osti qismi bental
joylashadi. Pelagial bilan birga butun havzani tashkil etadi.
Pelagial organizmlar –
suv havzalari (okean, dengiz, ko`llar) ning suvli qatlamida yashovchi organizmlar. Pelagial organizmlar - harakatchan
organizmlar, ya’ni nekton
va oqim bo`yicha passiv harakat qiluvchi - planktonga
bo`linadi.
Pemza (lotincha
pumeks – ko`pik)
- vulkan otilishidan paydo bo`lgan
otqindi tog` jinsi, teshik-teshik
lava. Yog`och, tosh, metallarni
pardozlash uchun ishlatiladi va yengil betonga qo`shiladi.
Peridotit -
aksari olivin, piroksendan iborat, yer po`stining chuqur qismida hosil bo`lgan
magmatik tog` jinsi. Ko`pincha
yashil va yashil-kul rangda bo`ladi.
Perigey
(yunotscha peri -
yaqinida, ge - Yer) - Oy yoki sun’iy yuldosh orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasi.
Perigeliy (yunoncha
peri - yaqinida, gelios -
Quyosh) - Quyosh atrofida
aylanadigan planeta, kometa va boshqa kosmik jismlar orbitasining Quyoshga eng yaqin nuqtasi.
Periseleniy (yunoncha
peri - yaqinida, seleniye -
Oy) - Oy yo`ldoshi orbitasining Oy yuzasiga eng yaqin nuqtasi.
Pelagial yotqiziqlar – ochiq dengiz va okeanlar tubida qirg`oqdan ancha uzoqda suvdagi mualliq mayda zarrachalarning asta-sekin to`planishidan hosil bo`ladigan cho`kindi.
Peneplen - o`tgan geologik davrlarda ko`tarilgan burmali tog`larning yer yuzida sodir bo`ladigan jarayonlar ta`sirida yemirilishi natijasida kelib chiqqan tekisliklar.
Pelitlar– chaqiq tog` jinslari. 50%dan ko`p qismi 0,01-0,005 mm.li mayda zarrachalardan tashkil topgan. (Masalan: gil)
Pilla-pocha- zinasimon yonbag`ir. Granit, bazalt tog` jinslari odatda pilla-pocha hosil qilib
yemiriladi.
Pirit (yunoncha pir -
olov) - oltingugurt, temir va boshqa metallar aralashmasidan iborat mineral.
Tarkibida mis, rux, nikel, oltin va boshqa metallarning aralashmasi bo`lgan piritdan
rangli va nodir metallar, sulfat kislota olishda, qoldiqlaridan esa temir
rudasi sifatida foydalaniladi.
Plan (lotincha
planum - tekislik) - kichik hududning
yoki biron binoning tekis
yuzadagi tasviri.
Plan 1:2000 va undan ham yirik masshtabda tuziladi.
Planetalar (yunoncha planetos -
sayyor) - Quyosh atrofida aylanib yuradigan
va quyoshdan yorug` oladigan sharqimon osmon jismlari. 8 ta yirik planetalar bor. (Merkuriy,
Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun.)
Planetezimal- planetalarni hosil qilgan
dastlabki kosmik chang va gazlar.
Ular koinotda bulutlar ko`rinishida bo`lgan. Hozirgi vaqtda
ham galaktikadagi yulduzlar oralig`idagi fazoda, ayniqsa
galaktika markazi yaqinida bunday chang va gaz
tumanliklari kuzatiladi.
Plankton (yunoncha planktos-
sayyor) - harakat organlari bo`lmagan va suvda oqib yuradigan organizmlar. Plankton
orasida hayvonlar ham (zooplankton), o`simliklar, xususan suvutlar ham (fitoplankton)
bor. Plankton baliq va boshqa dengiz hayvonlari, jumladan kitlar uchun
oziq bo`lib xizmat qiladi. Kislorodga boy mo`tadil sovuq
suvlarda, masalan, Barens, Azov, Kaspiy va Yapon dengizlarida plankton ayniqsa
ko`p bo`ladi.
Plantatsiya (lotincha plantasio - ekin ekish) - mahsuloti aksari eksport qilinadigan kofe,
kakao, choy, shakarsamish, paxta, sholi, kauchukli ekinlar ekish bilan shug`ullanadigan
yirik qishloq xo`jaligi korxonasi.
Platina
rudalari (ispancha plata -
kumush) - tarkibida platina gruppasiga kiradigan metallar (platina, osmiy,
iridiy, palladiy, rodiy, ruteniy) bo`lgan mineral birikmalar. Bulardan eng
mudimi bo`lgan platina qiyin
eriydigan, kimyoviy jihatdan mustahkam va elektrni yaxshi o`tkazadigan
metalldir. Platina kimyoviy idishlar, zargarlik buyumlari yasashda, elektrotexnikada,
tish qo`yishda va boshqalarda ishlatiladi.
Plato- yer yuzasi yassi yoki sal to`lqinlangan, bir oz
parchalangan baland tekislik. Atrofdagi tekisliklardan tik jarliklar hosil qilib
qad ko`tarib turadi. Masalan, Ustyurt platosi, Baland platolar ko`pincha yassitog`lik deb ataladi. Plato - Yer yuzasidagi yassi yoki sal to`lqinlangan, ba`zan biroz parchalangan baland tekisliklar.
Plitalar– yerni tashqi qobig`i bo`lib, ular soni 13 tani tashkil etadi.
Plyos– daryoning sayoz qismlari orasidagi chuqur joy.
Platforma (fransuzcha
plat - yassi, forma -
shakl) - yer po`stining uzoq vaqt davomida ko`tarilmasdan va cho`kmasdan hamda
burmalanmasdan turgan katta (umumiy maydoni bir necha mln. kv.
km keladigan) qismi (palaxsasi). Platforma ikki yarusdan
iborat bo`ladi; birinchi, quyi yarus magmatik va metamorfik jinslardan tarkib
topgan bo`lib, platformaning burmalangan mustahkam zaminini (fundamentni)
tashkil etadi. Ustki yarusi ana shu zamin ustida gorizontal yotgan cho`kindi jinslardan
tuzilgan (qalinligi 3-5 km). Platformaning
har ikkala yarusi aniq bo`lgan qismlari plita
deyiladi. Platformaning ustida cho`kindi jinslar qatlami bo`lmagan, mustahkam zamini yer
yuzasiga chiqib qolgan
qismlari qalqon deb ataladi. Misol, Sharqiy Yevropa tekisligining katta qismi
plitadir (Rossiya plitasi), Skandinaviya va Kola
yarim orollari, Kareliya va Finlyandiya hududi qalqonga misoldir. (Baltika qalqoni.) Platforma– ikki yarusli qatlam – birinchi qatlam magmatik va metamorfik jinslardan; ikkinchi qatlam cho`kindi jinslardan tarkib topgan bo`ladi.
Plyos -
daryo o`zanining sayoz joylari orasidagi chuqurroq qismlari.
Plita -
platformalarning ustini salgina qiya yoki gorizontal cho`kindi jinslar qoplangan
botiq qismlari. Platformalarda zaminning kristalli va metamorfik qattiq jinslarini keyingi geologik
davrlarning dengiz va kontinental yotqiziqlari qoplashidan vujudga keladi.
Podzol tuproqlar -
mo`tadil sovuq iqlim sharoitida igna bargli - aralash o`rmonlar tagida paydo bo`ladigan
tuproqlar. Bu yerlarda yog`in
buglanishga qaraganda ko`p yoqqanidan oson eriydigan moddalar tuproqning ustki qatlamlaridan yuvilib tushib, quyi qatlamlarida to`planadi. Podzol tuproqning ustki qatlami qo`ngir yoki bo`zg`ish rangda bo`lib,
chirindisi kam (1-4%). Bu qatlam tagida
mayda kvars qumi donalaridan iborat kul rang (podzol) qatlam yotadi, oziq moddalar bu qatlamdan quyiga tushib ketgan. Tagida
o`tlar o`sib yotadigan aralash o`rmonli hududlarda chimli podzol tuproqlar hosil bo`ladi. Bunday tuproqlarning ustki qatlami qoramtir bo`lib, chirindisi ko`proq.
Podzol tuproqlar muzlik yotqiziqlaridan paydo bo`lgan, kam unum. Unumdorligini
oshirish uchun o`g`it solish, ohaklash va agrotexnikadan to`g`ri foydalanish
kerak.
Poyma -
daryo vodiysining suvga eng yaqin qismi.
Paynov (poy -
oyoq, nov - suv oqadigan o`zan, ariq) - suv oqib chiqib ketadigan joy.
Polese -
qadimgi muzliklar olib kelgan jinslar, aksari qumlardan tarkib topgan past
tekisliklar. Igna bargli (aksari qarag`ay) va keng bargli o`rmonlar bilan qoplanib
yotadi.
Polimerlar (yunoncha polimeres- ko`p qismlardan
iborat) - molekulalari ko`p sonli takrorlanuvchi guruhlardan tarkib topgan katta
molekulyar massali kimyoviy birikmalar. Sintetik polimerlar polietilen,
polipropilen, fenolformaldegid smolalarga bo`linadi. Polimerlardan tolalar,
plyonkalar, plastmassalar, laklar, yelim, smolalar olinadi. Polimer materiallar
- hozirgi davr kimyosining asosiy mahsulotlaridir.
Polimetall
rudalar (yunoncha poli –
ko`p) - tarkibida bir necha metall, ya’ni qo`rg`oshin, rux, shuningdek kumush,
mis, oltin, vismut, kadmiy, indiy, qalay, kobalt va boshqalar bo`lgan rudalar.
Polimetall rudalar oldin boyitiladi. Konlari:
Shimoliy Kavkaz, Qozog`iston, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, O`zbekistonda esa Chatsol, Qoramozor, Qurama tog`lari; chet ellarda
- AQSh, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, Polsha, GFR, Marokash va b.
Polineziya (yunoncha poli –
ko`p, nesos - orol) - Okeaniyadagi
orollar. Tinch okeanning markaziy qismida, 23°30' sh. k. bilan 28° j. k. hamda
176° shq.u. bilan 109°20' g`.u. oraligida. Polineziya tarkibiga Tonga orollari,
Gavayi orollari, Kuk arxipelagi, Samoa orollari, Pasxa oroli va boshqalar
kiradi.
Polonina -
Karpat tog`larining baland tog` o`tloqlari
bilan qoplangan, tepalari yassi baland qismining nomi.
Polder (gollandcha polider -
quritilgan yer) - dengizlarning pasttekislikdan iborat sohili (marsh) ning quritilgan
va o`zlashtirilgan qismlari. Dengiz va daryo suvlaridan
dambalar bilan to`silgan. Polder juda unumdor bo`ladi.
Niderlandiya, GFR, Daniya, Angliya va AQShda uchraydi.
Port (lotincha portus –
qo`ltiq) - okean, dengiz, ko`l yoki daryo qirrog`idagi punkt (joy) hamda
yon-veridagi akvatoriya (suv) ning bir qismi.
Port to`lqinlardan to`silgan bo`lib, kemalar turishi va yuk ortish-yuk tushirish
ishlari uchun moslab jihozlangan bo`ladi. Turli omborlar hamda passajirlarga
xizmat qiladigan vokzallar, kemalarni remont qiladigan va ularni yoqilg`i, suv, oziq-ovqat bilan ta’minlab
turadigan korxonalar ham port tarkibiga kiradi. Port– dengiz, ko`l yoki daryo qirg`oqlarida kemalar turadigan qulay joy.
Poleogeografiya– yer va yer po`stini o`tgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini o`rganuvchi fan.
Podzol tuproq – tuproq paydo bo`lish jarayonida alyumin-slikat birikmalarining parchalanishidan tuproq qatlamida SiO2 to`planadi u kulrang tovlanadi nomi ham shundan olingan.
Porshtok - asosiy zilziladan oldin bo`ladigan yer qimirlashi
Preriya (fransuzcha preri –
o`tloq) - Shimoliy Amerikadagi dasht. Qoyali tog`lar bilan Missisipi daryosi
oralig`ida. Asosan boshoqli o`tlar o`sadi, tuprog`i qora tuproq. Hozirgi vaqtda deyarli yoppasiga haydab yuborilgan.
Proklastik jinslar – vulqondan otilib chiqqan maxsulotlar qotishidan paydo bo`lgan chaqiq tog` jinslari.
Promille– bir kg dengiz suvi tarkibida mavjud bo`lgan barcha qattiq moddalarning sho`rlik miqdorini ifodalovchi birlik.
Psemofitlar - qumda o`suvchi o`simliklar
Pushcha– o`tib bo`lmaydigan darajadagi qalin o`rmon.
Provinsiallik- landshaftlarning bir tabiat zonasi doirasida
geografik uzunlik yo`nalishida almashina borishi. Provinsiallikka asosiy sabab
materik chekkasidan ichkarisiga tomon iqlimlarning o`zgarishidir. Masalan, tayga
zonasi Rossiya tekisligida, G`arbiy Sibirda, O`rta Sibirda, Shimoli-Sharqiy
Sibirda va Uzoq Sharqda mustaqil tabiiy geografik provinsiyalar hosil qiladi.
Promille - biron-bir sonning mingdan bir
ulushi. Suvning sho`rligini aniqlashda promille suvning 1000 og`irlik ulushiga
necha ulush foiz to`g`ri kelishini bildiradi. Dunyo okeani suvining o`rtacha sho`rligi
35 promille.
Protektorat (lotinchaprotektor - homiy)- zaif
mamlakatning biron-bir davlatga qaramlik formasi. Asosiy hokimiyat, jumladan
tashqi siyosat metropoliya qo`lida bo`lib, mamlakatni metropoliya tayinlaydigan
amaldorlar idora qiladi.
Proterozoy
erasi, proterozoy (yunoncha proteros –
ilk, zoye - hayot) - Yer tarixining kembriydan oldin o`tgan vaqtining katta qismini
o`z ichiga olgan era va shu erada paydo bo`lgan jinslar. Bir necha eraga to`g`ri
keladigan (2 mlrd. yildan ortiq) vaqtni o`z ichiga olgan. Proterozoy quyi
proterozoy, o`rta proterozoy va yuqori proterozoy deb uchga bo`linadi. Proterozoy
yotqiziqlarida ibtidoiy organizmlar, asosan suvo`tlar va bakteriyalarning qoldiqlari
uchraydi.
Psixrometr(yunoncha psixros- sovuq,metreo-o`lchayman) - havo namligini o`lchashda ishlatiladigan asbob. Ikki
termometrdan iborat - biri quruq, ikkinchisining uchiga latta o`ralib, suvli
idishga tiqib qo`yilgan. Hul termometr haroati quruq termometr haroratiga
nisbatan pastroq bo`ladi. Ana shu ikki termometr ko`rsatgan harorat farqiga qarab maxsus jadvallar
yordamida havo namligi aniqlanadi.
Pushta- 1) Vengriyada qumli tuproqlarda chalov o`sadigan dasht. Hozirgi vaqtda pushtalarning ko`p
qismi haydalib ekinzor va pichanzorlarga aylantirilgan; 2) ikki ariq oralig`idagi ko`tarma yer.
Tojikistonda do`ng, tepa ma’nosida ham qo`llaniladi.
Pushcha- nihoyatda qalinkatta o`rmonzor, chakalakzor. Odatda Yevropayaing mo`tadil mintaqadagi o`rmonlari
pushcha deyiladi, Masalan, Belaya Veja Pushchasi.
Po`rtana- dengizda ro`y beradigan kuchli (halokatli) dovul,
kuchli girdob shamoli. Yomg`irli qora
to`p bulut ostida paydo bo`ladi. Bunda girdob shamoli havonigina emas, dengiz
suvini ham ko`tarib ketadi. Po`rtanadagi shamol tezligi sekundiga 100 metrdan
oshishi mumkin.
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!