6-sinf uchun GEOGRAFIYA fanidan 1-variant test savollari
1. Quyosh Yerdan necha marta katta?
A) 1 mln 500 ming marta
B) 1 mln 400 ming marta
C) 1 mln 300 ming marta
D) 1 mln 200 ming marta
A) 1 mln 500 ming marta
2. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofa qancha?
A) 150 mln km. B) 160 mln km C) 165 mln km D) 170 mln km
A) 150 mln km
3. Quyoshga eng yaqin va eng uzoq sayyora qaysi?
A) Pluton-Venera B) Saturn-Pluton C) Merkuriy-Neptun D) Neptun-Mars
C) Merkuriy-Neptun
4. Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o’tkazilgan yarim aylana chiziqlar …………………deyiladi?
A) ekvator B) daraja to’ri C) meridianlar D) parallellar
C) meridianlar
5. Yer yuzadagi eng baland tog’ cho’qqisini aniqlang?
A) Klimanjaro cho’qqisi
B) Mak-Kinli cho’qqisi
C) Jomolungma cho’qqisi
D) Akonkagua cho’qqisi
C) Jomolungma cho’qqisi
6. Quyosh ikkala yarimsharni qachon bir xilda yoritadi?
A) 22 iyunda-21 martda
B) 22 dekabr-21 martda
C) 23 sentabrda-22 dekabrda
D) 21 mart-23 sentabrda
D) 21 mart-23 sentabrda
7. Yer yuzadagi eng katta pasttekislikni aniqlang?
A) Turon pasttekisligi
B) Amazonka pasttekisligi
C) La-plata pasttekisligi
D) Kaspiybo’yi pasttekisligi
B) Amazonka pasttekisligi
8. Yerning qattir "toshli” qobig’ini belgilang?
A) Biosfera B) Gidrosfera C) Litosfera D) Geografik qobiq
C) Litosfera
9. Yer yuzada qaysi rel’yef shakllari eng ko’p tarqalgan?
A) tog’lar va cho’kmalar
B) tekislik va cho’kmalar
C) tekislik va tog’lar
D) yassitog’liklar va cho’kmalar
C) tekislik va tog’lar
10. Yer yuzadagi eng uzun tog’ tizmasini aniqlang?
A) Alp B) Himolay C) Kordilyera D) Tyanshan
C) Kordilyera
11. Litosfera nima?
A) Yer pos’tining yuqori qismi B) Yer po’stining materiklar egallagan qismi
C) Okean osti Yer po’sti
D) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismi
D) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismi
12.Cho’kindi jinslarni ajratib ko’rsating?
A) granit, qum,ko’mir,loy,torf
B) basalt,qumtosh,ohaktosh
C) qumtosh,marmar,torf,ko’mir
D) gips,loy,qum,gips,ohak,ko’mir,tosh,torf
D) gips,loy,qum,gips,ohak,ko’mir,tosh,torf
13. Vulqonlarning 80%i qaysi okean mintaqasida joylashgan?
A) Tinch okeani mintaqasida
B) Atlantika okeani mintaqasida
C) Hind okeani mintaqasida
D) Shimoliy Muz okeani mintaqasida
A) Tinch okeani mintaqasida
14. Shimol tomon bilan biror predmetga yo’nalgan chiziq oralig’idagi burchak nima deb ataladi?
A) azimut B) rumb C) masshtab D) gorizontallar
A) azimut
15. Vulqonlarga eng boy mamlakatlarni belgilang?
A) Indoneziya,Rossiya,Yaponiya,AQSH,Chili
B) Avstraliya, Hindiston, Mongoliya
C) Brazilaya, Chad, Madagaskar, Vetnam
D) Meksika, Norvegiya, Finlandiya ,Latviya
A) Indoneziya,Rossiya,Yaponiya,AQSH,Chili
16. Dengiz suvining har bir litrida o’rta hisobda qanchagacha tuz bo’ladi?
A) 39,4 gramm tuz bo’ladi B) 33 gramm tuz bo’ladi
C) 36,3 gramm tuz bo’ladi D) 35 gramm tuz bo’ladi
D) 35 gramm tuz bo’ladi
17. Yer yuzining dengiz sathidan 500 m dan ortiq baland bo’lgan joylariga …………………………deyiladi.
A) tekisliklar B) qirlar C) past tog’lar D) pasttekisliklar
C) past tog’lar
18. Dunyo okeanining eng chuqur joyini belgilang?
A) Puerto-Riko botig’i-8742 m
B) Zond botig’i-7729 m
C) Marianna botig’i-11022 m
D) G’arbiy botiq-5527 m
C) Marianna botig’i-11022 m
19. Eng ko’p davlatlar qaysi materikda joylashgan?
A) Shimoliy Amerikada
B) Janubiy Amerikada
C) Avstraliyada
D) Yevrosiyoda
D) Yevrosiyoda
20. Aholisi eng ko’p bo’lgan shahar qaysi?
A) Bombey shahri
B) Mexiko shahri
C) Shanxay shahri
D) Tokio shahri
D) Tokio shahri
21. Hind okeanining eng chuqur botig’ini aniqlang?
A) Puerto-Riko-8742m
B) Zond-7729m
C) Marianna-11022m
D) Filippin-10265
B) Zond-7729m
22.Ichki dengizlar qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Qizil,Qora,O’rta dengiz
B) Bering,Oxota,Sariq dengiz
C) Arabiston,Laptevlar,Boltiq dengiz
D) Kaspiy,Kara,Karib dengiz
A) Qizil,Qora,O’rta dengiz
23. Okean,dengiz va ko’llarning quruqlik ichkarisiga kirib brogan kichik va sayoz qismi nima deb ataladi?
A) bo’g’iz B) materik C) qo’ltiq D) yarim orol
C) qo’ltiq
24. Okean tagining 200 m gacha bo’lgan qismi qanday nomlanadi?
A) materik yonbag’ri
B) okean tagi
C) okean qa’ri
D) shel’f
D) shel’f
25. Okeanlardagi suv miqdori dunyo suv zahirasining necha foizini egallaydi?
A) 71 B) 97 C) 99 D) 94
B) 97
26. Olimlarning fikricha okean suvlari qayerda paydo bo’lgan?
A) yomg’ir va qor suvlaridan
B) atmosferadagi suv bug’laridan
C) mantiyadan ajralib chiqqan suv bug’laridan
D) daryo suvlaridan
C) mantiyadan ajralib chiqqan suv bug’laridan
27. Dunyo okeani atamasini fanga qachon, qaysi olim kiritgan?
A) 1917 yil Yu.M.Shokalskiy
B) 1520 yil F.Magellan
C) 1492 yil X.Kolumb
D) 1960 yil J.Pikar
A) 1917 yil Yu.M.Shokalskiy
28. Qizil,Arabiston,Arafur dengizlari qaysi okeanga qarashli?
A) Tinch B) Atlantika C) Hind D) Berk havza
C) Hind
29.Atlantika okeanidagi eng chuqur cho’kma qaysi?
A) Marianna B) Puerto-Riko C) Aleut D) Chili
B) Puerto-Riko
30.Buyuk geografik kashfiyotlar qaysi okeandan boshlangan?
A) Atlantika B) Hind C) Tinch D) Shimoliy Muz
A) Atlantika
31. "Geografiya” atamasining etimologik ma’nosi:
a) yunoncha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;
b) lotincha "geo”-yer, "grafio”-chizaman;
c) arabcha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;
d) yunoncha "geo”-yer, "grafio”- o’qiyman;
a) yunoncha "geo”-yer, "grafio”-tasvirlayman;
32. Geografiya qanday qismlarga bo’linadi?
a) tabiiy va aholi geografiyasiga;
b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga;
c) umumiy geografiya va o’lkashunoslikka;
d) transport va sanoat geografiyasiga;
b) tabiiy va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga
33. Geografiya asosan nimani o’rganadi?
a) Materiklar geografiyasi va aholisini;
b) Mamlakatlar va ularning xo’jaligini
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini;
d) Materiklar va okeanlar geografiyasini;
c) Yer yuzasi tabiati, aholisi, inson xo’jalik faoliyatini
34. Dastlabki xarita qachon tuzilgan?
a) 13 asr muqaddam
b) 14 asr muqaddam
c) 15 asr muqaddam
d) 16 asr muqaddam
C) 15 asr muqaddam
35. "Geografiya” atamasini birinchi bo’lib fanga kim kiritgan?
a) Falas b) Pifagor c) Arastu d) Eratosfen
d) Eratosfen
36. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlangan asr to’g’ri yozilgan javobni toping?
a) XV asrning o’rtalaridan;
b) XV asrning birinchi yarmi;
c) XV asrning II yarmi;
d) XVI asrning boshlaridan;
a) XV asrning o`rtalaridan
37. Buyuk geografik kashfiyotlar tugagan asr to’g’ri yozilgan javobni toping?
a) XVII asrning o’rtalari;
b) XV asrning boshlari;
c) XVII asrning I yarmi;
d) XVI asrning II yarmi;
a) XVII asrning o`rtalari
38. Yerning "qattiq” yoki "tosh” qobig’ini aniqlang?
a) Gidrosfera b) Atmosfera c) Litosfera d) Biosfera
c) Litosfera
39. Litosfera deganda nimani tushunasiz?
a) Yerning ichki qismini;
b) Yerning tashqi qobig’ini;
c) Yer po’stini;
d) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismini;
d) Yer po’sti va mantiyaning yuqori qismini
40. Materiklarning parchalanishi qanday harakatlar natijasida ro’y beradi?
a) Vertikal; b) Balandlik; c) Pastlik; d) Gorizontal;
d) Gorizontal
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.